«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua


Download 1.21 Mb.
bet15/109
Sana12.09.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1676246
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Hozirgi o‘zbek adabiy tili
Adabiy til tushunchasi. O‘zbek adabiy tilining shakllanish manbalari va qonuniyatlari. O‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari. O‘zbek grafikasi taraqqiyoti. Imlo masalalari o‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari. O‘zbek adabiy tilining orfoepik tizimi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili sathlari. Ular orasidagi munosabat (tuzilish harakterga ega ekanligi). Fonetika - o‘zbek adabiy tilining tovushlari tizimini o‘rganuvchi sath sifatida. Fonologiya- nutq tovushlarini o‘rganuvchi sath; Morfemika- tilning morfem strukturasi haqidagi ta’limot. Morfemalar tasnifi va xususiyatlari. So‘z yasalish tizimi. O‘zbek tili so‘z yasalish tizimi bo‘yicha qarashlar. Morfologiya-so‘z shakllari haqida ta’limot. So‘zlarni turkumlarga ajratish asoslari. So‘z turkumlariga xos grammatik kategoriyalar. Grammatik shakl va grammatik ma’no tushunchalari.O‘zbek tilining sintaksis tizimi. So‘z birikmasi va u haqdagi qarashlar. So‘z, gap, so‘z birikmasi munosabatlari. Sodda gap sintaksisi. Qo‘shma gap sintaksisi. Sintaksisda paradigmatika va sintagmatika. SHakl va mazmun munosabati. Sintaksisga formal-funksional va mazmuniy yondoshuv.
Semasiologiya. Leksikologiya. So‘z ma’nolarining taraqqiyoti. Lug‘aviy birliklarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra guruhlanishi: omonimlar, sinonimlar, antonimlar. Atamalar tizimining shakllanishi, lug‘atchilik taraqqiyoti.
O‘zbek adabiy tilining me’yoriy shakllanishi. Adabiy til me’yori tushunchasi.
O‘zbek tili tarixi
Turk-runik yodgorliklari til. Qadimgi turk runik yozuvi. Bu yozuvning sharqiy Evropadagi runik yozuvlardan farqi va o‘xshash tomonlari. Qadimgi turk-runik yozuvining so‘g‘d yozuvi bilan aloqasi. Turk-runik yozuvining deshifrovkasi va paleografikasi. Qadimgi turk tili fonetikasi, grammatikasi va leksikasi.
Qoraxoniylar davri yozma yodgorliklar tili. Mahmud Koshg‘ariy va Zamaxshariyning ilmiy merosi. CHig‘atoy tili. Temuriylar davri adabiy yodgorliklari tili. Navoiyning turkiy til taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. Navoiyning tilshunoslik merosi. Bobur asarlarining til xususiyatlari. XVII-XIX asrlar yozma yodgorliklari tili. XX asr boshlaridagi o‘zbek yozma matnlarining til xususiyatlari.
O‘zbek dialektologiyasi

O‘zbek dialektologiyasi predmeti. O‘zbek dialektologiyasi tarixi. O‘zbek shevalarini o‘rganish metodlari. Transkripsiya. O‘zbek shevalarining tasniflari. Qarluq lahjasi. Qipchoq lahjasi. O‘g‘uz lahjasi. O‘zbek dialektal zonalari va azonal hududlar. SHeva va adabiy til munosabati. SHeva va adabiy til ontologiyalari orasidagi farq. SHevaning adabiy tilga asos bo‘la olmasligi. Tayanch sheva birliklari haqidagi ta’limot. O‘zbek shevalari fonetikasi, grammatikasi va leksikasi. Dialektologik lug‘atlar. O‘zbek shevalari atlasi.

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling