«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua
Download 1.21 Mb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fonetik tadqiqotning asosiy maqsadi
Fonetika
Fonetikaning tekshirish ob’ekti nutqiy tovish hisoblanadi. Tovushlar yig‘indisi va bu nutqiy tovushlarga xos bo‘lgan ton, urg‘u, pouza kabi rigmin xususiyatlarni tadqiq qilish, o‘rganish to‘g‘ri hulosalar chiqarishga olib keladi. Tovushlar nutqiy faoliyatda doimiy me’yyor hisoblanmaydi. Ayrimo‘rinlarda ozmi-ko‘pmi boshqa hodisalarning o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkun. Nutq tovushlarining o‘zgarishi ritmik hususiyatlarga bog‘liq holda amalga oshadi. Masalan, ikkilamagan jarangsiz undosh tovushlar unli tovushlar o‘rtasida kelsa, ancha kuchsizlanadi. Urg‘u tushgan unli tovushlar miqdor jihatidan aniq va ravshan bo‘lsa, urg‘usiz bo‘g‘inlarda unli tovush qisman yoki to‘liq reduksiyaga uchraydi. Tovushlar urg‘uli va urg‘usizbo‘lgan paytda ham fizik tabiatiga ega bo‘ldi. Nutqiy tovushlarning fizik tomoni esa, asosiy lingvistik tadqiqot manbai bo‘la olmaydi. Ayni paytda tilshunos uchun tovushlarning bajaradigan nutqiy faoliyati, vazifasi, ajratish qudrati, komplekslar ma’nosini aniqlash va chegaralashdan iborat. Tovushlarning ikki tamoni, urg‘uli va urg‘usiz holatlari., vazifasi, fonetik tadqiqotning boshqa-boshqa ikki sog‘asini aniqlab berishga xizmat qiladi. Xususan, bu sohalardangina va fonologiyasini tashkil qiladi. Tilshunoslikda fonetik tadqiqot yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. CHunki bu fonologiyaning maqsadi va vazifalariga to‘liq bo‘ysungan bo‘ladi. Fonologik tadiqiqotning asosiy vazifasi-vazifa bajaruvchi birlikni, ya’ni fonemani tadqiq qilishdan iboratdir. Fonetik tadqiqotning asosiy maqsadi: 1. Ma’lum bir tilning ma’lum davrdagi fonologik tizimini tasvirlab berish, yoki bir qancha qardosh bo‘lgan tillarning bir necha davr fonologik tizimini tasvirlash orqali bobo til deologik tizimini tiklash; 2. Bobo til fonologik birliklarini isbotlovchi tovushlarning taraqqiyotini kuzatish va aniqlash («Tarixiy fonetika»); 3. Fonologik tizimlarning o‘zgarishini o‘rganish va tahlil qilish (diaxron fonologiya)dan iboratdir; 4. Tadqiqotning uslubiy asoslari qiyosiy, areal va tipologik tekshirish tashkil qiladi. Predmetlar, hodisa yoki harakat bildiruvchi tovushlar yig‘indisi shu hodisalarning mohiyatini anglatmaydi. Masalan, totar tilidagi tash o‘zining ovozidan toshning xususiyatini, boshqa predmetlardan farq qilishni bildirish uchun xizmat qilmaydi. SHuning uchun ham dunyo tillarida toshningnomi turlicha aytiladi. Qiyoslang: rus: kamen, tot. Tash, mug‘. qüri, toj. sang va h. Xuddi shuning uchun ham bir tilning o‘zidagi o‘xshash yoki qisman to‘g‘ri keladigan tovushlar yig‘indisi ko‘pincha boshqa narsa, hodisa va harakat nomlarini bildirishi mumkin. Masalan: tor.tash (kamen), tǐsh (zub), tishǐk (etverstie), tïsh (naruspato). So‘zning fonetik qiyofasi ayrim hollardagina so‘z ma’nosini ifodalash mumkin. Masalan, o‘zbek tilidagi to‘kmәk so‘zi toki to‘qimoq to‘qillatmoq fe’lidan yasalgan. Xuddi shu holatdagi taqlidiy so‘zlardan yasalgan so‘zlar hozirgi zamon tillarida juda kamchilikni tashkil qiladi. Umumiy manba yoki bobo til tushunchalari o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Buni hisobga olmaslik tadqiqot natijalarini chippaka chiqarish aniq. Ayni paytda esa ma’lum bir so‘zning o‘z so‘zi yoki qabul qilingan ekanligini to‘g‘ri hal qilish imkoniyatini yaratadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling