Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi


O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra


Download 141.8 Kb.
bet7/12
Sana15.06.2023
Hajmi141.8 Kb.
#1485315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Turizmning rivojlanishida resurslarning o\'rni kurs ishi

O’zi qayta tiklanishi va o’sishi imkoniyatiga ko’ra:

  • qayta tiklanadigan resurslar, bunga o’rmonlarni misol keltirish mumkin, o’rtacha 20–30 yilda qayta tiklanadi;  qayta tiklanmaydigan resurslar.

Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o’rinni rekreatsiya resurslari egallaydi va ular mamlakat aholisini hamda turistlarning dam olishi va davolanishi uchun xizmat qiladi. ―Rekreatsiya‖ tushunchasining turli talqinlarini tahlil qilish natijasida, uni uydan tashqarida, masalan, tabiatda, turistik sayohatlarda, sanatoriy-kurort, sog’lomlashtirish muassasalarida dam olish yo’li bilan sog’liqni va ishchi kuchini tiklash deb tushunishimiz mumkin.8
Tabiiy resurslardan to’g’ridan-to’g’ri foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bular tabiatdan noto’g’ri foydalanish, ko’plab rejasiz qurilishlarning amalga oshirish tufaylidir. Natijada tizim muvozanati buzilib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
2. Madaniy - tarixiy resurslar. Ma’lum hududdagi turizmni rivojlantirishda u joyning madaniy-tarixiy resurslari salohiyati
asosiy o’rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy - tarixiy resurslardan ko’p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi, ularning tarixiy va tasviriy bahosidan foydalanish qulayliliga bog’liq. Mavjud resurslardan turizm faoliyatida intensiv foydalanish, ya’ni antropogen yukning oshib borishi natijasida tabiiy turistik resurslarning ifloslanishiga, tarixiy obidalarning tez buzilishiga olib keladi. Madaniy - tarixiy resurslar, moddiy va madaniy turli yodgorliklar majmuasi ma’lum mintaqaning turistik qiziqish obyektlari hisoblanadi.
Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Madaniy - tarixiy resurslarni turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:

  • mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish obyektlari sifatida qayta tiklash;

  • tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;

  • turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof - muhitni saqlash va yaxshilashda boshqaruv tashkilotlari mas’uliyatini oshirish.

Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy obyekt va yodgorliklar asosiy o’rinda turadi. «Madaniy obyekt» deyilganda, quyidagilar tushuniladi:

  • yodgorliklar: arxitektura binolari, arxeologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g’orlar, tarixiy yozuvlar;

  • ansambllar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o’zaro bog’langan binolar guruhi. Masalan, Registon, Shohizinda,

Hazrati Imom ansambli;

  • inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan, o’ziga jalb qiluvchi o’ziga xos joylar.

Butunjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritiladigan obyektlarning quyidagi xususiyatlari hisobga olinadi:

  • inson ijodining noyob namunalari;

  • ajoyib madaniy, arxitektura obyektlari hamda madaniy landshaftlarning alohida ahamiyatga ega hududlari;

  • zamonaviy sivilizatsiyaning noyob namunalari, qurilishlari;

  • inson tarixi bilan bog’liq binolar yoki arxitektura ansambllari, landshaftlari.

Tabiatning noyob ko’rinishlarini butunjahon ro’yxatiga kiritiladigan xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • yer qatlamining shakllanishida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida shakllangan yodgorliklar;

  • turli-tuman o’ziga xos ekosistemalar, landshaftlar;  ma’lum mintaqaning o’ziga xos o’simlik va hayvonlari;  kamyob biologik turlari.


Download 141.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling