Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Taba, taban ko`makchisi tatar (toba), no`g`oy (tabag`an) tillaridan boshqa tillarda tomon


Download 157.84 Kb.
bet41/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Taba, taban ko`makchisi tatar (toba), no`g`oy (tabag`an) tillaridan boshqa tillarda tomon shaklining turli fonetik variantlarida qo`llaniladi.
Teg`ri ko`makchisi hozirgi turkiy tillarda deri (chuvash), tegi (uyg`ur), deri (qorachoy-bolqor,ozarbayjon, turk) shaklda qo’llanadi. Ko`makchi teg (tegmoq) fe'lidan yasalgan.
Uchun ko`makchisi qozoq (yoshen), boshqirt (yoshon) tillaridan boshqa turkiy tillarda uchun tarzida ishlatiladi. So`ziga kelishik shaklini qo`shish orqali yasalgan.
Barcha turkiy tillarda ald, ara, arqa, art, ast, son, ust so`zlari turli kelishiklar bilan qo’llanilib, ko`makchi vazifasini bajaradi.
Qadimgi yozma obidalarda qo`llanilgan teng (-day, kabi), tegi (-gacha, to), uchun, utru (shuning uchun), birla (bilan), tapa (tomon), ora, osha kabi ko`makchilarning juda ko`pligi ayrim fonetik o`zgarishlarga uchragan xolda hozirgi turkiy tillarda ham aktiv ishlatiladi . Hozirgi turkiy tillarda tarixiy taraqqiyot jarayonida mustaqil ma'noli so`zlardan yangi ko`makchilar ham paydo bo`lgan. Masalan, tatar tilida kebek (no`g`oy), teri /dieri (yoqut), dek yasalgan, tatar (yoshen) . Ko`makchi ichku, ich, yon, o’rta, kelishi orqali ushbu yordamchi (kabi), tosle (kabi. lay), bo`tan (boshka), borsh (burun), qo’miq tilida go`ro’ (ko`ra), so’n (so`ng).
Savol va topshiriqlar:

1.Yordamchi so’zlarning tildagi ahamiyati haqida gapiring.


2.Turkiy tillarda yordamchi so’zlarning o’ziga xos umumiy va xususiy jihatlarini izohlang.
3. Ko’makchi qanday yordamchi so’z?
4. Barcha turkiy tillar uchun mushtarak va o’zbek tiligagina xos ko’makchilarni ajrating.


17 - modul:Turkiy tillarda yordamchi so’zlar. Bog’lovchilar.
Reja :
1.Turkiy tillarda bog`lovchilarning ifodalanishi.
2. Bog’lovchi vositalarning turlari.
3. Sof turkiy big’lovchilarning taraqqiy etishi.
4.O’z qatlam va o’zlashgan qatlamga mansub bog’lovchilar

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling