Turkiy tillarda o‘zlashma qatlam


Download 17.69 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi17.69 Kb.
#1410254
1   2   3
Bog'liq
turkiy tillarda o\'zlashma qatlam

Antonimlar. Qadimgi turkiy tilda sinonimlar, omonim so‘zlar bilan bir qatorda antonim so‘zlar ham keng qo‘llangan. Tilning lug‘at sostavidagi ayrim so‘zlarning sinonim bo‘lgani kabi ayrim so‘zlarning antonimi ham bor. Masalan, yaxshi so‘zning antonimi yomon bo‘lsa, katta so‘zining antonimi esa kichikdir. Qorong‘i so‘zining antonimi yorug‘dir va boshqalar.
Ana shu nuqtai nazardan lingvistik adabiyotlarda o‘zaro zid, qarama-qarshi ma’noli til birliklari antonim deb qaraladi. Ammo qo‘llanma va lug‘atlarda antonimlarni antonimik uyadan tarkib topgan juft suzlar bilan aralashtirib yuborish holatlari ko‘rinadi. Masalan: kun-tun, katta-kichik, baland-past, yaxshi-yomon kabi so‘zlarni antonimlar deyish haqiqatga to‘g‘ri kelmasa kerak. Chunki bu kabi so‘zlarning komponentlaridagi so‘zlar shu o‘rinda o‘z mustaqil ma’nolarini yo‘qotib, ikkalasi birlikda butunlay yangi ma’no ifodalashga siljib qolgandir. Ammo antonim so‘zlar kontekstda o‘z mustaqil ma’nosini saqlagan bo‘lishi shart.
Hozirgi turkiy tillarda antonim so‘zlar sifat, fe’l va ravish kabi so‘zlarda uchragani kabi, qadimgi turkiy tilda ham ana shu so‘z turkumlarida mavjuddir.
Obidalar tilida ishlatilgan antonimlarni leksik-semantik tomondan quyidagicha gruppalashtirish mumkin:
- hajm ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: yuyqa va yinchә, az, ekush. Masalan: Yuyqa әrkilig, … yinchkә әrkilig (yupqa yo‘g‘on, inichka yo‘g‘on) (To‘n.).
- payt va vaqt ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: kүn, tүn, әrtә, kәch. Kun yәmә, tүn yәmә yәlү bardïmïz (Kt).
- masofa ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: ïraq, yag‘uq. Ïraq әrsәr, yablaq ag‘ï bәrүr, yag‘uq, әrsәr, әdgү ag‘ub әrүr (Kt).
- xususiyat va ta’m ma’nosini bildiradigan antonim so‘zlar: chïg‘aniy (kambag‘al), bay; korkli, yabïz va boshqalar: Chïg‘aniy bodunïg‘ bay qïltïm (Kt).
- harakat va masofa ma’nolarini bildiradigan antonim so‘zlar: uze (yuqori), asra (past); bardï, keldi va boshqalar. Uze kok teңri asra yag‘ïz yer (yuqorida ko‘k osmon, pastda qo‘ng‘ir er) (Kt) va boshqalar.
Biz yuqorida qadimgi obidalardagi ayrim leksemalarning leksik-semantik xususiyatlari to‘g‘risida qisqacha fikr yuritdik. Yuqoridagilar bilan bir qatorda qadimgi turkiy til lug‘at sostavida turkiy bo‘lmagan tillardan o‘zlashgan leksemalar ham o‘z ifodasini topgan.
Download 17.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling