Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi


O‘zbekistonliklar Moskva uchun janglarda


Download 183.62 Kb.
bet21/45
Sana30.01.2023
Hajmi183.62 Kb.
#1140629
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Turkiston

O‘zbekistonliklar Moskva uchun janglarda
1941-yil kuz-qish oylarida Moskva ostonalarida hayot-momot janglari bo‘ldi. Unda, bir tomondan, qanday qilib bo‘lsa ham Moskvani egallash uchun intilgan, ikkinchi tomondan, qanday qilib bo‘lsa ham Moskvani qo‘ldan bermaslik uchun oyoqqa turgan tarixda misli ko'rilmagan darajadagi katta harbiy qo‘shinlar to‘qnashdi. Ana shu dahshatli janglarda O‘zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat, yuksak harbiy mahorat ko‘rsatdilar.
Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I. V. Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda bilim yurti va o‘rta Osiyo harbiy okrugining harbiy-siyosiy bilim yurtida ta'lim olgan 180 zobit bor edi. General I. V. Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo‘nalishida qattiq jang qildi. Ommaviy qahramonlik ko‘rsatdi. Diviziyaning 28 kishidan iborat 4-o'qchi rotasining bir o‘zi Dubosekovo raz'ezdida dushmanning bir rotasini qaytardi, 32 tankini majaqlab tashladi. Diviziya jang maydonida dushmanning 114 tankini, 26 ming askar va zobitini, 5 samolyot va boshqa ko‘plab texnikasini yo‘q qildi, harakatdagi jangovar texnikasining ancha qismini qo‘lga kiritdi. Janglarda vzvod komandiri Ikrom Halilov, Zarif Ibrohimov, Mamadali Madaminov, Abdulla Tog‘ayev, jarroh G’ulom Abdurahimov va boshqalar jasorat ko‘rsatdilar. Jangda diviziya qo‘mondoni I. V. Panfilov halok bo‘ldi, ammo uning quroldoshlari 8-gvardiyachi Panfilovchi diviziya nomi bilan dushman tor-mor etilguncha jang qildilar.
O'zbekistonda tuzilgan 21- va 44-otliq askarlar diviziyasi Moskva ostonalarida 1- va 2-otliq askarlar korpuslari saflarida jang qilib qahramonlik namunalarini ko‘rsatdilar. Shular qatorida 1-otliq askarlar korpusining jangchilari H. Musayev, R. Abduqosimov, A. Abdullayev, bo‘lim komandiri R. Aliyev, vzvod komandiri kichik leytenant X. Bektursunov, 2-otliq askarlari korpusining jangchilari Z. M. Qosimov, R. S. Halilov, katta serjant V. Sodiqov, eskadron komandiri M. Ibrohimov va boshqalar bor edi.
Diviziyaning orden va medallar bilan mukofotlangan komandirlari va siyosiy xodimlari orasida B. O‘razov, G. Tolipov, M. Bektemirov, V. Kashapov va boshqalar bor edi. O‘zbek xalqi Moskva himoyachilariga ko‘maklashish uchun qo‘lidan kelgan barcha tadbirni ko‘rdi. 1941-yil dekabrida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev boshchiligidagi o‘zbek delegatsiyasi Moskvaga bordi. Delegatsiya a'zolari Moskva ostonlarida jang qilayotgan G’arbiy front jangchilari—askarlar, zobitlar va qo‘mondonlari bilan uchrashdi, suhbatlashdi, 1942-yil 1-yanvar — yangi yil kunini birga kutib olishdi, ularga O‘zbekistondan olib borilgan 29 vagon meva-cheva, 9 ming kalta po‘stin, 20 ming juft kigiz etik, 100 ming juft issiq qo‘lqop va boshqalarni sovg‘a qildilar.
Moskva himoyachilari orasida o‘zbek qizi Zebo G’aniyeva ham bor edi. U Moskvadagi teatr san'ati institutida o‘qir edi. Urush boshlangach, Zebo G’aniyeva o‘z yurti — Andijonga qaytib kelishni emas, frontda jang qilishni afzal ko‘rdi. Tez orada mohir mergan va razvedkachi bo‘lib yetishdi. Uning harbiy qismi Moskva-Volga kanali bo‘ylab joylashgan edi.
1943-yil avgustda Demyanskda bo‘lgan jangda Zebo G’aniyeva og‘ir yarador bo‘ldi, 33 marta jarrohlik operatsiyasiga bardosh berib o‘limni yengib o‘tdi. Zebo G’aniyeva urushdan keyin ham tinib-tinchimadi, tirishqoqlik bilan o‘qidi. Bokuda institutni tamomlab, Moskva jahon adabiyoti institutida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
Moskva ostonalarida O‘zbekistonlik merganlar Ishoqov 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini yer tishlatdilar.

Download 183.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling