«turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qo’llanilgan qatag’onlik siyosati»
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati qatnashchilariga nisbatan qollanilgan qatagonlik siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazarov Qaysar
- Toshboyev Chakan
Zokiriy Majid - 1897 yili tug’ilgan, Samarqand shahridan, «Milliy ittihod»
aksilinqilobiy tashkilot a’zosi, “o’n sakkizlar guruhi” ishtirokchisi, buning uchun 1934 yili VKP(b) safidan chiqarilgan. Hibsga olingan paytda Urgut rayon milisiyasi boshlig’i bo’lgan. Aksilinqilobiy “Milliy Ittihod” tashkiloti Samarqand filiali rahbarlaridan biri sifatida, kolxozchilar orasida muntazam aksilinqilobiy targ’ibot olib borganlikda aksilinqilobiy Troskiyni otib yuborilishida hamdardlik bildirganlikda ayblanib 10 yil mehnat-tuzatuv lageriga hukm qilingan. Muddat 1937 yil 14 iyuldan hisoblangan. Nazarov Qaysar(1903-yil Pastdarg’om rayoni 96 O’sha joyda 75 Gulyakanduz qishlog’ida tug’ilgan.). Bosmachilar to’dasining faol ishtirokchisi. Kasbi agranom. Yaponiya bilan urushda sovet hokimiyati halok bo’ladi degan aksilinqilobiy mish-mish tarqatganlikda va mag’lubiyatchilik targ’iboti olib borganlikda ayblanib otuvga hukm qilingan. 8339-sonli ayblov xulosasi bo’yicha. Toshboyev Chakan - 1902 yili tug’ilgan. Pastdarg’om rayoni Beshbarmoq qishlog’idan. 1924 yildan 1928 yilgacha Islom qo’rboshi bosqinchilar to’dasida faol ishtirok etgan. 1935 yilgacha bosmachilar to’dasida bo’lgan. Hibsga olingan vaqtda Ittifoq kolxozi raisi o’rinbosari bo’lib ishlagan. 10 yil mehnat-tuzatuv koloniyasiga hukm etilgan. Jazoni o’tash muddati 27 noyabr 1937 yildan belgilangan…”. 97 Samarqand shahridan shu kishilarga o’xshab vatan ozodligi uchun harakat qilganlar bir qanchadir. Jumladan, Hamidboyev Qori Zikr, Q.H.Abduhayumov, M.Karimov, A.Hotamov, I.Rahmatullayev, Rahmatullin(asl ismi Mulla Lutfi Rahmatboyev), Mulla Elchi O’rozov, Mirza Puli N izomiddinov va hokazo. Mustabid tuzum boshqacha fikrlashga mutlaqo toqat qilolmasdi va unga qarshi qat’iy kurash olib bordi. 20-yillarning ikkinchi yarmi — 30-yillar mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazish davri bo‘ldi. Respublikaning vatanparvarlik kayfiyatidagi rahbar xodimlarni birlashtirgan «g‘ayripartiyaviy» guruhlar («18 lar guruhi», «Inog‘omovchilik», «Qosimovchilik») birin-ketin «fosh etildi» va badnom qilindi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida mustabid tuzumning jazolovchi qilichi mustabid tuzum kirdikorlariga qarshi fikr bildirgan milliy ijodkor ziyolilarning ko‘pgina vakillariga zarba berdi. Munavvar Qori Abdurashidxonov, Saidnosir Mirjalilov, Mahmud Hodiev (Botu), Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Ashurali Zohiriy, Elbek, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, Usmon Nosir va boshqalar qatag‘onga uchradi. 98 Faqat 1929 yil yanvardan 1933 yilgacha mustabid tuzum respublika milliy ziyolilarning 217 vakilini — yozuvchilar, jurnalistlar, o‘qituvchilar va hokazolarni qatag‘on qildi, ulardan ko‘plari otildi. 99 97 O’sha joyda. 98 Турсунов И.Й. Узбекистан маорифчиларининг истиқлол йулидаги кураши тарихидан (1917—1930 йиллар): Тарих фанлари доктори... автореферата. Т-1995, 27-bet. 99 Узоқов Ҳ. Узбекистонда мустақиллик учун кураш тарихи (1900—1940 йиллар): Тарих фанлари доктори... 76 Qatag‘on balosi faqat ziyolilarnigina o‘z komiga tortmadi, istibdodning olovida barcha baravar yondi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida dehqonlarga nisbatan ham misli ko‘rilmagan qatag‘onlar amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish davrida O‘zbekistonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi «quloq» qilinib, ulardan 31,7 mingi qatag‘on qilingan edi 100 . Bolsheviklar tuzumining 30-yillar oxirida o‘z xalqiga nisbatan qilgan qatag‘onlari ayniqsa keng ko‘lamda avj oldi. Bir tuman yoki qishloq miqyosida birorta rahbar «xalq dushmani» ga aylantirilgan bo‘lsa, uning «dumi» sifatida yana 50—60 kishi o‘z yurtidan badarg‘a qilingan yoki qamalgan edi. Shuning uchun ham qatag‘onlar respublikaning ijtimoiy-siyosiy hayotini larzaga keltirdi, kishilarda doimiy qo‘rquv, ertangi kunga ishonchsizlik uyg‘otdi. 1936 yilning oxirida o‘z konstitutsiyasida keng huquqlar va erkinliklarni e’lon qilgan mustabid tuzum oradan bir necha oy o‘tgach ommaviy terrorni avj oldirdiki, u o‘zining qonli panjalari bilan O‘zbekistonni ham qamrab oldi. Ittifoqning jazo organlari va uning respublikadagi tuzilmalari hech bir aybsiz kishilar ustidan soxta «ishlar»ni to‘qib chiqdilar, ommaviy hibsga olishlar uyushtirildi, minglab jamoat arboblari, yirik olimlar, adabiyot va san’at arboblari, xo‘jalik kadrlari, ishchilar, dehqonlar, din vakillari va boshqalar sudsiz-so‘roqsiz qamoqqa tashlandilar. Kommunistik rejim shu yo‘l bilan mamlakatdagi har bir millatning eng ilg‘or ziyoli qismini, mustabid tuzum mohiyatini tushunib etadigan qismini yo‘qotishga harakat qildi. Bu qabihlikni amalga oshirar ekanlar, ular avval o‘z kabinetlarida o‘tirib o‘nlab soxta «aksilinqilobiy tashkilotlar»ni o‘ylab topdilar va ularni «fosh etish»ga kirishdilar, go‘yo ular imperialistik davlatlarning agentlari bo‘lgan emish. Jumladan, 1937— 1938 yillarda markaziy hukumatning jazo organlari va uning respublikadagi “nazoratchilari” O‘zbekistondagi yirik aksilinqilobiy tuzilmalarni “fosh etdilar” va “tugatdilar”, bular: respublika rahbarlari Akmal Ikromov va Fayzulla Xo‘jaev boshchiligidagi “Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi”; Abdurauf Qoriev rahbarligidagi “Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti”; “Aksilinqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”; S.Xo‘janov автореферата. Т-1996. 39—40-betlar. 100 История коллективизации в союзных республиках. М-1969. С-25. 77 boshchiligidagi “Aksilinqilobiy millatchi qozoqlar tashkiloti”; “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli sovetlarga qarshi aksilinqilobiy tashkilot; respublika komsomoli MQ kotibi I.Ortiqov rahbarligida “Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”; “Uyg‘urlarning aksilinqilobiy josuslik-isyonchilik tashkiloti”; Mirzoyan, Amelyan va boshqalar rahbarligidagi “Aksilinqilobiy eserlar josuslik-qo‘poruvchilik tashkiloti”; “Ingliz josuslik rezidenturasi”; «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezidenturasi” edi. Endilikda ma’lum bo‘lishicha, bularning hammasi tuzumning jazo organlari kabinetlarida ataylab to‘qib chiqarilgan bo‘lib, haqiqatda bunday “aksilinqilobiy tashkilotlar” respublikada mutlaqo bo‘lmagan ekan. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling