Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi
Download 26.56 Kb.
|
Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekreatsiya resurslari tushunchasi
Ekologistikada mintaqaviy iqtisodiyotning klasterli strukturasi. Reja: Rekreatsiya resurslari tushunchasi Mintaqaviy rekreatsiya resurslariga boy joylari Rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy xususiyatlari Noyob tabiat yodgorliklaridan foydalanish va muhofaza etish Rekreatsiya resurslari tushunchasi Rekreatsiya deb, insonlar sog‘ligini va mehnatga qobiliyatini dam olish obektlarida qayta tiklashi, sayyohlik yo‘li bilan tabiatning turli maskanlariga borishi, arxitektura va tarixiy yodgorliklarni borib ko‘rishiga aytiladi. Rekreatsiya sohalari bir qancha bo‘lib, ularga kurort – sanatoriya va boshqa salomatlik obektlarida sog‘likni tiklash, sayyohlik yo‘li bilan tabiatning go‘zal go‘shalariga (daryo, ko‘l, o‘rmon, tog‘, g‘orlar, sharshara va b.) borish, sport bilan shug‘ullanish, hamda noyob tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishishlari kiradi. Rekreatsiya va davolash sog‘lomlashtirish zonalarida ularning resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit muxofazasi katta ahamiyatga ega. Rekreatsiya zonalariga aholining tashkil etilgan va ommaviy dam olishi va turizmga mo‘ljallangan yer va suv muhitining tabiiy yoki madaniy hududlari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga shaharning ayrim hududlari, shahar atrofi va yashil zonalar, o‘rmonlar, parklar, milliy, tabiiy parklar (bog‘lar), botanika, zoologiya bog‘lari, dendrologik parklar, turistik marshrutlar, dam olish uylari va bazalari hududlari, qo‘riqxona va buyutmalarning aholi borib ko‘rishi uchun ajratilgan ma’lum joylari kiradi. Rekreatsiyaga mo‘ljallangan yerlar tabiat muhofazasi yerlarining alohida turi bo‘lib, ularga tabiat muhofazasi, sog‘lomlashtirish, tarixiy - madaniy maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar ajratiladi. O‘rmonlar ham rekreasiya uchun katta ahamiyatga ega. Davolash-sog‘lomlashtirish zonalariga fuqoralarni davolash va salomatligini tiklashga mo‘ljallangan yer va suv muhitlari hududlari, ularga kurort va sanatoriya zonalari kiradi. Rekreatsiya faoliyati bevosita rekreatsiya resurslari asosida shakllanadi. Rekreasiya resurslari tabiiy va madaniy, iqtisodiy, tarixiy resurslarning bir qismlaridan iborat bo‘lib, kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko‘ra rekreasiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasiya resurslari. Tabiiy rekreasiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go‘zal tabiat go‘sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko‘l, dengiz bo‘ylari, tog‘ etaklaridagi o‘simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog‘lar yoki qo‘riqxona va milliy bog‘lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish mumkin bo‘lgan ijtimoiy obektlar, antropogen rekreasiya resurslariga kiradi. Rekreasiya faoliyati dunyoning ko‘p mamlakatlarida daromat manbaiga aylangan iqtisodiyot sohasi hisoblanadi. Mmlakatimiz ham rekreasiya resurslariga boy hisoblanib, nafaqat dam olish, sayyohlik, sog‘likni tiklash, shuningdek chet el sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega. Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling