Тurkistonda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat. Reja: Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o’sib borishi


Download 217.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.01.2023
Hajmi217.31 Kb.
#1092509
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xorazm va Buxoroda xonligi va amirligini yemirilishi

Buxoro amirligining ag’darilishi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat Xiva xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, 
vassal davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati 
hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr 
boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga 
kela bordi. Mamlakatning ilg’or, taraqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan 
Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga yetakchilik qildilar. O’z saflarida 
Abduvohid Burhonov, Fayzulla Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, 
Muhitdin Mansurov, Po’latxo’ja Usmonxo’jayev kabi yurt fidoyilarini 
birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim 
siyosiy o’zgarishlarni ro’yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan 
islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatish, 
ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga 
alohida urg’u berilgandi. Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohiy 
talablari asosida amir 1917-yil 7-aprelida ba’zi yon berishlarga borib manifest 
chiqarishga majbur bo’ladi. Manifestda soliqlarni tartibga solish, turli ijtimoiy 
tabaqalar vakillaridan iborat Majlis qilish, maorif, tibbiyot, sud tizimlarini 
yaxshilash, ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish kabi qator va’dalar 
berildi. 
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga 
qarshilik ko’rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar 
ko’chalarida qirg’in uyushtirdilar. Ko’plab islohotchilar Buxoroni tark etishga 
majbur bo’ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo’li baland keldi. Turkistonda 
mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi Buxoro amirligi uchun ham jiddiy 
siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob g’oyasini 
boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o’z mo’ljaliga 
olgandilar. Xususan 1918-yil martida “Kolesov voqeasi” nomi bilan tarixga kirgan 
qonli voqea bunga aniq misol bo’la oladi. Turkiston sovet respublikasi hukumati 
raisi F. I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o’tkazib, 1918-yil 2-martida Kogon 
temir yo’li yoqalab qizil qo’shinlar interventsiyasini uyushtirdi. Bunga javoban 
Buxoro amiri xalqni g’azovotga Chorlab, o’z qo’shinlari va g’azabga kelgan 
aholini urushga safarbar etdi. Oqibatida Kolesov xuruji sharmandalarcha mag’lub 
bo’ldi. Bu esa amir va uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli 
o’ch olishi uchun bahona bo’ldi. Ayniqsa Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg’in 
qilindi. Bolsheviklarinipg bu avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g’oyatda 
qimmatga tushdi. F.Xo’jayevning guvohlik berishicha, bu qirg’inda Yosh 
buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon bo’ladi. 
Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash, 


buning uchun Turkistondan panoh topgan ko’p sonli buxorolik muhojirlarni ishga 
solish, ulardan ko’plab inqilobchi kuchlar etishtirish va ularni tashkillashtirish 
harakatida bo’ldilar. 1918-yil-sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari 
tomonidan Buxoro kompartiyasi va uning Markaziy Qo’mitasi tuziladi (uning raisi 
A. Yoqubov, o’rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920-yil yanvarida Toshkentda F. 
Xo’jayev boshchiligida “Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston 
Markaziy byurosi” tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan 
e’tirof etiladi. Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida 
despotik tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq 
ommasining tub manfaatlarini ko’zlab ko’plab ijtimoiy-demokratik o’zgarishlarni 
amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 
1920-yil-iyundan Toshkentda chiqa boshlagan «Uchqun» gazetasida ham ilg’or 
demokratik g’oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning hokimi mutlaq tuzumini 
ag’darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi. Amir Olimxon 1920-yil 
2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo’ldi. Poytaxt sovet qo’shinlari 
tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi 
qo’liga o’tdi
2
. 1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro 
Inqilobiy qo’mitasining birlashgan majlisi bo’ldi. Majlisda A.Muhitdinov 
boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ - Butunbuxoro Inqilobiy qo’mitasi va 
Fayzulla Xo’jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. O’sha 
yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda Buxoro 
Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. A.Fitrat, M.Aminov, 
Otaxo’jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi bilan respublika 
hukumati tarkibidan chetlatildi. Buxoro XSRning 1921-yil sentabrida qabul 
qilingan Konstitutsiyasi ham RSFSR Konstituttsiyasi andozasida tuzilgan edi. 
Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O’rta Osiyo Iqtisodiy 
Kengashining tuziliish va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi bu 
uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo’ldan boy berib borilishiga sabab 
bo’ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik o’zgarishlar izchil amalga 
oshirilib borildi. 1924-yil 18-20-sentabrda bo’lib o’tgan V Butunbuxoro qurultoyi 
BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e’lon qildi. Nihoyat, 1924-
yilda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida uning hududlari 
O`zbekiston va Turkmaniston Sovet sotsialistik respublikalari tarkibiga qo’shib 
yuborildi, Buxoro davlat sifatida tugatildi. 

Download 217.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling