Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- a, - ya so’roq yuklamasi o’zbek tilidagina mavjud bo’lib, boshqa turkiy tillarda deyarli uchramaydi. So’roq va taajjub yuklamasi – chi
Download 157.84 Kb.
|
тур.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- - da // -ta, - ku, ham. – u, -yu, -oq, -yoq, - ki.
- - oq // -yoq
- - gina// -kina// -qina, faqat
- a, - ya so’roq yuklamasi o’zbek tilidagina mavjud bo’lib, boshqa turkiy tillarda deyarli uchramaydi. So’roq va taajjub yuklamasi – chi ham faqat O’rta Osiyo turkiy tillariga xos. Ayrim turkiy tillarda – chi yuklamasi ifodalaydigan ma’no o’zbek tilida mavjud bo’lmagan boshqa yuklamalar vositasida ifodalanadi.Masalan, ozarbay.tilida bas: bas siz “ siz-chi?! Yoqut tilida duu, daa: istegin-duu “ eshiting-chi”.
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: - da // -ta, - ku, ham. – u, -yu, -oq, -yoq, - ki. Hozirgi turkiy tillarda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari kuchaytiruv, ta’kid bilan birga emotsional-ekspressiv, istak-xohish, iltimos kabi ma’nolar bildiradi. Umumturkiy – da // -ta yuklamasi hamda uning variantlari o’zi birikib kelgan so’z ( yoki gap)ning ma’nosiga kuchaytiriv, ta’kid, ajratish kabi ma’nolar qo’shadi. Masalan, ne de guzel shey(turk); jerde, suu da bizdeylerdiki (qirg’.) bu derede qayinda, aspak-ta, tit-ta ozup dat (chuvash t.) “ bu yerda archa ham, tut ham, qayin ham o’sib yotibdi. Kuchaytiruv yuklamasi - ta, -te yuklamasi ko`pchilik hozirgi turkiy tillarda -da shaklida qo`llaniladi. -ku, ham, - u, - yu, - oq, - yoq, - ki (-kim) yuklamalari, asosan, kuchaytirish, ta’kid ma’nolarini ifodalaydi. – ki yuklamasi: ozarb. bu-ki, sen-ki bilirsan, chalish-ki, bikar gazma-ki; turk. o’yle kiziyorm-ki, ishittim-ki kardeshi gitmish; o’zb. u shunday kataki, tasavvur qila olmaysiz. – ham yuklamasi o’zi kuchaytirib kelgan so’zdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Bu yuklama aksariyat hollarda ta’kid ma’nosini bildiradi. Masalan, qirg’. Menem boram; uni ham o’qitaman, o’zim ham o’qiyman. - oq // -yoq yuklamalari,asosan, qipchoq guruhi tillarida va qisman o’zbek, uyg’ur tillarida mavjud bo’lib, qadimgi turkiy tillarda ham, hozirgi turki y tillarda ham voqea - hodisaning real yuz berganini ta’kidlab ko’rsatadi.Faqat otlardan keyin emas, balki olmosh, ravish,ravishdosh va kelishik shakllarini olgan so’zlardan keyin ham qo’shilib, yuqoridagi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, tatar bashta-uk; turkm. dasharik “ tashqaridayoq”, yuqariq “ yuqarigayoq”; chuvash. kezerex (kechayoq),xak. pun-ok (bugunoq). O’zbek tilida – ki, uyg’ur tilida – qu //-gu boshqa tillarda – qoy//-g’oy shaklida qo’llanadigan yuklamalar ta’kid, istak, iltimos, ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, qozoq tilida Asqardin tug’an jeri Shortang qalasi dep edik-qoy; sen-g’oy Kereymin deding; qirg’. adamsing-g’o (odamsan-ku). Kuchaytiruv yuklamasi oq, ok ko`pchilik turkiy tillarda ki, ku yuklamalariga mosdir. Kuchaytiruvchi yuklamasi la, ye oltoy, shor, turkman, xakas, tatar tillaridagina qo`llaniladi. Kuchaytiruv, ba'zan so`roq yuklamasi a, e ko`pchilik turkiy tillarda maxsuldor ishlatiladi. Turkiy tillarda kuchaytiruv ma'nosini en, eng, hatto, juda, tap, jiqqa, liq, g’arq so’zlari kuchaytiruv ma’nosini ifodalaydi. Bu narsa tatar, boshqirt, ozarbayjon, turk, qirg`iz, oltoy, qozoq tillarida maxsuldor. 3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: - gina// -kina// -qina, faqat yuklamalari turli so’z turkumidagi so’zlarga qo’shilib kelib, ularda ifodalangan narsa, harakat va turli holatlar bilan bog’liq ma’nolarni chegaralab, ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Eski o’zb.t. birgina, bugina; qoz.tek bul balanig’ana. 4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq o’zi mansub bolgan so’zning ma’nosini aniqlab ko’rsatish maqsadida qo’llanadi.Bu yuklamaning ishte, tam ko’rinishi faqat turk tilida uchraydi: ishte bu sirada ( ana shu vaqtda), tam bu sirada ( aynan shu paytda) singari. 5.Gumon yuklamasi: - dir barcha turkiy tillarda mavjud bo’lib, har qanday so’zga qo’shilib kela oladi va o’zi bog’langan so’zning ma’nosiga gumon, noaniqlik ma’nosini yuklaydi. Shuningdek, turkiy tillarda gumon ma’nosi ekan, emish to’liqsiz fe’l shakllari orqali ham ifodalanadi: qirg’. Okmet qarizg’a aqcha bereteken; o’zb. Yo’q emish, u ketgan emish. 6. Inkor yuklamasi na, tugul gapdan anglashilgan voqea-hodisaning amalga oshmasligini bildiradi. Masalan, ozarb. Bu indi mumkin degil; tat. Ishtan ko’chli narsa tabu momkin tugil; turk. Ben gunde degil, haftada elli lira kazanamiyordum. O’zb. Bu yerda na tom, na deraza bor. Buyruq mayli 2-shaxs ma'nosida - cha,- chi yuklamasi ayrim turkiy tillarda she (tatar), chi (o`zbek, qorachoy-bolqor), se (boshqirt), shi (no`goy, qozoq) shaklida ishlatiladi. Xullas, yuklamalar turkiy tillarda so`z holida va qo`shimcha shaklida qo`llaniladi. Download 157.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling