Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining órnatilishi va uning ayanchli oqibatlari. Reja


Download 35.8 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2023
Hajmi35.8 Kb.
#1367507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sovet

X U L O S A
O‘zbekiston xalqi sovetlar hukmronligi davrida qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Eski mustabid tuzumdan bizga og‘ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy meros qoldi. Siyosiy jihatdan xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq sovet imperiyasining ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi, respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham Markaz tomonidan tayinlanardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy masalalar ham Markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi. Sobiq Ittifoqdan poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum meros bo‘lib qolgan edi. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yersuv, o‘rmon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar Markazga, uning manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda ham qaram edi, o‘zining milliy valutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi.
Sobiq Ittifoqdan mo‘rt, zaif, xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o‘laroq, O‘zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi


Download 35.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling