Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich
Download 1.21 Mb.
|
Bahodirjanov Shohruxbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustafo Cho‘qay
- Murojaatnoma
- “Ulug‘ Turkiston”
Islom Sulton Shoahmedov – Bosh vazir o‘rinbosari, Mustafo Cho‘qay – tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla Xo‘jayev – harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg‘uli Agayev – yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O‘rozayev – ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Solomon Gers- feld – moliya vaziri lavozimlarini egallashdi.Mustafo Cho‘qay Bilimsiz va o‘z kasbiga layoqatsiz sovet hokimiyatining bolshevik komissarlaridan farqli ravishda muxtoriyat hukumati vazirlarining aksariyati oliy ma’lumotli huquqshunos ekanligi ularning bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.Qurultoy tugagach, 1-dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari (8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi.Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Turkiston xalqlari tomonidan muxtoriyat hukumatining qo‘llab-quvvatlanishi.Turkiston Muxtoriyati hukumati mamlakat konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. “El bayrog‘i”, “Birlik tug‘i”, «Свободный Туркестан», «Известия Временного Правительства Автономного Туркестана» kabi hukumat gazetalari o‘zbek, qozoq va rus tillarida nashr qilina boshlandi.Avval chiqayotgan “Ulug‘ Turkiston” gazetasi ham o‘z sahifalarida muxtoriyat hukumati faoliyatiga alohida o‘rin bera boshladi. Nashr ishlarini yaxshilash uchun O.Mahmudovning bosmaxonasi hukumat ixtiyoriga o‘tdi. Obidjon Mahmudov Muxtoriyat hukumati milliy qo‘shinni tashkil qilishga kirishdi. Harbiy vazir Ubaydulla Xo‘jayev ishtirokida 1918-yil boshlarida o‘tkazilgan ko‘rik (parad) vaqtida askarlar soni 2000 kishi bo‘lgan. Bundan tashqari Qo‘qonda taxminan shuncha mirshablar bor edi.Hukumat iqtisodiy sohada 30 million so‘m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, hukumat a’zolari ocharchilik changalida qolgan Turkiston aholisiga Kavkazdan Orenburg orqali g‘alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi.Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling