«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 1.21 Mb.
bet105/109
Sana12.09.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1676246
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Assimilatsiya — tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida ulardan binning artikulatsion-akustik xususiyatlari o‘zgarishi.
Progressiv assimilatsiya — oldingi tovush talaffuzining keyingi tovush talaffuziga ta’siri.
Regressiv assimilatsiya — keyingi tovush talaffuzining oldingi tovush talaffuziga ta’siri.
To‘liq assimilatsiya — tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida ulardan birining artikulatsion-akustik xususiyatlari o‘zgarishi.
To‘liq boimagan assimilatsiya — tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida ulardan ba’zi belgilarning o‘zgarishi.
Kontakt assimilatsiya — yondosh tovushlarning o‘zaro ta’siri.
Distant assimilatsiya — so‘z yoki so‘z birikmasi tarkibida bir-biridan uzoqroq joylashgan tovushlarning o‘zaro ta’siri.
Dissimilatsiya — bir tipdagi tovushlarning o‘zgarishi.
Gaplologiya — bir yoki ikki bir xil bo‘g‘inlarning tushirib qoldiri-lishi. Masalan: morfofonologiya — morfonologiya.
Epenteza — zarur bo‘lmagan tovushni qo‘shib aytish: turanboy — tramvay.
Proteza — so‘zning boshida tovushni qo‘shib aytmoq. Masalan: stakan — istakon.
Metateza — tovushlar va bo‘g‘inlarning o‘rin almashinuvi. Masalan: talerka — tarelka, turpoq — tuproq.
Prokliza — urg‘usiz so‘zni urg‘uli so‘zdan keyin qo‘shib aytish.
Enkliza — urg‘usiz so‘zni urg‘uli so‘zdan keyin qo‘shib aytish.
Bo‘g‘in — bir yoki bir necha tovushlarning birikuvidan hosil bo‘lgan nutq bo‘lagi.
Bo‘g‘in chizig‘i — bo‘g‘inlarni ikkiga bo‘lish chegarasi.
Segment — talaffuzdagi nutq bo‘lagi. Katta nutq bo‘lagi — fraza makrosegment, kichik nutq bo‘lagi — takt, bo‘g‘in, tovush mikroseg-ment deyiladi.
Ochiq bo‘g‘in — unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in.
YOpiq bo‘g‘in — undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘in.
YArim ochiq bo‘g‘in — sonor tovush bilan tugagan bo‘g‘in.
Bo‘g‘in tovush — bo‘g‘in hosil qiluvchi tovush, ya’ni katta kuch bilan talaffuz etiluvchi va bo‘g‘in cho‘qqisini hosil qiluvchi tovush. Odatda, unli va sonor tovushlar bo‘g‘in tovushlari hisoblanadi.
Fonema fonologik birlik; so‘zlar va morfemalarni tashkil etuv­chi va o‘zaro farqlashga xizmat qiluvchi mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan eng kichik til birligi. Masalan: kon — non, bir — kir kabi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling