Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi


Turistik resurslar va turistik akvatoriya


Download 141.8 Kb.
bet10/12
Sana15.06.2023
Hajmi141.8 Kb.
#1485315
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Turizmning rivojlanishida resurslarning o\'rni kurs ishi

Turistik resurslar va turistik akvatoriya
Turistik hudud yoki akvatoriya – bu turistik resurslar, turistik mintaqa tarkibida ajratib ko’rsatiladigan turistik ehtiyojlar obyektini reestr va kadastrlarda hamda boshqa hujjatlarda qayd qilish bilan turizm maqsadlarida foydalanish ma’lum geografik o’rindagi majmuali turistik resurslar ko’rinishidan iborat.
Hudud – quruqlikda yoki yer ostida bo’lishi mumkin. Quruqlikdagi, yer ustidagi hudud qo’shimcha tushuntirishni talab etmaydi. Yer osti hududi mos ravishda shaxta va tog’ ishlanmalarida g’orshunos turizmini sevuvchilar uchun resurs vazifasini o’taydi. Masalan, turistlar Iogannasburg (JAR) dagi oltin konlari shaxtalariga va olmos konlariga tashrif buyuradilar. Ba’zi shaxtalardan faqatgina ekskursiya maqsadlarida emas, balki yer ostidagi tabiat yaratgan o’ta o’ziga xos iqlimda davolanish maqsadalarida ham foydalaniladi. Bunga misol qilib, Alp tog’idagi eski oltin qazib olinadigan shaxtadagi Bad Gastoyi joyini ko’rsatish mumkin (yuqori harorat va yuqori namlikdagi radion ingalatsiyasi).
G’orlarga tashrif – g’orshunoslik turizmi va ekskursiyaning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanib, faqatgina Gretsiyada turistlar tashrif buyurishi mumkin bo’lgan 3500 ga yaqin g’orlar mavjud. Ulkan g’orlar nafaqat Meksika, AQSH, Janubiy Afrika, Rossiya va boshqa davlatlarda, balki o’zimizda ham mavjud. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi tog’ tizmalari hamda hududlarida turli xildagi va ma’lum davrga xos 400 dan ortiq g’orlar mavjud.9
Akvatoriya – muhim turistik resurs hisoblanadi. Suv insonga oziqlanish vositasi sifatida zarur va shu sababli tanishuv yoki sarguzashtli ma’noda bu juda qiziq hisoblanadi. Dunyoda maska bilan unchalik chuqur bo’lmagan chuqurlikda va akvalang bilan 70 metr chuqurlikkacha tushuvchi suvosti turizmining 50 mln.ga yaqin ishqibozlari mavjud. Katta Baryer rifi suvosti qoyalari Avstraliya milliy boyligi bo’lib, jahon ahamiyatiga molik akvapark deb e’lon qilingan. Ikkinchi kichik Baryer qoyasi Beliz qirg’oqlarida joylashgan hamda suvosti dunyosi ishqibozlari va suvosti sarguzashtlarini yoqtiruvchilar uchun haqiqiy jannat bo’lib hisoblanadi. Qizil dengiz suvostida suzuvchilar uchun cheklanmagan imkoniyatlarni tug’diradi va kurortlarda dam oluvchilar ko’ngil yozishining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi.
Qadimgi suvosti boyliklarni izlab topish, oltini bilan cho’kib ketgan kemalarni qidirish bugun turizmning alohida turini tashkil etadi. Gretsiya, Kipr, Italiya, Turkiya kabi O’rta Yer dengizining boshqa davlatlari o’z suvosti xazinalaridan faol, oqilona foydalanadilar. Suvdagi hayvonot dunyosini va marjon suvosti qoyalarini kuzatish uchun turistik suvosti qayiqlaridan hamda deyarli barcha dengiz bo’yi turistik markazlarida mavjud bo’lgan suvning tubi musaffo tarzda ko’rinib turadigan kemalardan foydalaniladi. Maxsus turistik suvosti qayiqlari Bermud, Kanar orollari, Qizil dengiz, Bolear orollarida va Ispaniyaning Kosta-Bravo kurortli qirg’oqlarida mavjud. Cho’kib ketgan kemalarni izlab topish – sarguzashtli turizmning ommabop turi hisoblanadi.
Muhim turistik resurslar bo’lib antiqa-noyob madaniy qurilmalar, piramidalar, mavzoleylar, haykallar, ibodatxona me’moriy ansambllari, bog’lar, muzey kolleksiyalari, zamonaviy qurilmalar – osmono’par binolar, to’g’onlar va boshqa gidrotexnik qurilmalar hamda boshqa obyektlar hisoblanadi. Qanchalik taajublanarli bo’lmasin, turizmni o’ziga tortuvchi kuchi barcha asrlarda mavjud bo’lgan qabristonlar ham, Misrda qurilgan minglab piramidalar ham turizm doirasida yuqori darajada foydalanib kelinmoqda. «Dunyoning yetti mo’’jizasi»: Misr ehromlari, Bobilning osma bog’lari, Artemida ibodatxonasi, Galekarnas maqbarasi, Quyosh xudosi, Gelios haykali, Aleksandr Mayoqi, Olimpiya xudosi Zevs haykali ro’yxati miloddan avvalgi ikkinchi asrda yashab o’tgan grek arxitektori Antipar Sidonskiy tomonidan tuzilgan edi. Bugungi kunda YUNESKO mutaxassislari fikricha, dunyoda 800 dan ortiq mo’’jiza, deb atashga loyiq yodgorliklar mavjud ekan.
Shveytsariyalik kinorejessyor Bernard Veberning tashabbusi bilan 2007-yilda dunyoning yangi yetti mo’’jizasini aniqlash bo’yicha telefon va internet orqali so’rov o’tkazildi. Mazkur so’rovga sayyoramizning turli mamlakatlaridan 100 mln.dan ortiq kishi javob berdi.10 Ovoz berish natijalari 2007-yil 7-iyul kuni soat 7 da Portugaliyaning Lissabon shahridagi 50 ming kishidan ziyod tomoshabin to’plangan stadionda dunyoning yangi yetti mo’’jizasi tantanali ravishda e’lon qilindi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo’yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda turizm jahon eksportida o’zining ulkan hissasiga ega bo’ldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ini tashkil qilmoqda. So’nggi 40 yil davomida boshqa mamlakatlarga tashrif buyuruvchi turistlar soni 20 martaga turizmdan keluvchi daromad 60 martaga oshdi va xalqaro turizmdan olinuvchi daromad 400 mlrd dollarga etdi.
Xususan, O`zbеkistоnda erishilayotgan muvaffaqiyatlar zaminida iqtisоdiyotni libеrallashtirishni chuqurlashtirish, mamlakatni mоdеrnizatsiyalash, barcha sоhalarni, хususan, hizmat ko`rsatish sоhasining еtakchi tarmоqlaridan biri bo`lgan turizmni ham barqarоr rivоjlantirish yotibdi.
Darhaqiqat, hоzirgi kunda hizmat ko`rsatish tarmоg`ining muhim tarkibiy qismi bo`lgan turizm sоhasini jadal sur'atlarda rivоjlantirish mamlakatimiz iqtisоdiyotining ustuvоr yo`nalishlaridan biri hisоblanadi. Turizm dunyo tamaddumining bosh gultoji bo`lib, hozirgi kunda sayohat insoniyat maqsadlarining asosini tashkil qilib kelmoqda. Ayniqsa, milliy turizmning rivojlantirish istiqbollari, O`zbekistonda turizm industriyasining jahon bozoridagi mavqeini oshirishga ko`maklashadi. Fikrimizning isboti sifatida bugungi kunda turizm sohasida katta yutuqlarga erishilayotganligi, tez sur’atlar bilan o`sib borayotganligi, yangidan – yangi mehmonxonalarning barpo etilayotganligi, ishchi o`rinlari sonining ko`payishi, malakali mutaxassislarning ortib borishi, turistlar oqimining yildan – yilga ko`payayotganligini ta’kidlab o`tishimiz joiz deb hisoblaymiz.


Download 141.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling