Turizmning shaxslar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati


Turizm va mehmondo’stlikning maqsad va vazifalari


Download 22.88 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.88 Kb.
#187430
1   2   3
Bog'liq
1“Turizmning shaxslar, jamiyat va davlat uchun ahamiyati”

2. Turizm va mehmondo’stlikning maqsad va vazifalari

Mamlakatimizda turizm ishiga mustakillikning dastlabki vaqtlaridanoq asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim meyoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda.

Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun avvalo huqukiy zamin yaratish lozim edi. SHu bois, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining mazkur yo‘nalishga taalluqli qonun va kodekslari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmga oid qator Farmonlari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi.

G‘arb davlatlarida turizm va mehmonxona xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan. CHunki, turizm va mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish shubhasiz, mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi.

Xizmatchilar mehmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasa, ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishlarini talab qilish murakkab. Ammo, O‘zbekistondagi turizm va mehmonxona sanoati o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini etiborga olish kerak. Bugungi kunda bizga jahon talablariga javob beruvchi turizm va mehmonxona xo‘jaligi sanoatini rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‘yicha takliflar kiritilgan.

“Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenit” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad - hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida turizm va mehmonxona xizmati sohasida eng yaxshi boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvni takomillashtirish zaruriyati bilan bog‘liq.

Bunda turizm va mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Turizm va mehmonxona rahbarlarining doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga e’tiborni qaratish va binolarni rekonstruksiya qilish asosiy vazifa bo‘lib qolishi kerak. Yangi texnologiyalarni kiritish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda turizm industriyasi dinamik ravishda rivojlanayotgan xizmatlar xalqaro savdosi turi bo‘lib kelmoqda. Oxirgi 10-20 yil davomida dunyo bo‘yicha xorijiy turistlar soninig o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 5,1%, valyuta tushumlarining o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 7 % ni tashkil etdi. Umumjahon turistik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra 2004-yil dunyoda 704 mln. turist qayd etilgan (xalqaro transport xizmatlarini hisobga olmaganda), xalqaro turizmdan tushgan daromadlar 474 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra xalqaro turizm rivojlanishi asosida quyidagi omillar yotadi1:

- iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyot;

- transport vositalarining rivojlanishi;

- rivojlangan davlatlarda ishchi va xizmatchilar sonining ko‘payishi va ular moddiy va madaniy saviyasining o‘sishi;

- mehnat intensifikatsiyasi va mehnatkashlar ta’tilining uzayishi;

- davlatlararo munosabatlar va madaniy aloqalar rivojlanishi shaxslararo aloqalarning mintaqa va mintaqalararo kengayishi;

- xizmatlar sohasining rivojlanishi;

- texnologiya rivojlanishi (aloqa va ...)

- chegara to‘siqlari, valyuta almashuvi va chetga chiqarish to‘siqlarining kamayishi, qog‘ozbozlikning qisqarishi.

Dunyo bo‘yicha turizmning ahamiyati doimiy ravishda o‘sib kelmoqda. Bu turizmning iqtisodiyotga bo‘lgan bevosita ta’siri natijasidir.

Turizm ayrim davlatlar iqtisodiyotida muhim vazifalarni bajarib kelmoqda2:

1. Valyuta manbai, bandlikni ta’minlash vositasi va to‘lov balansi muammosini echishda xizmat qilmoqda.

2. YAlpi ichki mahsulot (YAIM) ko‘rsatkichi ko‘tarilmoqda;

3. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi hamda turizmga xizmat ko‘rsatuvchi yangi sohalar paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

4. Turizm sohasida bandlik o‘sishi bilan, aholi daromadlari va millatning boyligi ortmoqda.

Bugungi kunga kelib turizm MDH davlatlarida rivojlanayotgan sohaga aylandi. Turistik faoliyatning hamma sohalar, davlat tarmoqlari saviyasi ham, turbiznes paydo bo‘lishi, yangicha ishlash taklifining kengayishi va maxsuslashuvni chuqurlashtirish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda. O‘zbekistonda turistik oqimlar turli viloyatlarda turlicha shakllanmoqda. Asosan xorijiy va mahalliy turistlar Samarqand, Buxoro, Xiva va SHahrisabz kabi tarixiy shaharlarga yo‘nalmoqda.




Download 22.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling