Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


- ildi // -uldi // - ilti // - ulti


Download 157.84 Kb.
bet46/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

- ildi // -uldi // - ilti // - ulti: ozarb. g’urultu – shovqin, parilti –yiltillamoq, lig’ilti – qultillatmoq; tatar. gorilti – gurillamoq; turk. gurultu – to’qqillatmoq, fisitti – shipshimoq, taqirti - taqirlamoq; turman. big’irti – qaynash, vaqirti – qaxqaxa.
- ak // - ag // - uk // - ug // - ik // - ig’: q.qalp. pishik – mushuk,o’zbek shevalarida – pishak, turk. yildirak – yashin, ozarb. fishg’iriq, o’zb. churrak;
- a : boshq .baqa, ozarb. mig’mig’a;
- im // - um: turk. yildirim, o’zb. qultum, shilqim.
- ach: turk. tokach – to’qmoq.
- dak // daq: o’zb. shaqildoq, qurildoq.
- dik // - ding: boshq. bitbildiq.
- qin // - qun: shovqin; - la : jilpangla, kukula;
Taqlidiy so’zlar hamma turkiy tillarda ko’makchi fe’llar vositasida fe’l tusini oladi:
- ayla: qad. tur. oh ayla, ozarb. soxbat eyle.
- qil : o’zb. gurs qil, oh qil;
- et : turk. zeng et, o’zb. tiq etdi; qozoq. selq et.
Umuman, taqlidiy so’zlar barcha turkiy tillarning lug’at boyligida salmoqli o’rin egallagan so’zlar guruhidir.
Savol va topshiriqlar:
1. Qanday qo’shimchalar taqlid so’zlardan boshqa turkumdagi so’zlarni yasashga xizmat qiladi?
2. Taqlid so’zlar tilda qanday ahamiyatga ega?
3. Taqlid so’zlar qaysi ko’makchi fe’llar bilan birga qo’llanadi?
4. Taqlidiy so’zlar qanday morfologik xususiyatlarga ega?


20 - modul: Tyrkiy tillarning sintaktik qurilishi. So’z birikmasi.


Reja:
1. Turkiy tillarning sintaktik qurilish.
2. Turkiy tillarda so`z birikmasi.
3. Turkiy tillarda izofa.
Tayanch so’z va iboralar: sintaksis, so’z birikmasi, konstruksiya, ochiq konstruksiya, yopiq konstruksiya, fikriy tugallik, otli birikma, fe’lli birikma, izofa, gap
Turkiy tillarda ham sintaksisning tekshirish obyekti sintaktik konstruktsiyalardir. Sintaktik konstruktsiyalar mazmuni va fikriy tugalligiga ko`ra ikki xil: 1) nomustaqil yoki ochiq konstruktsiya: kanalning qazilishi, kitobning o`qilishi kabi; 2) mustaqil yoki yopiq konstruktsiya: kanal qazildi. Kitob o`qildi. Ochiq konstruktsiyalarda fikr tugallanmagan - ochiq qolgan, yopiq konstruktsiyalarda esa fikr tugallangan bo`ladi. Sintaktik konstruktsiyalarining bu xususiyati ularni ikki aspekt so`z birikmasi sintaksisi va gap sintaksisi aspektida tekshirishni taqozo ztadi. Bu xil sintaktik konstruktsiyalarni farqlashda ularni tashkil etgan komponentlarning miqdori emas, balki bu konstruktsiyalarning bajarayotgan funktsiyasi nazarda tutiladi. So`z birikmasi fikr ifodalamaydi, u nominativ funktsiya bajaradi. Gap esa fikr ifodalaydi - kommunikativ funksiya bajaradi. So`z birikmasi nutq obнekti emas, u birmuncha passiv holatda bo`lib, gap tarkibida uning materiali sifatida harakat qiladi.
Turkiy tillarda so`z birikmasi. So’z birikmalari ikki turli bo’ladi: tobe birikma va teng birikma. Qadimgi turkiy tilda ham so’z birikmalari ana shunday ikki xil bo’lgan.Tadrijiy taraqqiyot natijasida so’z birikmalarini tashkil etgan komponentlarning shakllanishi va o’zaro bog’lanishi usullarida ma’lum o’zgarishlar ro’y bergan.55
Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlarning grammatik-semantik munosabatidan tashkil topib, bir murakkab tushuncha anglatadigan nominativ xarakterdagi ochiq konstruktsiyalar so`z birikmasi sanaladi.
So’z birikmalrining turli-tuman konstruktiv ko’rinishlarda ishtirok etuvchi komponentlarning bosh (hokim) bo’lagi qaysi so’z turkumidan ifodalanganligiga ko’ra turkiy tillarda so`z birikmalari ikki katta guruhga ajratiladi . Bulardan birinchisi otli so`z birikmalari bo’lsa, ikkinchisi fe’lli so’z birikmalaridir.
Otli soz birikmalari: 1) hokim bo’lak - ot, tobe - bo’lak son. Bunday birikmalar qadimturkiy xarakterga ega bo’lib, barcha turkiy tillar uchun umumiydir.Masalan, ozarb. besh giz, oltoy. eki tun. Ba’zan numerativlar bilan kengaygan bo’ladi: o’zb. olti tanga pul, ozarb. bir parcha cho’rak kabi.
Son+numerativ+ot qolipidagi birikmalar barcha turkiy tillar uchun umumiy bo’lsa-da, numerativlar turlicha:
a) numerativ+liq: tat. uch yashliq kiz; turkm.bir gunluk yo’l;o’zb. yetti yillik maktab;
b) numerativ+li: qirg’. to’rt besh uyli ayil; s)tartib sonlar: ozarb. ikkinji yer; tuva. birgi teve;

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling