Turkiy tillarda ravish so’z turkumi 406-guruh talabasi Bakirov Qudratillo
Download 454.32 Kb.
|
QTG-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ravishning ma’no turlari
Turkiy tillarda ravish so’z turkumi406-guruh talabasi Bakirov QudratilloRavishlarning morfologik xususiyatlariRavish harakatning. belgining belgisini bildirib keladigan mustaqil so 'z turkumidir. Ravishlar, odatda, fe’lga yoki predikativlik vazifasida kelgan sifat va ravishlarga bog'lanib keladi. F e’lga bog‘langanda fe’ldan anglashilgan harakatning qay tarzda bajarilish jarayoni,bajarilish payti, o ‘mi, sababi, maqsadini, sifat yoki ravishlarga bog‘langanda esa ulardagi belgining darajasini k o ‘rsatadi. Ravish maxsus so'z o ‘zgartiruvchi shakllariga ega bo'lmagan so ‘z turkumidir. Ravish morfologik xususiyatlariga ko‘ra maxsus so 'z yasovchi affikslar va daraja ko'rsatkichlariga ega. Ravishlar tarkibidagi sintaktik shakl yasovchilar yaxlitlanib qolgan. Ravishning ma’no turlari.Holat ravishi: ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildiradi; qanday? qay holda?, qay tarzda? so‘roqlariga javob b o ‘ladi. Holat (tarz) ravishlari: ozarb., tat, qum. tez, tat. bik, boshq. yayav, no‘g ‘. butunlay, turk. etraflifa, qoz, no‘g ‘. salqamnan, salqannan , salqasinnan“to'satdan. daf'atan ”, kozimse, kozinse, kozinizse. O’zbek. Jim, yayov Miqdor-daraja ravishi: harakat-holatning miqdoriy belgisini yoki belgining ortiqligini bildiradi; qancha? qay darajada? so‘roqlariga javob bo‘ladi: qum., no‘g ‘. munja, uyg‘. ance, no'g ‘, yalgiz-yalgizdan, turk. yan-yanja, turkm. az-azdan, o'zb. oz-ozdan, uyg‘. az-azdin, qoz. birbirden, top-tobimen, o ‘zb. ко ‘p, mol, ancha, kam………. O‘rin ravishi: harakat va holatning bajarilish o'rnini, harakat yo'nalgan tomonni bildiradi; qayerga? qayerdan? qayerda? so'roqlariga javob bo'ladi: qirg‘. uzaqqa, shor. minda, chuv., qoz., no‘g . onda, ondamunda, xak. cogartin, ozarb. yakmdan, no‘g ‘. tisqa, solga, tat. artqa, q.-balq. artxa, o'zb. unda-bunda, uzoqda, pastda……. Payt ravishi harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi; qachon? qanchadan beri? so'roqlariga javob bo'ladi: turkm., chuv., ir, gag. saba, ozarb. duni, uyg'. burun, xak. purun, turkm. ileri, qirg'. ilgeri. olt., kar.. xak., shor. tanda, turk. zamamnda, q.-balq. Ertenlikde………. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi. Bu ravish o'zbek tilidan boshqa hozirgi turkiy tillarda deyarli uchramaydi: atayin, qasddan, jo ‘rttaga, ataylab, azza-bazza. sabab ravishiham mavjud: noiloj, noilojlikdan, chor-nochor, ilojsizlikdan, ………likdan. Maqsad va sabab ravishlari boshqa turkiy tillarda deyarli uchramaydi. Download 454.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling