Turkiy tillar fakulteti o’zbek adabiyoti kafedrasi
Download 147 Kb.
|
Bekchanova Umida 3-A. Kurs ishi
FIROQNOMA
Ohkim behad menga javr-u jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak, Yordin menga ko‘p mojaro aylar falak, Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak, Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak, Yorni, albatta, yoridin judo ayalr falak, Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak, Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun. Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni, Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni, Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni, Hajr dog‘i dardmand-u dilfig‘or aylar meni, O‘ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni, Yorsiz hijron balosig‘a duchor aylar meni, Charxi dun tokay firoq iligida zor aylar meni, Oqibat bu dar-u g‘am Majnunshior aylar meni, Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortiq, mehribon dildoridin ayrilmasun. Amalda o‘n misrali band besh baytli bir kichik g‘azal hajmini tashkil etadi. Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko’rsatib, uning har bir bandi badiiy qurilmasini mukammallashtirish, ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan. Birinch bandda “aylar falak”, ikkinchi bandda “aylar meni”, beshinchi bandda “qilmadi” yettinchi bandda “bo‘lmadi”, sakkizinchi bandda “ayladi” so‘zlari radifga olingan. Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi. Birinchi bandda lirik qahramon aybni falakka qo‘yadi. Sakkiz misraning ham “aylar falak” radifi bilan tugashi ham shundan. Ayriliqda qismatini dar-u balo aylashi, boshiga ko’p mojaro solishidan, bu kulfat uning yuzini qahraboga aylantirgani, ya’ni sarg‘aytirgani, shu tariqa g‘am-hasratga mubtalo etganidan noliydi, bu ayriliq bulbulni “bebarg-u navo” qilganini aytib, fig‘on chekadi.Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor.Aqlimni yig‘ib olay (“kasbi xush etsam”) desa, junun (so‘zma-so‘z- jinnilik, aqlni yo‘qotib qo‘yish) uni beixtiyor qiladi. Nodira lirikasida uning umr yo‘ldoshi Umarxon – shoir Amiriydan bevaqt judo bo‘lganida yozilgan marsiya-firoqnoma borki, uni o‘qigan tinglagan inson larzaga tushadi. Bu firoqnoma muashsharda birinchi o‘nlik band misralarning sakkiztasi o‘zaro qofiyalanib keladi(aaaaaaaa), qolgan ikki misrada boshqacha qofiyalar keladi(bb). Umumiy qofiya tartibi:aaaaaaaabb, aa aaaaaabb… Hamma o‘nlik bandlarning avvalgi sakkiz misrasi mustaqil qofiyalanib, har band oxirida birinchi band so’nggida kelgan bayt o‘zgarishsiz aynan takrorlana boradi. She’r tarkibidagi barcha poetik komponentlar qatorida undagi qofiyalar, radiflar Nodira qismatiga tushgan ayriliq dardlarni ifodalashga xizmat etadi. Shoira har qaysi o‘nlik bandlarda musibat kechinmalarini ifodalovchi sakkiztadan qofiyadosh so‘zlarni topib ishlatadi. Bu o‘rinda Nodiraning qofiya tirgaklari radif kabilarni ishlatishga ham o‘zgacha mas’uliyat bilan qaraganligini takidlash lozim. Raviylar qofiyaning kompozitsion markazini tashkil etadi. U qofiyaning asosidir.Aruzda yozilgan she’rlarda ko‘proq harakatsiz undoshlar, ba’zi hollar-da esa, cho‘ziq unlilar(o, u, o‘,) raviy bo’lib keladi. Raviy, asosan, bir tovushning qofiyadosh so‘zlarda aynan takroridan, ba’zan eshitilishi, almashinishidan(t-d, g‘-q, q-k…kabilar) paydo bo’ladi. Firoqnomada Nodira o’z hijron azobini go‘zal va juda ta’sirli tarzda ifodalab bergan.She’rda Banddan bandga o‘tilgani sayin oshiqaning ma’shuq sog‘inchida chekayotgan dard-alamlari izhori kuchayib boraveradi. Eng muhimi, asarda hasbi hol xususiyati bo‘rtib turibdi. Ya’ni satrlar mag‘zida aynan Nodiraning o‘zini, uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob- iztiroblarini his qilamiz. Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat, vafo g‘oyasini kuchli targ‘ib qilishidan kelib chiqadi. Bu asar bilan Abdulla Oripovning “Ayol” she’ri o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham sezasiz. Ikalla asarda ham sharq ayollariga xos umr yo‘ldoshiga sadoqat ruhi ustun. Shuningdek, Nodiraning «VASL UYIN OBOD QILDIM...» gʻazalida ham hijron motivini koʻrishimiz mumkin. Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling