Turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi


Download 0.69 Mb.
bet4/19
Sana10.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1349113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
D I S S E R T A T S I Y A

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning umumiy maqsadi O’rta Osiyoda XIX asrning ikkinchi yarmi XX boshlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar asosida chop etilgan maqolalar, monografiyalar, to’plamlardan foydalangan holda Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi va sharqshunoslar tomonidan amalga oshirilgan ishlarning yagona tizimi yaratiladi. To’plangan materiallar tanqidiy qarab chiqiladi va bundan kelib chiqadigan yangi tarixiy va madaniy xulosalar umumlashtiriladi.
Maqsadga muvofiq tadqiqotning aniq vazifalari quyidagicha belgilanadi:
-O’rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olganidan keyingi, ya’ni XIX asrning oxiri va XX asrning boshlariga oid Yevropalik va Rossiyalik sayyohlarni, elchilarni, fotograflarni, harbiylarni, arxeolog va sharqshunos olimlarni ishlarini tanqidiy o’rganish;

  • O’rta Osiyoning dastlabki arxeologik jihatdan o’rganilishi bo’yicha chop etilgan ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertasiyalar, ilmiy hisobotlar, arxiv materiallarini o’rganish;

  • O’rta Osiyoning arxeologik o’rganishni boshlangan davridan boshlab oktyabr to’ntarishiga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida to’plangan ma’lumotlarni o’rganib, ulardan olingan xulosalarni tarixiy va madaniy jihatdan tanqidiy ko’rib chiqish;

  • Hozirgi zamon talablari darajasidagi magistrlik dissertasiyasi uchun Turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi bo’yicha yakunlangan ilmiy ish yaratish vazifa qilib olindi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotda Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan o’rganilgan arxeologik materiallarni shu kungacha o’rganilganligi darajasini tanqidiy tahlil qilinib, yangi tarixiy, madaniy va uslubiy xulosalar chiqariladi. O’rta Osiyoning arxeologik jihatdan o’rganilish masalalari batafsil tahlil qilinadi, olingan xulosalardan tarixiy va ilmiy xulosalar chiqariladi. O’rta Osiyoda arxeologiya fanining rivojlanishiga bag’ishlangan bunday ilmiy ishlar shu paytgacha deyarli yo’q edi.
Tadqiqotda Turkistonda rus sharqshunoslari va arxeologlari tomonidan O’rta Osiyo hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar tarixiy, tanqidiy, metodologik nuqtai nazardan maxsus tadqiq etiladi. Bu hududni o’rganilayotgan davridayoq olimlar tomonidan amalga oshirilgan katta, so’zsiz fundamental ishlar bilan bir
qatorda yo’l qo’yilgan ayrim xato va kamchiliklar aniqlanib to’g’rilanadi. Shu vaqtgacha arxeologik tadqiqotlar olib borishdagi yutuq va kamchiliklar yagona tizim ostida, alohida monografik tadqiq qilinadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling