Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi
Tub burilishga o‘zbekistonlik jangchilar hissasi
Download 183.62 Kb.
|
Turkiston
Tub burilishga o‘zbekistonlik jangchilar hissasi
1943-yil yozida Kursk yoyida bo‘lgan qattiq janglarda O‘zbekistonda tuzilgan 62- va 69-o'qchi diviziyalar, 162-O'rta Osiyo-Novgorod-Shimol diviziya askar va zobitlari alohida jasorat ko‘rsatdilar. O‘zbekistonliklar, shuningdek, 5- va 15-o'qchi diviziyalar hamda 5-gvardiyachi va 62-gvardiyachi o‘qchi diviziyalar tarkibida ham jang qildilar. Zilmat Hasanov bir o‘zi 80 fashistga qarshi jang qilib, 60 tadan ortig‘ini qirib tashladi, patronlari tugagach, qaltis paytda o‘zini ham, dushmanlarni ham portlatib yubordi. O‘zbek qizi, shifokor-jarroh Muqaddam Ashrapova namunali xizmati uchun 1-gvardiyachi armiya jangchilarining mehr va hurmatiga sazovor bo‘ldi. Pragagacha bo‘lgan jangovor yo‘lni bosib o‘tdi. Ko‘rsatgan jangovor jasoratlari uchun hukumat ordeni va bir necha medallar bilan taqdirlandi. Muqaddam Ashrapova urushdan keyin Toshkent Tibbiyot institutida ishlab, tibbiyot fanlari doktori, professor darajasiga erishdi, o‘z hayotini fanga va tibbiyot xodimlari tayyorlashga baxshida etdi. Kurskda porloq g‘alabaga erishilgach, qizil armiyaning 2000 km uzunlikdagi frontlarda qudratli strategik hujumi boshlanib ketdi. Shimoliy Don, Desna, Soj daryolari kabi suv to‘siqlari ham, dushmanning kuchli mudofaa pozitsiyalari ham qo‘shinlarimizni to‘xtatib qololmadi. Dushmanning Dnepr daryosining o‘ng qirg‘og'ida mahkam o‘rnashib olishdan iborat rejasini sindirish maqsadida jangchilarimiz zudlik bilan Dneprni kechib o‘tishni boshladi. Toshkent viloyatida tuzilgan 441-o'qchi diviziya jasorat ko‘rsatdi. Leytenant Ozerov otryadi daryoni kechib o‘tib Dnepr va Soji daryolarining burilish joyidagi g‘arbiy sohilning kichik bir istehkomini egalladi. Fashistlar o‘q yog‘dirib, ularni yo‘q qilib tashlashga intildilar. Tirik qolgan 10 tacha jangchi rota komandiri Jo‘raxon Usmonov yetakchiligida madad yetib kelguncha ikki kecha-kunduz davomida marrani egallab turdi. Bo‘linmaning barcha jangchilari yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi, Jo‘raxon Usmonov Qahramon unvoni bilan taqdirlandi. Dneprni birinchi bo‘lib kechib o‘tganlar orasida G’ijduvon tumanidagi Navzakaron qishlog‘idan chiqqan starshina Vali Nabiyev, andijonlik Qambarali Do‘smatov, qoraqalpoq Xudoybergan Shoniyozov, shofirkonlik Xalloq Aminov, romitanlik Sharif Ergashev, Buxorodan chiqqan T. A. Tixonov va boshqalar bor edi. Kurskdagi g'alaba va dushmanning Dneprdan uloqtirib tashlanishi natijasida jahon urushining borishida tub burilish yasaldi, harbiy strategik tashabbus dushmandan batamom tortib olindi. Stalingraddagi g'alaba Gitler Germaniyasining yengilishi muqarrarligini ko‘rsatgan bo‘lsa, Kursk va Dneprdagi g‘alaba nemis-fashist qo‘shinlarini halokatga mahkum etdi. O‘zbekistonlik jangchilar Leningrad qamalini yo'q qilish, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va Boltiqbo‘yi respublikalarini dushmandan ozod qilish uchun bo‘lgan janglarda qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. 1944 yil kuz oylariga kelganda dushman mamlakatdan butunlay haydab chiqarildi, SSSR chegaralari tiklandi. Download 183.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling