«Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi» fanidan o’quv-uslubiy majmua
-Mavzu TURKIY TILLAR VA ULARNING TASNIFI
Download 1.21 Mb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
3-Mavzu TURKIY TILLAR VA ULARNING TASNIFI
"Turk" atamasining kelib chiqishi va ma’nosi xususida A.Remyuza, I.Bichurina, N.A.Aristova, AVamberi, YU.Nemet, A.N.Bernshtam, A.N.Kononov, N.A.Baskakov kabi olimlarning fikrlari mavjud. YOzma manbalarda turk etnonimi eramizning VI asrlaridan boshlab tilga olinadi.Vilgelm Tomson va V.V.Bartoldlar bu so‘z ayrim urug‘ yo qabilaning nomi bo‘lmagan, balki qabilalar uyushmasini ifodalagan va keyinchalik xalq nomi — etnonimga aylanganligini yozishgan. U "uyushgan, birlashgan, kuchli, qudratli" ma’nosini bildiriti ta’kidlanadi. Eramizning IV—V asrlarida Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo hududida turkiy qabilalarning kuchayishi, SHarqiy va G‘arbiy turk imperiyalarining yurishlari, X asrda qoraxoniylar va g‘aznaviylar davlatlarining mustaxkamlanishi, so‘ng saljuqiylar hukmronligi davrida Kichik Osiyo va Kavkazortida turkiy qabilalarning o‘rtoqlashuvini ta’minladi, O‘rta Osiyoda turkiylashuv ayniqsa VIII — XIII asrlarda ancha kuchaydi. Uzoq SHarqdan SHarqiy Ovrupa hududlariga qadar tarqalgan turkiy tilli xalqlar soni hozirda 250 millionga yaqindir. Turkiy tillar mo‘g‘ul va tungus — manchjur tillari birgalikda katta til guruxiga, ya’ni oltoy tillari oilasiga kiradi. O‘rxun, qadimgi uyg‘ur, bulg‘or, xazar, qipchoq (polovets) tillari o‘lik turkiy til sanaladi. SHved olimi P. fon Stralenberg Sibir o‘lkasidagi xalqlarni tatarlar deb nomlab , 1730 - yilda yozgan kitobida Ural - Oltoy tillarini quyidagi olti guruhga ajratadi: 1.Fin - uyg‘urlar: bolgarlar, finlar, vogullar, geremislar, permiyaaklar, votyaaklar, astyaklar. 2.Turk - tatarlar : tatarlar, yoqutlar, chuvashlar. Z.Samoyidlar. 4.Mo‘g‘ullar va manjurlar: qalmiqlar, manjurlar, tangutlar. 5.Tunguzlar : tunguzlar, arinlar, koryaklar, kurillar. 6. Qora dengiz bilan Xazar (Kaspiy) dengizi orasida erlashgan xalklar. YUz yillardan keyin finlandiyalik M.A.Kastren kilgan tasnifda (1.Fin- ugor, 2.Samoyid, 3. Turk- tatar, 4. Mo‘g‘ul, 5. Tunguzcha va uning shevalari) garchi turkiy tillarning Ural -Oltoy tillari bilan qarindoshligi masalasiga to‘xtalmagan bo‘lsa ham, V. SHotta birinchi marta bu masalaga oydinlik kiritdi.Uning tasnifida Oltoy tillari uch guruh ( turkcha, mo‘g‘ulcha va manjur - tunguz tillari)ga ajratilib, chuvash tilining turkiy til ekanligini birinchi bo‘lib ta’kidlanadi. Hozirgi turkiy tillarni esa hududiy tarqalishiga ko‘ra bir necha guruxlarga bo‘lish mumkin: 1.Sibirdagi turkiy tillarga yoqut, karagas (tofa), karamzin, tuva, teleut, xakas, shor, oltoy tillari kiradi. Bu hududda o‘tmishda o‘rxun —enasoy yodnomalar yaratilgan va qadimgi uyg‘ur tili keng amal qilgan. 2. O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi turkiy tillarga o‘zbek, qozoq, qirg‘iz,qoraqalpoq,turkman tillari kiradi. turkman tillari kiradi. Bu tillar bugungi kunda mustaqil davlatlarning rasmiy tili va rivojlangan adabiy til xisoblanadi. Qadimgi bu hududda xorazmiy tili, saljuq tili, o‘tiz shevasi, turk tili, eski o‘zbek tili va fors — eroniy tillarda yodnoma va badiiy yuksak asarlar yaratilgan. 3. Kavkazdagi turkiy tillarga ozarbayjon, qumuq, qorachay — malqar, nog‘ay, qrim—tatar tillari kiradi. 4. Volga bo‘yi turkiy tillariga tatar, boshqird, chuvash, gagauz (Ukraina) tillari kiradi. 5. Litva, Ukraina, Qrimda qaraim, bulg‘or, xazar tillarida so‘zlovchi turkiy xalq vakillari yashaydi. 6. Xitoy (Sin —Szyan, Tanasu) da uyg‘ur tili keng tarqalgan. Bu xududda uyg‘ur, sariq uyg‘ur, salar xalqlari yashaydi. 7. Turkiyada turk tili rasmiy davlat tili bo‘lib, bu erda 70 mln.ga yaqin xalq turk tilida so‘zlashadi. Turkiy tilda so‘zlovchi 50 mln.ga yaqin xalq Eron, Afg‘oniston. G‘arbiy Mo‘g‘uliston, SHarqiy Turkiston, YUgoslaviya, Makedoniya, Olmoniya, Bolgariya hududlarida istiqomat qilishadi. Turkiy tillarni genetik jihatdaya, til xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro munosabati masalasi qadimgi davrlardan buyon o‘rganilmoqda. Turkiy tillarni tasniflashni boshlab bergan olim M.Qoshg‘ariydir. Uning tasnifi quyidagi ikki tamoyilga asoslangan: 1. Tylning sofligi tamoyili 2. Fonetik — morfologik tamoyili. Fonetik — morfologik tamoyilga asosan M.Qoshg‘ariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki guruxga ajratgan: SHarqiy turklar (hoqoniy turklari) tili; G‘arbiy turklar tili. Birinchi guruxga Balasag‘un, Qashqar atrofidagi xalqlarning tillari, ya’ni chigil, qorluq, uyg‘ur, tuxsi, yag‘mo kabi elat va qabila tillari kiritiladi. Ikkinchi guruhga esa o‘tuz, arg‘u, qipchoq, tatar, suvor, yamak kabi elat va qabilalarning tillari kiritilgan. M.Qoshg‘ariy qiyoslash, solishtirish asosida sharqiy va g‘arbiy tillarning fonetik va morfologik farqlarini ko‘rsatib bergan. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish XIX asr oxiri va XX asr boshida kuchaydi va maqsadiga ko‘ra bir —biridan ajralib turuvchi ko‘plab tasniflar yaratildi. Turkiy tillarni tasniflashning o‘ziga xos qiyinchiliklari bor. Bulardan biri turkiy tillarining fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqsa, ikkinchi muayyan bir turkiy halqning shakllanishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabilaning bir vaqtning o‘zida bir necha turkiy xalqlarning tarkib topishida qatnashganligiga asoslanadi. Taniqli olimlar V.ABogoroditskiy, V.V.Radlov, F.E.Korsh, A.N.Samoylovich, S.E.Malov, N.A.Baskakov tasniflari nisbatan puxtaligi bilan ajralib turadi. Ushbu olimlar tomonidan amalga oshirilgan tasniflarni asosiy xususiyatiga ko‘ra to‘rtta guruxga bo‘lish mumkin: 1. Fonetik belgilarga asoslangan tasniflash (V.V.Radlov, S.E.Malov, tasniflari). 2. Fonetik — morfologik belgilarga asoslangan tasniflash (F.E.Korsh, A.N.Samoylovich, A.Remyuza tasniflari). 3. Til xususiyatlari va o‘zaro genetik aloqalariga asoslangan tasniflash (O.Byotling, K.Menges, NA.Baskakov tasniflari) 4. Turkiy tillarda gailashuvchi xalqlarning jo‘g‘rofiy yasoylashuviga asoslangan tasniflash (AMyuler, VA Bogoroditskiy tasniflari). Ushbu tasniflar orasida NA.Baskakovning turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham genetik qarindoshligini hisobga olgan holda tuzgan tasnifi hozirgi turkologlar tomonidan e’tirof etilgan. NA.Baskakov turkiy tillarni ikkita katta guruxga (tarmoqqa) ajratadi: Turkiy tillarning g‘arbiy xun tarmog‘i. Turkiy tillarning sharqiy xun tarmog‘i. Olim g‘arbiy xun tarmog‘iga bulg‘or, o‘g‘uz, qipchoq, qarluq tillari guruxlarini kiritadi va bu guruxlarni bir necha kichik guruxlarga ajratib, ularning qadimiy va hozirgi nomlarini sanab o‘tadi. SHarqiy xun tarmog‘iga esa uyg‘ur, qirg‘iz — qipchoq tillari guruxi va ularning kichik guruhchalari, qadimiy va hozirgi tillarni ko‘rsatib o‘tadi. N.A.Baskakov tasnifida har bir guruhga xos tilning xususiyati uch jihatdan: fonetik, leksik va grammatik jihatdan tavsiflangandir. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling