Turizmning vujudga kelishi va rivojlanishi
II BOB. TURIZM SOHASINING RESURSLARI
Download 141.8 Kb.
|
Turizmning rivojlanishida resurslarning o\'rni kurs ishi
II BOB. TURIZM SOHASINING RESURSLARI
2.1. Turizm resurslarining mohiyati Turizm sohasining resurslari har bir mamlakatning milliy boyligi bo’lib, ular davlat mulki hisoblanadi. Ammo ulardan bir qismi jahon ahamiyatiga molik obyektlar va yodgorliklar hisoblanib, YUNESKO ning «Jahon merosi» ro’yxatiga kiritilgan. Bunday ro’yxat har yili YUNESKO tomonidan o’rganiladi va yangilanadi, ro’yxatdagi ushbu tabiiy, tarixiy va madaniy yodgorliklar davlat tomonidan muhofaza qilinadi, umumjahon ahamiyatidagi obyektlar va yodgorliklarni ta’mirlashga, saqlab qolishga BMT tomonidan tegishli mablag’ ajratiladi. Bugungi kunda YUNESKO ning ―Jahon merosi‖ ro’yxatida O’zbekistonning 4 ta shahri va 31 dan ortiq tarixiy yodgorliklari o’rin olgan.6 Bugungi kunda O’zbekiston katta turistik resurslar salohiyatiga ega bo’lib, uning hududida 7000 dan ortiq tarixiy-arxitektura yodgorliklari va go’zal tabiiy-iqlimiy resurslari mavjud. Mamlakatimizda mavjud jami turistik-rekreatsion obyektlaridan Toshkent shahrida 144 tasi, Samarqandda 118 tasi, Buxoroda 201 tasi va Xiva shahrida 310 tasi joylashgan bo’lib, ushbu turistik obyektlardan foydalanadigan turistik firmalar esa asosan markaziy mintaqalarda joylashganini ko’ramiz. Ammo bugungi kunda ushbu turistik resurslarning 3/1 qismigina turizm uchun faoliyat ko’rsatmoqda, qolganlari esa turistik infratizimning shakllanishini va yangi turmahsulotlar tayyorlashni talab qilmoqda. Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud investitsiya, texnologiya hamda malakali ishchi-xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda, turistik resurslardan samarali foydalanish zarur bo’ladi. Mutaxassislar turistik resurslarga quyidagicha ta’rif berishgan: turistik resurslar – tabiiy, tarixiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa obyektlar bo’lib, turistlarni sayohatga qiziqtiradigan, insonning jismoniy, ruhiy va aqliy kuchini tiklashi va rivojlanish ehtiyojlarini qondirishga qodir bo’lgan obyektlardir. Turizm sohasining resurslari – turizm maqsadlarida va turizm jarayonida insonning ehtiyojini qondirishga qodir tabiiy-iqlim, ijtimoiy - madaniy, tarixiy, me’moriy, ilmiy va xizmat ko’rsatishga doir, tomosha qilinuvchi obyektlar yoki hodisalar to’plamidan iborat. Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, ular turistik mahsulot shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Turistik resurslardan sog’lomlashtirish, turistik, sport va tanishuv maqsadida foydalaniladi. Undan tashqari, turistik resurslarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: tabiiy va infratuzilmali. Turistik biznesning rivojlanishida yuqoridagi ikki guruhning ham ahamiyati katta. Har qanday yuqori turistik resurs salohiyatidan, kommunikatsiya, aloqa vositalari, xizmat ko’rsatish sohalarisiz foydalanib bo’lmaydi. Mavjud turistik resurslar majmuasini tabiiy - iqlimiy, madaniy - tarixiy, ijtimoiy - iqtisodiy, axborot beruvchi resurslarga bo’lish mumkin. Turistik resurslar dinamik, ya’ni o’zgarib turuvchi sotsial iqtisodiy jarayon bo’lib hisoblanadi, shu sababli turizm tashkilotchilari tomonidan o’tkaziladigan islohotlar unga yangi sifat o’zgarishlarini taqdim etadi, natijada yangi turdagi turistik faoliyat bilan shug’ullanish imkoniyatlari tug’iladi. Turistik faoliyatning yuqori darajadagi dinamikligi ko’pgina sabablar bilan izohlanadi: u yoki bu turdagi dam olish turining ommaviylashgani yoki zamonaviy tusga aylanganligi, tabiiy landshaftlar, tarixiy-madaniy yodgorliklar hamda kishilarning iqtisodiy, sotsial va madaniy hayotidagi o’zgarishlar shular jumlasidandir. Masalan, hududda ekologik turizmning taraqqiy etishi bilan, o’zlashtirilmagan hududlar o’zlashtirilib, turistlar tashrifi uchun jozibador joylarga aylantiriladi. Boshqa tomondan, ko’pgina tashrif buyuruvchilar o’zlarining bo’sh vaqtlarini ekologik vaziyat yomonlashgan hududlarda tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga sarf etadilar. Ular o’z tashriflari maqsadi sifatida yirik sanoat hududlarini tanlaydilar, boshqalari esa tabiat uchun xavfli bo’lgan obyektlarni tanlab, u yerda turli tadbirlarni tashkil etadilar: ommaviy norozilik namoyishlari yoki o’rmonlarda ommaviy turistlar tomonidan tashlanadigan chiqitlarni kamaytirish va h.k. Download 141.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling