Turk tilidagi adabiyotlarda mustaqil Oʻzbekiston tarixining yoritilishi


Usmoniylardan hozirga qadar Turkiya va Markaziy Osiyo”


Download 39.89 Kb.
bet3/3
Sana28.02.2023
Hajmi39.89 Kb.
#1237043
1   2   3
Usmoniylardan hozirga qadar Turkiya va Markaziy Osiyo” asari turklarning Anadoluga kirib kelishining dastlabki yillaridan boshlab Usmonli imperiyasining qulashigacha, Turkiya mustaqilligi uchun kurashi yillaridan to hozirgi kungacha Turkiya va Markaziy Osiyo aloqalariga bag‘ishlangan. Kitobida eng oddiy madaniy va insoniy munosabatlarni o'rnatish juda qiyin bo'lgan Sovuq urush yillari va Sovet Ittifoqining parchalanishi va yangi davr o'rtasidagi munosabatlar atroflicha ko'rib chiqilgan. Qolaversa, har bir bob boshida davrning siyosiy xaritasi berilganki, bu kitobni ko‘rgazmali tarzda boyitadi, shu bilan birga mavzuga oid tarixiy masalalarni yanada to‘g‘ri tushunish imkonini beradi.
Asarda Usmonli bekligi davridan to Sovet Ittifoqining parchalanishigacha boʻlgan tarixiy jarayonlar, tarixning kesishgan va farqlovchi tomonlari Turkiya va O’zbekiston tarixshunosligi nuqtai nazardan koʻrib chiqilgan, O'nta asosiy (bo’lim) sarlavha ostida Turkiya va Markaziy Osiyo Usmonlilar davridan hozirgi kungacha aloqalari yoritilgan.
Birinchi bobida Anadoluning turklashishi va uning tarixiy omillari tahlil qilinadi.
Ikkinchi bobda Temuriylar saltanati bilan Usmonlilar sultoni Yildirim Boyazid o'rtasidagi to'qnashuv yillari va Usmonlilar tarixida Interregnum(Fetret davri) deb nomlangan davr haqida so'z yuritiladi.
Kitobning uchinchi qismida Safaviylar davlatining barpo etilishidan to parchalanishigacha bo‘lgan davr bayon etilgan.
“Buyuk oʻyin” deb nomlangan toʻrtinchi bobda dastlab O’rta Osiyo xonliklarining ruslar bosqinidan oldingi ahvoli, ularning kurashlari va Usmonli imperiyasi bilan munosabatlari haqida soʻz boradi.
Beshinchi va oltinchi boblarda mos ravishda "Urushlar va inqiloblar davri" va "Ozodlik urushi yillari" muhokama qilindi.
Stalinning 1923 yil 12 iyundagi nutqidan iqtibos bilan boshlangan “Xorijiy turklar turk-sovet o‘qida” deb nomlangan yettinchi bobda O‘rta Osiyo va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar Rossiya ta’sirida qanday yo‘nalish o‘zgargani ochib berilgan.
Asarning sakkizinchi bobi “Ikkinchi jahon urushi yillari”ga bag’ishlanadi.
To‘qqizinchi va o‘ninchi boblarda “Sovuq urush davrida Turkiya va Markaziy Osiyo” va “Sovet Ittifoqining tugashi va Turkiy Respublikalarning tashkil topishi” mavzulari bayon qilinadi.
Shuningdek, to‘qqizinchi bobda Sovuq urush yillarida turkistonliklarning Turkiyaga ko‘chishi haqida ham so‘z yuritilganda ko’plab tarix kitoblarida uchramagan muhim tafsilotlarga urg‘u berilgan. Sovet Ittifoqining parchalanish davriga bag'ishlangan o'ninchi bobda Turkistonning ahvoli glasnost va qayta qurish siyosati doirasida ijtimoiy va iqtisodiy jihatlari bilan muhokama qilinadi.
Asarda Turkiya va O‘rta Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarni ana shunday keng tarixiy miqyosda baholash va ko‘rib chiqishda birlamchi manbalardan foydalanilgan. Turkiya va O’rta Osiyo o’rtasidagi juda kam ma’lum bo’lgan munosabatlarini yoritgan mazkur kitob Turkiya va O’rta Osiyo tarixini bir-biridan mustaqil ko’rib chiqish mumkin emasligini ham ko’rsatadi.
Bugungi kunda mintaqaviy va global miqyosda nihoyatda katta ahamiyatga ega boʻlgan Oʻrta Osiyoning Turkiya bilan tarixiy aloqalari, birlamchi manbalardan foydalangan holda yozilishi asarning ahamiyatini yanada oshiradi.11
O`rta Osiyo jumhuriyatlari mavzusi xalqaro aloqalar mutaxassislari bilan bir qatorda tarixchilar uchun ham yangi taqdidot maydonidir. 1990 yillarning boshida bu sohaga doir ko`plab malakali tadqiqotlar chop etildi. Bulardan biri Semih Vanerning muharrirligida chiqqan Unutkan Tarih: Sovyet Sonrası Türkdilli Alan (İstanbul 1997) nomli asardir. Bu asarda Stefan A. Dyuduanyonning Tojikiston va O`zbekistonda tarixshunoslik, Selim Deringilning Usmoniylar Davlati va turkiyzabon Rossiyada Pan-Islamizm harakati, Mishel Janning Xitoydagi Sharqiy Turkiston siyosati, Alan Blumning Sovet O`rta Osiyosi maqolalari sohaga oid turli xil qarashlar taqdim etdi
Umuman olganda Turkiyada O‘zbekiston tarixi tadqiqotlari tahlil qilinganda mustaqillikning dastlabki yillarida tadqiqotlar soni oshganini ko‘rishimiz mumkin. Bu davrda asosan iqtisodiy va madaniy(diniy) jarayonlar ko‘proq yoritilgan. So‘ngi yillarda chop etigan adabiyotlarda esa O’zbekistonnning Turkiya va turkiy davlatlar bilan aloqalari, siyosiy va ijtimoiy jarayonlar ko‘proq yoritilmoqda.



1 Büşra Ersanlı. Tarih Eğitiminde Sen Kimsin Siyaseti: Türkiye'den Orta Asya'ya. Tarih Vakfı Yurt Yayınları.2019. s.345

2 B. E. Behar, G. Özdoğan, N. İncioğlu, Bağımsızlığın İlk yılları (Azerbaycan Kazakistan Kırgızistan Özbekistan Türkmenistan). Kültür ve Turizm Bakanlığı Yayınları. S. 298

3 Kemal H. Karpat.Türkiye ve Orta Asya. İmge Kitabevi. 2003. S. 393

4Gürbüz, Yunus Emre, “Mustafa Kemal Atatürk”, Fahri Unan, Türk Tarihinden Seçme Şahsiyetler, Bishkek,Kyrgyz-Turkish Manas University, 2017: 346-363; Balım, Çiğdem, Gürbüz, Yunus Emre, “O’zbekiston Respublikasi: Özbek Modeli” (Avrasya’da Yeniden Çizilen Sınırlar, İnşa Edilen Kimlikler. Ankara, Atatürk Kültür Merkezi, 2012: 196-285; Gürbüz, Yunus Emre, “Kazak ve Özbek Tarihi”, in Geçmişten Günümüze Dönüşen Orta Asya ve Kafkasya, eds. Yelda Demirdağ & Cem Karadeli, Ankara, Palme Yayınları, 2006: 17-48.

5 Anar Somuncuoğlu. Kazakistan ve Özbekistan Ekonomileri Geçiş ve Büyüme Stratejileri.2001. s. 228

6 Fahri Solak.Türkistan ve Kafkasya Bibliyografyası : Tezler, Kitaplar, Makaleler. Türk Dünyası Belediyeler Birliği, 2007

7 Bağimsizliklarinin 25. yilinda Türk Cümhuriyetleri (Siyasi, Ekonomik ve Kültürel Gelişmeler) Abdulvahap Kara – Fahri Solak. Türk Dünyası Belediyeler Birliği (TDBB) Yayınları, No: 23 İstanbul, 2017

8 Zehra Mumju. Özbekistan. istanbul ticaret odasi yayin. 1992. - B.65

9 Alkan, Haluk (2011). Orta Asya Türk Cumhuriyetlerinde Siyasal Hayat ve Kurumlar: Kazakistan, Özbekistan, Kırgızistan, Türkmenistan. Ankara: USAK Yayınları.

10 Fırat YALDIZ. 30. yilinda Türk Cumhuriyetleri küresel politika. Yayın No. : 3399.Uluslararası İlişkiler No.: 153. /ISBN : 978-625-439-382-2. E-ISBN : 978-625-439-381-5. Basım Sayısı : 1. Basım, Mayıs 2021

11 A. Ahat Andican. Osmanli'dan günümüze Türkiye ve Orta Asya. Doğan Kitap. 2009. S.628

Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling