Grammatika — so‘z shakllari, so‘z birikmalari va gap haqidagi bo‘Um (grammatika — morfologiya va sintaksis bosqichlaridan iborat).
Morfologiya — grammatikaning so‘z tarkibi va so‘z o‘zgartirish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Sintaksis — grammatikaning so‘z birikmalari va gap tuzilishini o‘rganuvchi bo‘limi.
Onomastika (onomatologiya) — shaxsiy nomlarni o‘rganuvchi bo‘lim.
Antroponimika — odam nomlarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Etimologiya — so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi bo‘lim.
Frazeologiya — tildagi turg‘un so‘z birikmalarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Semasiologiya (semantika) — tildagi birliklarning ma’nolarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Stilistika — tilshunoslikning tildagi funksional uslublar va tildagi birliklarning ekspressiv his-hayajon uyg‘otish bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganuvchi bo‘limi. Ba’zan uni adabiyoshunoslik stilistikasi (adabiy uslublarni tekshirganda) va lingvostilistika — lingvistik stilistika (tilshunoslik bilan bog‘liq bo‘lganda) deb ikkiga ajratadilar.
Artikulyasiya — nutq a’zolarining tovush talaffuzidagi xizmati.
Rekursiya (talaffuzning oxiri) — nutq a’zolarining talaffuzdan keyingi bevosita holatga qaytishi.
Ochiq unli — og‘izning katta ochilishi va tilning ancha pastga tushishi natijasida hosil bo‘luvchi unli. Masalan: a, o.
Yopiq unli — og‘izning kichik ochilishi va tilning ancha yuqoriga ko‘tarilishi natijasida hosil bo‘luvchi unli tovush. Masalan: i, u.
Kombinator o‘zgarishlar — akkomodatsiya, assimilatsiya, dissi-milatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya hodisalarining majmui.
Pozitsion o‘zgarishlar — reduksiya, proteza hodisalari pozision o‘zgarishga kiradi.
Reduksiya — urg‘usiz bo‘g‘inlarning kuchsizlashuvi va talaffuzi-ning o‘zgarishi.
Miqdor reduksiyasi — urg‘usiz bo‘g‘inlarda unlilar cho‘ziqligining o‘zgarishi.
Sifat reduksiyasi — urg‘usiz bo‘g‘inlarda unlilar sifatining o‘zgarishi.
Akkomadatsiya — yondosh tovushlar artikulatsiyasining mos-lashuvi. U uch turli bo‘ladi: progressiv — oldingi tovush artikulatsiyasining keyingi tovush talafftiziga moslashuvi; regressiv — keyingi tovush artikulatsiyasining oldingi tovush artikulatsiyasiga moslashuvi. O‘zaro har ikki tovush artikulatsiyalarining moslashuvi. Masalan: traktor so‘zida t va r undoshlari o‘zaro moslashib, t ta’sirida rjarang-sizroq, r ta’sirida t biroz shovqinliroq (sonorlik) belgilariga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |