Turkiy tillarda o‘zlashma qatlam
Grek tilidan o‘zlashgan so‘zlar
Download 17.69 Kb.
|
turkiy tillarda o\'zlashma qatlam
Grek tilidan o‘zlashgan so‘zlar. VI-XI qadimgi turkiy tilda juda oz, jumladan, kәpur (kamfora) (Qb), nam (Oyo) (sehrli kitob) kabi so‘zlar uchraydi, xolos.
Chap tomondagi qadimgi turkiylarning kumushdan ishlangan kosachasi (chashkasi)ga tushirilgan yozuv namunasidir. U Ili daryosi bo‘yidan topilgan. Unda turklarning o‘lganlarni xotirlash marsimlarini aks ettiruvchi «aya saңa ochïq» deb yozilgan. Ma’nosi: «Aka senga ushbu o‘choq» demakdir. O‘ng tomonda qadimgi turklarning tasmalari uchini biriktirib turuvchi to‘g‘nog‘ichi (blyaxa) ga tushirilgan runik yoki shunga o‘xshash yozuv namunasi. U Rossiyaning Irtish daryosi bo‘yidan topilgan. Unda qadimgi turklarning diniy tushunchalari bilan bog‘liq kiyik-quyosh ramzi ramzi aks ettirilgan bo‘lib, «aq sïqïn» deb yozilgan. Ma’nosi: «oq kiyik demakdir» Hozirgi turkiy tillarda omonimlar ot, sifat, fe’l va ravish so‘z turkumlarida uchragani kabi qadimgi yozma obidalarda ham anna shu so‘z turkumlari doirasida yuz beradi. Omonimlarning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, hozirgi turkiy tillarda ham, qadimgi turkiy tilda ham, ular, asosan, bir yoki ikki bo‘g‘inli so‘zlarda uchraydi. Omonimlar har xil stilistik maqsadlarda hozirgi turkiy tillarda qanday ishlatilgan bo‘lsa, yozma obidalarda ham xuddi maqsadda iщlatilgan. Ammo omonimlarning yozma obidalar tilida ishlatilishi hozirgiga nisbatan ancha chegaralangan. Ammo bunday omonimlar keyingi davr til hodisasi ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Hozirgi turkiy tillar lug‘at sostavida bo‘lgan omonimlar qadimda ham bo‘lgan, ammo yozma obidalar tilida chegaralangan holda ishlatilgan. VI-XI asrlarda yaratilgan yozma obidalar tilida ishlatilgan omonim so‘zlarni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirish mumkin. Ikki xil ma’noli omonim so‘zlar. Bunday omonim so‘zlar juda keng qo‘llanilgan. Masalan: әr (erkak), Әr (geografik nom). Uch xil ma’noli omonim so‘zlar. әl (xalq, aholi), әl (davlat), әl (qabilalar ittifoqi); baz (qabila nomi), baz (el, do‘st), baz (tobe). To‘rt xil ma’noli omonim so‘zlar: bar (bor, mavjud,), bar (o‘lmoq), (En), bar (qo‘ldan ketmoq), bar (bermoq, sovg‘a qilmoq). ar (bo‘lmoq), ar (charchamoq, horimoq), ar (aldamoq), ar (begonalashib ketmoq), ar (emirlamoq). Demak, qadimgi turkiy tilda omonimlarning ishlatilishi o‘sha davr tilining leksik qatlami rang-barangligidan dalolat beradi. Download 17.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling