Turkiston jadidlari ilgari surgan g’oyalar, ma’rifiy qarashlar va ularning mazmun mohiyati
Download 314.3 Kb.
|
TURKISTON JADIDLARI ILGARI SURGAN G’OYALAR, MA’RIFIY QARASHLAR
TURKISTON JADIDLARI ILGARI SURGAN G’OYALAR, MA’RIFIY QARASHLAR VA ULARNING MAZMUN MOHIYATI.XX asrning boshlarida Turkistonda keng yoyilgan jadidchilik harakati ijtimoiy- siyosiy ziddiyatlar mahsuli sifatida maydonga chiqqan va jamiyat tarixiy taraqqiyotda munosib o”rin qoldirgan .”Jadid” arabcha so”z bo”lib “yangi “degan ma”noni beradi .Shunga ko’ra , jadidchilik harakati nomoyondalari o’z faoliyatida jamiyati ijtimoiy-ma’rifiy hayotiga turli mazmundagi islohotlar,yangi qarashlarni targ’ib qiladilar.
Ular jamiyat inqirozining asosiy sababini savodsizlik ilmsizlik ma’rifatsizlikda ko’rib, asosan xalqni ilm-ma’rifatli qilish, diniy va dunyoviy bilimlarni keng o’rganish , ta’lim tarbiya tizimini yangilash va rivojlanish yuzasidan jadal islohotlarni amalga oshiradilar.Jadidchilik harakatining maqsad va g’oyalarini chuqur va tasirchan targ’ib etishda Mahmudxo’ja Behbudiy , Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat,Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon singari adabiy siymolarning faoliyati nihoyatda yuqori bo’lib , ular jaded adabiyotining yorqin siymolari, ma’rifatparvar shaxslar sifatida tarix sahifalaridan muhim o’rin egallagan.
Jadid adabiyoti to’lig’icha millat ruhiyatini uyg’otishga qaratilgan edi. Bu adabiyotning qahramoni yuqori tabaqa vakillari yoki ilohiy qudrat bilan nurlantirilgan siymolar emas, balki ommaning ichida chiqqan , unga qaytib boradigan va shu bois xalqqa ta’sir ko’rsatish imkoniyati kattaroq bo’lgan oddiy kishilar edi. Jadid adiblari yangi mavzularni yangi janrlarda va yangi obrazlarda ifodalashga uringanlar. Jaded ijodkorlari shunchaki ijodkor emas , balki jamoatchi ham edi. Ular faqat qalam bilan emas balki ijyimoiy, siyosiy, ma’rifiy amali bilan ham millatni uyg’otishga ahd qilganlar.
Agar millatchilar ko’p asirlik milliy adabiyotga yangi mavzularni olib kirgab bo’lsa , jadidlar o’zbek adabiyotiga drama,roman,hikoya singari yangi janrlarni olib kirganlar.jadid adiblarining asarlarida insoniy taqdirlar , qismat fojealari millat ozodligi, inson erkinligi,vatan buyukligi kabi muomolar aks ettirilgan. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik,shaxs va millat erkinligi xalq g’aflatdan uyg’onishi singari o’tkir ijtimoiy muamolar juda kop tasvirlandi.Jadidlarning vatan, millat, ozodlik yo’lida jon fido etishiga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarni nidolaridir.Jadid adabiyoti faqat mazmun jihatdan emas balki ifodasiga ko’ra ham ommalashgan.
Download 314.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling