Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet50/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
тур.маъруза

Tayanch so’z va ibpralar: gap, soda gap, ot, ega, kesim, fe’l, predikat, predikativlik, grammatik subyekt, qiyosiy- tarixiy grammatika, ot kesim, fe’l kesim, qadimturkiy til, struktura, gap tiplari.
Turkiy tillarda gap strukturasi. Turkiy tillarda gap bo`laklari mustaqil so`zlar va so`z birikmalari bilan ifodalanadi. Gapni bo`laklarga ajratishda so`zlarning gapdagi funksiyasi, boshqa so`zlar bilan munosabati, grammatik shakli kabi hodisalar hisobga odinadi. Bunda intonatsiyaning ham roli katta. Masalan, Rais korxona tarixidan gapirib ketdi gapida gapirib ketdi, kesim (harakatning kutilmaganda ro`y berganligi); biroq gapirib so`zidan oldin pauza qilinishi uni (ganirib) xol, keyingi so`zni (ketdi) kesim holatga tushiradi. Yoki aytgani-aytgan, degani-degan formasida takrorlar bir butun cho`ziq intonatsiya bilan aytilsa, bitta bo`lak kesim (harakating davomliligini), ajratuvchi pauza bilan sa >ga na kesim munosabatiga o`tadi. Yangi choy damladi gapida ham iki holat bor: I ) mantiqiy urg`u yangi so`ziga tushsa, hol; 2) choy so`ziga tushsa, yangi so`zi aniqlovchi bo`ladi. Bunda yangi va choy so`zlari bir butun intonatsiya bilan aytiladi.
Ikki tarkibli gaplarning asosini ega va kesim o`rtasida tobelanishga asoslangan birikma tashkil qiladi. Predikativ aloqa (ega va kesim aloqasi) bayoniy aloqa bo`lib, inkor va tasdiqni o`z ichiga oladi: bular harakat, holat, belgi kabi tushunchalarni voqelik va zamon bilan bog`laydi, so`zlovchining ana shu voqelikka bo`lgan munosabatini ko`rsatadi. Masalan, Bola - sho`x gapida predmet va belgi tushunchalari qo`shilib sho`xlik belgisining bolada mavjud ekanligi hukm yo`li bilan tasdiqlangan, voqelik hozirgi zamon bilan bog`langan.
Turkiy tillarda ega va kesim moslashuv yo`li bilan aloqaga kirishadi. Kesim egaga mos shakl olib shakllanadi. Bu moslikni kesimdagi shaxs-son affikslari ko`rsatadi: Men o`qiyman. Sen o`qiysan. U o`qiydi. Biz o`qiymiz. Siz o`qiysiz. Ular o`kiydilar.
Ega va kesimdagi bu moslik kesimi ot bilan ifodalangan predikativ birikmalarda ham bo`ladi, bunda kesimlik affiksi olib moslashadi: Men o`quvchiman. Sen o`quvchisan, biz o`quvchimiz.
Demak, ega va kesim shaxs-sonda moslashadi. Ega va kеsimning shaxs-sondagi mosligi turkiy tillarda umumiy qoida hisoblansa-da, shaxsdagi moslik mutlaq, sondagi moslik nisbiy sanaladi: Shoir g`azal o`qidi. Mashinalar o`tib turibdi. Otam ishga ketdilar (hurmat ma'nosida) kabi. Biroq ega va kesimning birlik va ko`plikda kelishi farqsiz emas. Masalan, qo`ylar o`tladi gapining kesimi ko`plikda berilsa, odatdagi norma buziladi.
Turkiy tillarda gap bo`laklari o`zining muntazam joylashish tartibiga ega. Agar so`zlovchida gap tarkibidagi biron bir elementni ajratib ko`rsatish maqsadi bo`lmasa, odatda gapning boshida ega o`z sostavi bilan gapning oxirida kesim keladi. O`zbek tilida aniqlovchi va kesimning o`rni boshqa bo`laklarga nisbatan qat'iy, turg`unligini ko`rsatadi. Bu xolatni xind-evropa tillari oilasiga kiruvchi tillarda uchratmaymiz.
Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan yana bir tomoni shuki, bu tillarda qo`shma gapning ergashgan qo`shma gap tipidan tashqari, funksional va struktural jihatdan boshqa til oilalaridagi ergash gapga teng keluvchi ravishdosh, sifatdosh oborotlari keng taraqqiy qilgan. Masalan, qozoq tilida kitabini kirletken bala katti uyaldi -kitobini kirlatgan bola kattiq uyaldi. Men Salimning kecha Moskvadan kelganini eshitdim (o`zbek).
Sodda gap har qanday til yoki tillar guruhi uchun gapning asosini shakllantiruvchi ikki yetakchi birlik: ega va kesim yoki subyekt va predikatning ajralmas sintezini tashkil etadi. Turkiy tillarda subyekt va predikat bir bo’lak orqali ham ifodalanishi mumkin.: “keldim” bu so’zda garchi grammatik subyekt real shakllanmagan bo’lsa-da, so’z tarkibidagi –di, - m affiksi shaxs,son,zamon va mayl ma’nolarini ifodalab, shu so’zning predikativlik jihatdan to’la shakllanganligini anglatadi.
Predikativlik gapning asosiy sharti bo’lganligi uchun “ keldim” gap shaklida shakllangan.Hozirgi turkiy tillarda sodda gap qurilishini qiyosiy-tarixiy o’rganish sodda gapning eng qadimgi shakllarini o’rganish va ularni qayta tiklash (rekonstruksiya) ni emas, balki hozirgi turkiy tillardagi sodda gaplarning tarixiy taraqqiyot jarayonlarini gap tuzilishidagi sifat o’zgarishlarni ham taqozo etadi.
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi uchun sodda gap qurilishini o’rganish qanchalik ahamiyatli bo’lsa, sodda gap tarkibidagi ega bo’lakning ifodalanish usullarini o’rganish undan kam ahamiyatli emas.Chunki ega hamma turkiy tillarda hamma davrlarda ot,olmosh, va boshqa turkumlarning substantiv shakllai bilan ifodalanib kelgan.
Kesim egadan farqli ravishda o’ziga xos xususiyatga ega.Tilning uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida fe’l shakllari,bog’lama vositalari,ayniqsa, fe’lning zamon va mayl kategoriyalaridagi o’zgarishlar kesimning struktura jihatidan o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatib kelgan.
Ma’lumki, kesim sodda gapning asosini tashkil etuvchi qism.Kesimning grammatik ifodalanishi gap tipining ham kesimi fe’l bilan ifodalangan sodda gaplar va kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplar tipida ajratilishiga sabab bo’ladi.Shuning uchun hanuzgacha adabiyotlarda sdda gap qurilishining genezisini o’rganish kesimning tabiatini o’rganish bilan bog’lab olib borilayotgani bejiz emas.Chunki sodda gap tiplarining qadimgi shakllarini o’rganish gapni shakllantiruvchi predikat- gap kesimining ham grammatik ifodalanish usullarini tarixiy aspektda yoritib berishga asos bo’ladi.
1. Kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplar. Qadimturkiy tilda kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplar mavjud bo’lgan.Buni qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda kesimi grammatik jihatdan to’la shakllangan otlardan tuzilgan sodda gaplarning mavjudligi tasdiqlaydi.
Qiyosiy-tarixiy grammatikaning kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplarni o’rganish obyekti qilib olishiga sabab qadimturkiy tilda bunday gaplarni shakllantiruvchi vositalar – bog’lamalarning mavjud yoki mavjud emasligi bilan bog’liq.Sababi, hozirgi turkiy tillardagi bu tipdagi sodda gaplarda bog’lamalar,bir tomondan har xil bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning ayrimlarida bog’lama vazifasidagi vositalar uchramaydi.Bu, o’z navbatida, kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplarni shakllanishidagi vositalarni chuqur o’rganishni talab etadi.
Hozirgi turkiy tillarning ko’pchiligida sodda gap tarkibidagi ot kesimlar shaxs shakllari orqali shakllanmagan.60Masalan, oltoy tilida – men altay kiji, siler altay ulus kabi. Boshqird tilida ham ot kesimlar tarkibida III shaxs egalik affikslari umuman uchramaydi, yoki qo’llanmaydi.Ayrim turkiy tillarda kesimlik affiksining uch shaxsi ham ifodalanmaydi.
Masalan, Son aytirlarki, biz karaxchilar ( so’ng aytdilarki, biz qaroqchilarmiz), turkman. Har kimin o’z dardi o’zune aji ( har kimning o’z dardi o’ziga achchiq), uyg’ur. atlari uraq, yollari uzaq.
Chuvash tilida kesimlik affiksi va egalik affikslari farqlanmaydi.Yoqut rtilida ham bu affikslar kontekstdagina aniqlanadi.Ayrim turkiy tillarda ot kesimlarning kesimlik affiksi sifatida birlikdagi III shaxs egalik qo’shimchalari o’rnida kishilik olmoshlari qo’llanadi.Qadimgi turkiy tilga xos bo’lgan bu xususiyatlar ayrim hozirgi tukiy tillarda ham saqlangan.Qiyoslang: boshqird tilida III shaxs kesimlik affiksi o’rnida ul olmoshi qo’llangan: Xasan yaziusi ul . Shubhasiz, bu o’rinda ul olmoshi affiks sifatida emas,balki mustaqil so’z sifatida qo’llanadi. Bu xususiyatni tatar tilida ham ko’rish mumkin: Do’resen aytkanda xalik zur ul,ko’chul dertle ul, mo’hgli ul,adip ul,magiyir ul kabi.
Deyarli barcha turkiy tillarda kesimi ot bilan ifodalangan sodda gaplarda bog’lamalar va kesimlik affikslari quyidagilar bo’lgan:61
1) kishilik olmoshlari: eski o’zbek tilida uchraydi – San namozqilg’il,xalfa sen turur sen; Tuva tilida - ajildaar kiji men ( men ishlayapman);
2) bog’lama tur // dur // turur: eski o’zbek tilida - Na ko’rlug dur bu ko’zung, Qirg’iz tilida - ol studenttir;
3) bar, yok so’zlari: tuva tilida. Sug bar;
4) egalik affikslari: gagauz tilida ilikchi adamsin;
5) ol // bol yordamchi fe’li: gagauz tilida, deniz o’lur kap-kara;
6) tuva tilida kiji oti: cherle indig shinggini kiji ( u doim shunday qat’iy odam).
Kesimi fe’l bilan ifodalangan sodda gaplar. Kesimi fe’l va fe’l shakllari bilan ifodalangan sodda gaplar barcha turkiy tillarda gap qurilishining ikkinchi asosiy, keng tarqalgan turidir. Sodda qilib aytganda, barcha turkiy tillarda fe’lning hamma zamon shakllari sodda gapning kesimi bo’lib kela oladi,lekin shuni aytish kerakki, hamma turdagi fe’l kesimlar qadimturkiy tilda mavjud bo’lmagan bo’lib,bir tomondan,ularning ayrimlari til taraqqiyotining keyingi davrlarida shakllangan bo’lsa, ikkinchi tomondan, kesimlik vazifasini bajaradigan ba’zi shakllar hamma turkiy tillarga xos bo’lmasligi mumkin.Hozirgi turkiy tillarda kesimi fe’l va fe’l shakllari bilan ifodalangan sodda gaplarni qiyoslashda asosan shunga e/tibor qaratiladi.
Hozirgi turkiy tillarda kesimi fe’l va fe’l shakllari bilan ifodalangan sodda gaplarning to’rt turini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) kesimi fe’l va fe’l shakllari bilan ifodalangan sodda gap kesimlari fe’lning

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling