3. Kasbiy ta’lim dasturining tuzilishi va mazmuni
3.1. 5220100 - Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash ta’lim dasturi kunduzgi bo‘limida to‘rt yilga mo‘ljallagan bo‘lib, vaqt taqsimoti quyidagichadir:
Nazariy ta’lim 136 hafta
Amaliyot 16 hafta
Bitiruv malakaviy ishi 4 hafta
Joriy va yakuniy davlat attestatsiyasi 18 hafta
Ta’til 30 hafta
______________
JAMI: 204 hafta
3.2. Haftalik o‘quv yuklamasining maksimal hajmi 54 soat. SHundan auditoriyadagi o‘quv soatlari - 36 soat, mustaqil ish - 18 soat.
3.3. To‘rt yillik ta’lim uchun ta’lim dasturining to‘la yuklamasi 7344 soatni tashkil qiladi.
3.4. Ta’lim dasturini egallash jarayonida talabaning mustaqil ta’limi1 qator savollar yoki muammolarning echimi ko‘rinishidek o‘quv fanlari qatorida e’tiborga olinishi kerak.
3.5.Ta’lim dasturining fan bloklari bo‘yicha tarkibi.
|
|
Soatlar
|
№
|
Fan blokining nomi
|
Umumiy yuklama
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
|
1836
|
1224
|
612
|
2
|
Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar
|
741
|
494
|
247
|
3
|
Umumkasbiy fanlar
|
3657
|
2438
|
1219
|
4
|
Ixtisoslik fanlari
|
660
|
440
|
220
|
5
|
Ta’limning qo‘shimcha turlari
|
450
|
300
|
150
|
JAMI:
|
7344
|
4896
|
2448
|
3.6. 5220100 - Filologiya (o‘zbek filologiyasi) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturi asosida o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlar mazmuni
3.6.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Mazkur fanlarning zaruriy mazmuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2 fevral 2002 yil 54-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. «Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va o‘zlashtiradigan bilimlari mazmuniga zaruriy talablar»dagi «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki hujjatiga asosan aniqlanadi.
Matematika va tabiiy - ilmiy fanlar
Informatika, informatsion texnologiya
Informatsiya, informatsion texnologiya tushunchasi: axborotni to‘plash, uzatish, ishlash va saqlash jarayonlarining umumiy tavsifi; axborot almashinish jarayonlarining umumiy tavsifi; axborot almashinish jarayonlarining amalga oshirishning texnik va dasturiy vositalari; funksional va va hisoblanadigan masalalarni echish modellari; algoritmlash va dasturlash; yuqori darajadagi dasturlash tillari; ma’lumotlar bazasi; dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasi; kompyuter grafikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |