Тurkistonda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. Reja: Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi


Download 217.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.01.2023
Hajmi217.31 Kb.
#1092509
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorazm va Buxoroda xonligi va amirligini yemirilishi

Xiva xonligining tugatilishi. 1917-yil kuzida Rossiyada ro’y byergan oktabr 
o’zgarishi, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi davomida 
Xivada ham demokratik harakat yangi bosqichga qadam qo’yadi. Demokratik 
kuchlar, aholining kambag’al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo’ng’irot, 
Ko’hna Urganch, Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholi qat’iy 
harakatlarga chiqdi. Buning ustiga mamlakatni boshqara olmay qolgan xonning 
1918-yil yanvarida turkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni bosh 
qo’mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigallashtirib yubordi. 
Junaidxon tez orada Isfandiyorxonni qatl ettirib, o’rniga uning tog’asi, irodasiz 
Said Abdullani nomiga xon qilib ko’tarib, amalda yakka hukmdor bo’lib oldi. 


Junaidxonning harbiy diktaturasi zulmidan og’ir aziyat chekkan ko’plab aholi 
qo’shni Turkistonga qochib o’ta boshladi. Ularning ko’plari Sovetlar tayyorlagan 
qizil qo’shinlar safini to’ldirib bordi. Bularniig hammasi Sovetlarga qo’l keldi. Shu 
zaylda ularga qarashli Amudaryo bo’limida (Turtko’lda) N. A. Shaydakov va N. 
M. Shcherbakov boshchiligida Shimoliy va janubiy harbiy dastalar tuzilib, xonlik 
tuzumini ag’darishga shay qilib qo’yildi. Darhaqiqat, Turkiston sovet rahnamolari 
yo’l-yo’riqlari asosida harakatga kelgan qizil qo’shinlar va shuningdek, o’zbek va 
turkman aholisidan tashkil topgan qo’zg’olon dastalari 1919-yil dekabri oxirlaridan 
Junaidxon rejimiga qarshi harbiy yurish boshlaydilar. Bu kuchlar Junaidga ketma-
ket zarbalar berib, birin-ketin xonlik hududlarini qo’lga kiritib bordilar. 1920-yil 2-
fevralda Xiva egallandi. Junaidxon qolgan-qutgan qo’shini bilan Qoraqum 
sahrosiga chekinadi
1
. Qo’g’irchoq xon Said Abdullo taxtdan voz kechadi. Shu 
tariqa, sovetlar kuchi bilan Xiva xonligi ag’darildi va 5 kishidan iborat Inqilobiy 
qo’mita tuzildi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug’-qabilalaridan 
vakillar kiritildi. Inqilobiy qo’mita raisi etib Yosh xivaliklar rahbari 
D.Sultonmurodov saylandi. Tez orda Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon 
qilinadi.
1920-yilning 27-30-aprel kunlari Xivada bo’lib o’tgan xalq vakillari 
Butunxorazm qurultoyi xonlik tugatilganligi va yangidan Xorazm Xalq Sovet 
Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Qurultoy XXSRning 
muvaqqat 
Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy shuningdek 15 kishidan iborat hukumat - 
Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz 
Yusupov uning birinchi raisi bo’ldi. Tez orada (iyunda) Rossiya bolshevik 
rahbarlari ko’magida Xorazm Kompartiyasi tashkil etilib, uning hukmronlik 
mavqei hayotda tayin etib borildi. Sovet Rossiyasi ayni paytda yangi tug’ilgan 
Xorazm Xalq Sovet Respublikasini o’z ta’sir doirasiga olish maqsadida 1920-yil 
13-sentabrda XXSR bilan ittifoq shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma bilan birga 
ikkala respublika o’rtasida imzolangan xarbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar 
asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli 
harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. Biroq “katta 
og’a”ning bunday yordami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining ichki 
ishlariga aralashish, uning siyosatini o’z manfaatlariga bo’ysundirish maqsadlari 
yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm Xalq Sovet Respublikasida uch-
marta hukumat o’zgarishi yasalib, Moskvaga ma’qul kelmagan uning tarkibi 
o’zgartirildi. O’z xalqining milliy manfaatlarini ko’zlab siyosat yuritgan 
Polvonniyoz Yusupov, M. Ibniyaminov, O. Muhammadrahimov bosh bo’lgan 
hukumat tarkiblari bekor qilindi, ularning rahbarlari asossiz qoralandi, so’ngra turli 
jazolarga giriftor etildi. 1923-yil oktabrida bo’lib o’tgan IV Butunxorazm Sovetlari 
Qurultoyi XXSRni XSSR deb e’lon qildi va respublikaning yangi konstitutspyasini 
qabul qildi. Unda Xorazmda Sovetlar rahbarligida amalga oshirilgan jiddiy 
o’zgarishlar orqasida bu respublika endilikda o’z taraqqiyotining yangi, sotsialistik 
1
Seymour Becker. Russia’s Protektorates in Central Asia: Bukhara and Khiva, 1865-1924. London and New York. 2005. P. 231-
232.


bosqichiga kirganligi alohida ta’kidlandi. Konstitutsiya yerga bo’lgan xususiy 
mulkchilikni bekor qildi, barcha erlar umumxalq mulki deb e’lon etildi. Vaqf 
mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga olindi. Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga 
zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng asosiysi, respublikani 
boshqarish jilovini tobora Sovetlar hukmronligi qo’l ostiga o’tib borishi, 
pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab 
bo’ldi. 

Download 217.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling