Turkiy guliston yohud axloq asarining tarbiyaviy ahamiyat
Download 40.67 Kb.
|
TURKIY GULISTON YOHUD AXLOQ ASARINING TARBIYAVIY AHAMIYAT
Sabrsizlar o’z oyog’idan yitar.
HILM Hilm deb bo’lar-bo’lmas ishga achchig’lanmaydurgan, arslon yurakli, yumshoq tabiatli bo’lmoqni aytilur. Hilm insonlarning tab’idan xusumat, adovat, g’azab, hiddat kabi yomon xulqlarni yo’q qiladurgan har kimcha maqbul bir sifatdur. Hilm ilmi axloq yuzasidan insonga eng kerakli narsadur. Nafsning rohati, qalbning matonati, fikrning salomati, vijdonning halovati halim tabiat bo’lmoq ila hosil bo’lur. Chunki halim kishilar har qancha quvvat va qudrat sohibi bo’lsa ham, o’zidan ojiz kishilarga shiddat ila muomala qilmas. Fikri salomat kishilarning qalbi halim, tab’i karim o’lur. Zeroki, vujudimizdan paydo bo’ladirgan af’ol va harakotimizning manbayi havas va orzudur. Bu havas va orzuga faqat hilm ila g’olib kelurmiz va bu vasila ila to’g’ri yo’lga kirub, yaxshi xulq sohibi, din va millat xodimlaridan bo’lurmiz. Dunyoda chin inson bo’lmak uchun havasning qo’liga nafsning jilovini bermaydirgan, bo’lar-bo’lmas narsalardan achchig’lanmaydurgan, sovuqqonli, yumshoq tabiatli, muloyim so’zli, halim va sabrli bo’lmak lozimdur. Zotiga, hilmiyati mavsuf qilsa har kishi, Ikki olamda bo’lur rohat, halovatda ishi. Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Alhilmu sayyidal axloq – Hilm xulqlarning sayyididur», – demishlar. Suqrot hakim: «Shiddat ila muomala qilgan kishilarga man viqor va halimlik ila muqobila qilurman, chunki hilm shiddatni, xusumatni past qilur. Lekin kishini ojiz va xorlik darajasiga tushuradurgan halimlikdan man bezor», – demish. Bu so’zga qaraganda saxovatning ifroti isrof o’ldig’i kabi o’rinsiz yerda hilm iste’mol qilmak insonning viqor va e’tiborini poymol qilur. Shuning uchun hilmiyat hududidan – chegarasidan chiqmay, g’azab, hiddat kabi yerlarda hilm iste’mol qilub, nafsning haroratini past qilmolidur. Lekin tepsa tebranmaydurgan, turtsa ting etmaydigan bo’lub, g’ayrat, shijoat o’rinlariga ham muloyimlik ishlatuv halimlik hududidan oshub, bo’shlik, anqovlik dunyosiga chiqmakdur. Bunday halimlikdan qochmak, hazar qilmak kerak. Halimlikni qilsang agar ixtiyor, Bo’lur xalqi olam sanga do’st-u yor. Bo’lur mevalik shoxni boshi past, Halim o’lg’usi oqili hushyor. INTIZOM Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizni, ishlarimizni har birini o’z vaqtida tartibi ila qilmakni aytilur. Agar yer yuzida intizom bo’lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar. Janobi Haq yer-u osmonlarni, oy va yulduzlarni, inson va hayvonlarni, qurt va qushlarni shunday bir nizom ila tarbiyat berib yaratmishdurki, aql bilmakdan, qalam yozmakdan, til so’zlamakdan ojizdur. Dunyoga kelgan payg’ambarlarning har birlari din va shariatlarini tarbiyat va nizom ila yurutmishlar. Xususan, islom dini mukammal ravishda tartib va nizomni rioya qilmishdur. Va bu soyada ozgina zamonda islom urug’lari butun dunyo yuziga yoyilmishdur. Islom davlatlarining barposi nizom va intizom ila o’ldig’i kadi barbod va inqirozi ham tartib va nizomsizlik ila bo’lmishdur. «Xayr, o’tkan ishga salovat». Alhosil, har bir millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay tartibi ila yurutmakg’a bog’lidur. Shogirdlar maktab va madrasalardagi zamonga muvofiq ravishda qurilmish, nizom va tartiblarni rioya qilmaklari lozimdur. Chunki tartib va nizomni rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o’zlari parishon bo’lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yurutgan kishilarning ishlari yerida, o’zlari tinch va rohatda umr o’tkarurlar. Hozirgi zamonda bizning Turkiston boylarining ishlari to’xtab, sinuvlarining birinchi sababi ishlarini axloqsiz, bilimsiz, musrif, yalqov kishilarga topshiruvlari ila barobar o’zlarining zamonga muvofiq tartib va nizomdan xabarsizliklarining yemushidur. Payg’ambarimiz: «Kasblarning ortug’roqi xiyonatsiz, yolg’onsiz qilg’on savdo va tijorat ila bandaning o’z qo’li birlan ishlagan ishidur», – demishlar. Davlatni koni, manbayi tartib-intizom, Sarvatni poydori erur iqtisodi tom. Muhtojlig’ yuzini ko’rar deb gumon qilmang, Download 40.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling