Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi
MUHABBAT VA HIJRON MOTIVI NODIRA TALQINIDA
Download 147 Kb.
|
Bekchanova Umida 3-A. Kurs ishi
MUHABBAT VA HIJRON MOTIVI NODIRA TALQINIDA
Nodira muhabbat tasvirining fidokor ustasidir. Uningcha, odam muhabbat ixtiyor etganidagina chinakam komil inson qiyofasini kasb etishi mumkin. Shoiraning ixlos-e’tiqodicha, “gul sayri” ham, “fikri bahor” jahonning jami huzur-halovatlari ham “vasli yor” vositasida muyassar bo’ladi: Na gul sayr ayla, na fikri bahor et, Jahondin kech, hayoli vasli yor et. Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et…. Kuyib, ey Nodira, olam elig‘a Muhabbat shevasini oshkor et. Nodira yona-yona ta’rifu tavsif etgani qanday muhabbat o’zi? Shoira mana bu baytda o‘zi ishqqa qisqa, ammo aniq, teran ta’rif bergan Ma’ni muhabbat na qilursan manga, Ramzi haqiqat erure ishqi majoz. Nodiraning ushbu ko’pgina ulug‘ shoirlarning mumtoz adabiyotidagi ishqqa bergan izoh va ta’riflariga muvofiq keladi.Darhaqiqat, barcha shoiralardagi singari, Nodira ijodida muhabbat ramziy ma’noga ega.Uning she’rlarida ishqi majoz haqiqiy, ya’ni ilohiy ishqning ramzidir. Mumtoz adabiyotimizda ikki xil ishq- majoziy ishq va haqiqiy tushunchalari mavjud. Haqiqiy ishq esa insonning vujudi Mutlaqqa Ollohga muhabbat tuyg‘ularini ifodalaydi. Bu ikkala ishq turini alohida ajratish mumkin. Mohiyatan, yaratilmishga ishq bog’lash Yaratuvchiga muhabbatning ramzi edi. Negaki, zarrada quyosh aks etganidek, jilvagar namunasi.Ya’ni mijoziy ishq haqiqiy ishqning ramziy bir ko‘rinishi, xolos. Insoniy ishqni kuylashdan maqsad ilohiy ishqni ulug‘lashdir. Ayniqsa Nodira singari oilaparvar siymolar ijodidagi ilohiy ishq talqini shunday qaltis savolga duchor kelishi mumkin. Nodira nazdida ishqsiz din-u mazhabga berilish komil musulmonlikka ilib bormaydi. Ishqu muhabbat oshiqning dinu mazhabiga aylansagina u kamolot qozonadi: Qil, Nodira, muyassar sho’ri junun jahonda, Ishqu muhabbat o’ldi oshiqqa dinu mazhab. Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida, xususan g‘azallarida kuchli sezilib turadi. Albatta, ayiriliqni kuylash mumtoz lirikamizda avvaldan bor edi. Chunki tasavvufiy talqinga ko‘ra, inson bu hayotda Allohga intilib, umr bo‘yi uni bunyod etgan oily zotga talpinib yashaydi. Shoira asarlarida mumtoz she’riyatimiz shart va talablarni mukammal o’zlashtirishga, shu yo’lda izlanishlar qilishga, yangiliklar yaratishga intilish sezilib turadi. Bu jihatdan uning musammatlari alohida diqqatga molik. Xususan, “Firoqnoma” muashshari o‘zbek san’atining ajoyib namunasi hisoblanadi. Asar mazmun mohiyati shoira umuman ijodidagi mavzu va motivlar bilan chambarchas bog’liq. O‘n banddan, jami yuz misradan iborat bu asarning har bir bandi: Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun. Misralari bilan tugallanadi. Bu iki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan. Bu ikki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan. Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo’rtib turibdi. Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling