Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi
O‘zbekistonliklar Stalingrad jangida
Download 183.62 Kb.
|
Turkiston
O‘zbekistonliklar Stalingrad jangida
O‘zbekistonliklar 62- va 64-armiyalar safida turib tarixiy Stalingrad jangida qahramonona jang qildilar. Janglar avjiga chiqqan paytda Stalingradga Samarqand va Farg'onada tuzilgan 90- va 94-o'qchi brigadalar yetib kelib jangga kirdilar. Bu brigadalar asosan o‘zbek yigitlaridan tuzilgan bo‘lib, komandirlari orasida S. Nuriddinov, V. Umarov, A. Murodxo‘jayev, F. Norxo‘jayev va boshqalar bor edi. 21-otliq askarlar diviziyasining baland jangovar ruhda jang qilishida diviziya komissari, keyinroq general-mayor unvoniga erishgan Mullajon Uzoqovning xizmati katta bo‘ldi. Volga bo‘ylarida dahshatli janglar bo‘layotgan paytda O‘zbekistonlik jangchilar o‘zbek xalqining ularga yozgan xatini oldilar. 128-gvardiyachi Turkiston tog‘-o'qchi diyiziyasi askarlari dushmanga qarshi shiddatli zarbalari bilan shuhrat qozondilar. Kichik leytenant M. Kabirov vzvodiga Perelazovsk xutori yonidagi tepalikni egallash ya ushlab turish vazifasi topshirildi. Vzvodning 40 ta jangchisi hamma tomondan ochiq, dushmanga ko‘rinib turgan yalanglikdan o‘rmalab tepaga yurdi, qattiq jang, og‘ir yo‘qotishlar evaziga tepalikni ishg‘ol etdi. Tirik qolgan 11 jangchi dushmanning 300 jangchisiga qarshi 12 kun davomida tepalikni qo‘ldan bermay jang qilishdi va dushmanni o‘sha tepalik yonida to‘xtatib qoldi. Ularning 9 tasi o‘zbek, 1 tasi qozoq va 1 tasi tatar edi. Og‘ir jangda B. Alimbekov, D. Ahmedov, B. G’afforov, S. Mardonov, H. Musayev, S. Payziyev, N. Haitov, S. Tlenovlarning qoni ana shu tepalikda abadiy qoldi. Faqat Abdurahmon Erdonov va M. Kabirovlar tirik qolishdi. Mashhur Pavlov uyini mudofaa qilgan jangchilar orasida o‘zbek yigiti Kamoljon Turg‘unov ham bor edi. Stalingradda jang qilayotgan namanganlik zobit Mamasoli Jabborov 1942-yil noyabrida o‘zining motoo‘qchilar ro‘tasi bilan chekinib borayotgan dushmanning ikkita polkiga shiddatli hujum qilib 400 soldat va zobitni qirib tasbladi, 230 tasini asirga tushirdi va anchagina qurol-aslahani o'lja qildi. 117 fashistni yer tishlatgan Buxoro viloyatidan borgan mergan Hayit Xo‘jamatov 5 ta jangda o‘z pulemyoti bilan dushman-ning 300 dan ortiq askar va zobitini yer tishlatgan. Qorako'1 tumanidan borgan jangchi Haitov, Toshkent Pedagogika institutining talabasi Yelena Stempkovska-yalar jasorati Stalingrad jangi solnomasidan munosib o‘rin egalladi. Download 183.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling