Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi


Download 147 Kb.
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi147 Kb.
#1039120
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bekchanova Umida 3-A. Kurs ishi

«DODA KELDIM...» G’AZALI
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
Maddi ohim shu’lasi husning dabiristonida
Misrayi barjastadur, ey sarvi ozodim, eshit.
Sarvi nozim, sendin ayru naxli ohim bo’ldi xam,
Qomating hajrida sindi shoxi shamshodim, eshit.
Har nechakim sabr ta’mirini bunyod ayladim,
Ashk selobida vayron o’ldi obodim, eshit.
Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig’,
Necha kunlar bo’ldi, hargiz qilmading yodim, eshit.
Kelki, bir soat seni ko’rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo’ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.
Nodira bodi sabodin sanga irsol etgali
Qildi insho bu g’azalni, tab’i noshodim, eshit.
Yetti baytdan iborat bu oshiqona g’azal o’zbek mumtoz she’riyati uchun an’anaviy bo’lgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun foilotun foil- oi foihm (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqte’si: - V - - / - V - - / - V - - / - V - (yoki – V G’azaldagi beshinchi baytning birinchi misrasi «begonalig’» so’zi bilan tugagani, ya’ni oxirgi bo’g’in o’ta cho’ziq hijodan tashkil topgani uchun ramali musaddasi maqsur (- V - - / - V / - V /- V vaznida bitilgan. G’azalda turkiy so’z («eshit») radifga olingan. Qofiyadagi so’zlarning barchasi o’zbekcha egalik qo’shimchasi bilan kelgan forscha-tojikcha so’zlardan tashkil topgan (dodim - faryodim - ozodim - shamshodim - obodim - yodim - parizodim - noshodim).
Lirik qahramon gapni to’g’ridan-to’g’ri yorga murojaatdan boshlaydi. Ammo g’azalning boshidan-oxirigacha biror joyda «yor» so’zi ishlatilmaydi. Chunki oshiq ma’shuqqa «ey salotin sarvari» («ey podshohlar podshohi», 1-bayt), «ey sarvi ozodim» («ey sarv daraxtidek tik qomatligim», 2-bayt), «sarvi nozim» («mag’rur turadigan tik qomatligim», 3-bayt), «ey parizodim» («ey parilar avlodidan bo’lganim», 6-bayt), «tab 7 noshodim» («ta’bi xursand bo ‘hnaganim», 7-bayt) undalmalari bilan murojaat qiladi. Besh baytda bunday undalmalarning kelishi g’azalning o’ziga xos uslubidan dalolat beradi. Bulardan tashqari, lirik qahramon yorni «shah»ga, o’zini «benavo»ga o’xshatadi ham (matla’). Shu ifodalardan ham ko’rinib turibdiki, g’azal zimdan Nodiraning yostiqdoshi - Amir Umarxon(Amiriy)ga bag‘ishlangan. Lekin bu ochiq-oydin oshkor qilinmagan. Bunda adabiyotning adabiyotligi, shoiraning badiiy farosati namoyon bo’lgan. Ya’ni she’r an’anaviy, ya’ni oshiqning yor sog‘inchi ifodalangan ishqiy g‘azal tarzida qabul qilinaveradi. G’azalda tazod san’atining go‘zal namunalari ham uchraydi. Matla’dagi «shah» bilan «benavo» (muhtoj, bechora), 3-baytdagi «sarvi noz» bilan «хат» (egilgan), 4-baytdagi «vayron» (buzilgan) bilan «obod», 5-baytdagi «oshno» (tanish) bilan «begona», 5- va 6-baytlarda kelgan «necha kunlar» bilan «bir soat» o’rtasida yuzaga kelgan ajib bir qarama-qarshilik fikrni kuchaytirishga, oshiq holatini yanada aniqroq tasvirlashga xizmat qilgan. G’azaldagi baytlar ma’no-mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ey podshohlarpodshohi, arz qilib, (oldingga) keldim, arzimni eshit,
Sen shahsan-u, men bechoraman, mehr ко‘rsatib, faryodimni eshit
(matla’).
Ohimning cho‘zilgan shu‘lasi hustling devonxonasi(mirzoxonasi)da (bir) munosib misra (bo‘ldi),
ey sandek tik qomatli (yorim), eshit (2-bayt).
Mag‘rur tik qomatli sandek yorim,
sendan uzoqda xurmo daraxtidek tik ohim xam bo‘ldi,
Qomating hajrida shamshod shoxidek shoxim sindi, eshit (3-bayt).
Sabrimni har qancha ta’mirlamayi,
Ko‘z yoshlarim selidan (bu) obodim vayron bo‘laverdi, eshit (4-bayt).
(Ishqing bilan) barcha yor-u oshnodan begona aylading,
Necha kunlar bo’Idi, hech meni yodga olmaysan, eshit (5-bayt).
Kelki, bir soat seni ко‘rmoq uchun mushtoqman,
Seni ко‘rmayotganimdan telba bo‘ldim, ey parizodim, eshit (6-bayt)
Nodira sharqdan esadigan yoqimli shamoldan sanga yuborish uchun
Bu g‘azalni yozdi, ta’bi xursand bo‘lmaganim, eshit {maqta’).
G‘azal ma’no-mazmuni bilan tanishib, uning yana bir xususiyatini sezish mumkin. Unda shoira yorining tik qomatini yoki, aksincha, ishqiy iztiroblari oqibatida o‘zining tik qomati bukilgani holatlarini tasvirlash maqsadida mumtoz she’riyatimizda an’anaviy bo’lgan daraxtlar («sarvi ozod», «sarvi noz», «naxli oh», «shoxi shamshod») timsollaridan mahorat bilan foydalanadi.
Xulosa qilib aytganda, Nodira asarlaridagi tarixiy shaxslarning ijodkor va shaxs sifatidagi qarashlari, o‘sha tarixiy shaxslarning badiiy portreti, Islom dini peshvolari, xusasan Muhammad payg’ambar va xulafoi roshidin obrazlarini tasvirlashda o‘zigacha bo‘lgan davrni ijodkorlari yo‘lidan boradi . Shu bilan birga o‘zi mansub bo‘lgan mazhab aqidalari, qarashlariga tayanadi. Ulardan chetga chiqmaslikka harakat qiladi.O‘z davri tarixiy shaxslari obrazi deganda biz Umarxon obrazi shoira asarlarida yatakchi o‘rnida turishini ko‘rib o‘tdik. Birinchidan u o‘z asarlarida turmush o‘rtog‘ini sevuvchi sadoqatli yor va g‘alabalaridan faxrlanuvchi, vafotidan qayg‘uga botuvchi chekuvchi tom ma’nodagi ayol. Manfaatlarini bir shaxs xohish istaklaridan ustun qo‘ya oladigan dono siyosatchi sifatida namoyon bo’ladi.

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling