Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Download 157.84 Kb.
|
тур.маъруза
Tayanch so’zlar: leksik ma’no, grammatik munosabat, yordamchi so’zlar, bog’lovchi, bog’lovchi turlari, o’z qatlamga mansub bog’lovchilar, o’zlashgan qatlamga mansub bog’lovchilar.
Bog`lovchilar ham yordamchi so’zlarning bir turi hisoblanadi. Eng qadimgi turkiy tilda bog`lovchilar uncha ko’p bo’lmagan. Ergash gapli qo`shma gaplarning taraqqiyoti bilan turkiy tillarda bog`lovilar ham shakllangan. Sof turkiy bog`lovchilarning turli usullar bilan paydo bo`lishida quyidagi usullari mavjud. 1. Kuchaytiruv emfatik, ekspressiv yuklamalar bog`lovchiga aylangan, ana shu jarayon asosida da, ki bog`lovchilari paydo bo`lgan. 2. Ba'zi ravishdosh shakllarining bog`lovchi safiga o`tish usuli bilan hosil bo`lgan. Masalan, dep, dip, deb, ni ifodalaydi. 3. Shart mayli shakllari bog`lovchi safiga o`tishi orqali hosil bo`ladi. Masalan, esa, desa kabi. 4. So`roq olmoshlarining bog`lovchi vazifasida ishlatilishi natijasida hosil bo`lgan. Masalan, qayerda, qayda, qachon, qaysi kabilar. Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra yakka( va, hamda, balki, chunki) va rakroriy( dam, ba’zan,gah,ya, yaki) bog’lovchilarga ajratiladi. Qadimgi turkiy tilda bog’lovchilar alohida turkum sifatida mavjud bo’lmagan.Agglyutinativ tillar, jumladan, turkiy tillarda bog’lovchi vazifasini boshqa turkumlardagi so’zlar bajargan. Til taraqqiyotining dastlbki bosqichlarida jonli so’zlashuv tili faol qo’llangan bo’lib, aloqa vositasi sifatidagi bog’lovchi vositalar talab etilmagan. Til taraqqiyotining yozma shakli shakllana boshlagan davrdan davrlarda ham gap qurilishi nisbatan sodda bo’lgan. Adabiy til shakllanishi, yozma nutqning yuzaga klishi bilan sintaktik munosabatni ta’minlovchi bog’lovchilar shakllandi va hozirda alohida turkum sifatida qaraladi.(134-b) Hozirgi turkiy tillarda mavjud bog’lovchilar ikki yo’l bilan hosil bo’lgan. 1.Turkiy tillarda bog’lovchi vositalar sifatida o’z qatlamga oid ayrim ta’kid yuklamalari, ba’zi fe’l shakllari, olmoshlar xizmat qilgan. O’zlashgan qatlamga oid, ya’ni arab, fors- tojik, qisman rus tilidan olingan bog’lovchilar. a) arab tilidan: amma, lekin, faqat,lek, valek, va lekin; b) fors-tojik: ham,gag.,turk,turm. hem; ozarb., turk. ya, yaxud, geche, harchend; uyg’ur, turk eger; o’zbek, gagauz, turk, turkman, ozarb. –ki; turm. gah; ozar., gag., turk ne, ister; o’zbek xoh, ham, ya, yaxud, garchand, goh, agar, na. d) arab, fors-tojik: ozarb., turk madamki, madamiki; ozar., uyg’ur ve hem, va yoxud, va yeki. e) rus: boshq. e, eti, xatya; gag. da, a; qaraim to, a, i, no, xatya, xot; xakas a, a to, zato, xot. Ana’anga ko’ra hozirgi turkey tillarda bog’lovchilar ikkiga bo’linadi: teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilar. 1.Teng bog’lovchilar. Grammatik jihatdan teng bo’lgan gap bo’laklarini, teng munosabatli sodda gaplarni bog’laydi. Teng bog’lovchilar uyushiq bo’laklarni, qoshma gap tarkibidagi soda gaplarni. Ularga quyidagi bog’lovchilar kiradi. 1. Biriktiruv bog’lovchilar: ve, hem-hem, hem, de ki, ve hem de, ne… ne, ne de ki, da/de, hetta, habele. 2. Zidlov bog’lovchilar: amma, lekin, biraq, balki, halbuki, (- u, -yu) valekin. 3. Ayiruv bog’lovchilari: ya, yaxud, yaki, yainki, gah…gah, bir…,bir, ba’zan…,ba’zan, dam…,dam, xoh…,xoh 2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar. Ergashgan qo’shma gaplar tarkibidagi soda gaplarni bog’laydi, tobelik munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Ergashtiruvchi bog’lovchilarga quyidagilar kiradi. 1.Aniqlov bog’lovchisi: ya’ni, - ki, -kim; 2.Sabab bog’lovchilari: chunki, shuning uchun, negaki, zeraki, nainki; 3. Shart bog’lovchilari: agar, agarda, basharti, agarchi, garchand, madamiki; 4. Chog’ishtiruv bog’lovchilari: go’ya, go’yaki; Bog’lovchilarni tuzilish tarkibi jihatidan ham ikki gurhga ajratish mumkin: sodda va murakkab. Sodda bog’lovchilar va, hamda, yaki, hem(yana), zira, herchend (garchi); murakkab bog’lovchilar nisbatan ko’proq bo’lib, ular ikki va undan ortiq bog’lovchilardan yoki ko’rsatish olmoshining ko’makchi, ba’zan bog’lovchi bilan birikuvidan hosil bo’ladi: ve hem, va yana, ve ne (na unisi na bunisi), vey a (yoki), ve yaxud, ve heshchinin (va shuningdek), ve herchend, madamki, herchend ki, kah da (gohida), hem de( va hamda), va yainki, yainki de, ve yaxud da (nafaqat), vey a da ( unisi ham, bunisi) Chuvash tilida bog’lovchilar son jihatdan juda kam. Eng ko’p qo’llanadigan bog’lovchilar ta, te, tata (hamda), ye-ye (yoki), per-per ( o’sha- o’sha), angax- sangax ( ammo), menschen tesen (shuning uchun), yengen ( agar). Download 157.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling