Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
O‘zbekcha Mo‘g‘ulcha
Download 157.84 Kb.
|
тур.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mo‘g‘ulcha O‘zbekcha
- O‘zbekcha Tungus-manjurcha
- u ural-oltoy nazariyasini
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik tan olgan nazariya bu- oltoy nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra oltoy tillari o‘zaro genetik qarindosh deb ko‘rsatiladi hamda shu asosda altaistika fani vujudga keldi va rivojlandi. Altaistika fani tillarni qiyosiy va qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganadi. Ushbu metod asosida turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi fani shakllandi. Ma’lumki, turkologiyaning markaziy muammolaridan biri turkiy tillar tarixini shu xalq tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganishdir. Bu muammoni hal etishi turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi va lug‘atlarini yaratish uchun zamin yaratadi. Shu bilan birga, turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti, ularning o‘zaro bir-biriga ta’siri, munosabati masalasi ham turkologiyaning asosiy muammosi hisoblanadi. Turkiy tillarni tarixiy aspektda o’rganishda yozma yodgorliklar ma’lumotlariga tayanamiz. Turkiy tillarni qiyosiy planda ilk bor tadqiq etgan olim M.Koshg‘ariydir. N.V.Baskakov Turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishning birinchi pioneri deb e’tirof etadi.1 M.Koshg’ariy o‘zining “DLT” asari orqali ana shu davrda yashagan butun bir turkiy urug‘ qabilalar tilining xususiyatlarini batafsil yoritib bergan. Shu bilan birga unda turkiy xalqlarning tarixi, geografiyasi, urf-odatlari, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, etnografiyasi, madaniyati, adabiyoti haqida ham qimmatli faktik materiallar mavjud. Shuning uchun ham bu asar turkologiya tarixida alohida o‘rin tutadi va qomusiy asar sifatida hozirgi turkiy tillarni o‘rganish va qiyosiy-tarixiy grammatikasini yaratishda eng muhim qimmatli manba hisoblanadi. Prof A.Nurmonov tilshunoslik tarixida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning XIX asarda paydo bo‘lganligini hamda uning asoschilari sifatida F.Bopp, Rasmus Rask va Yakov Grimmlarning e’tirof etilganligini ta’kidlagani holda buning sababini quydagicha izohlaydi: “Buning sababi shundaki, G‘arb olimlari M.Koshg‘ariyning “Devoni” bilan XX asrning birinchi choragiga qadar tanish bo‘lmagan. Agar tanish bo‘lganlarida edi, uning tilshunoslikdagi xizmatlari oldida tiz cho‘kkan va qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvogeografiya singari tilshunoslik yo‘nalishlarining otasi sifatida M.Koshg‘ariyni e’tirof etgan bo‘lardilar.”2 Shuningdek, A.M.Shcherbak Mahmud Koshg’ariyning “Devon”inga na materialning hajmi,na muallifning filologik bilimi jihatidan bas keladigan biron asar yo’q, deya yuksak baho bergan.1 Darhaqiqat, M.Koshg‘ariyning tilshunoslik oldidagi xizmatlari beqiyosdir. U uzoq muddat davomida qishloqma-qishloq, ovulma-ovul yurib turkiy tillarga xos xususiyatlarni o‘rgandi, aniqladi, turkiy tillarni o‘zaro qiyoslab, o‘xshash hamda farqli jihatlarini belgiladi va tansif etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.2 M.Koshg‘ariy bu asari orqali tilshunosliк tarixida chog‘ishtrma-qiyosiy metodga asos soldi. Bugungi kunga qadar bu asar turkologiya tarixida muhim manba sifatida o‘rganilib kelinmoqda. Turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishda M.Zamaxshariyning “Muqaddimat-ul-adab” asari ham qimmatli manba hisoblanadi. Asar arab tili va tilshunosligi tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki asarda ko‘pgina arabcha so‘zlarning forscha, mo‘g‘ulcha tarjimalari bilan birga turkiycha tarjimasi ham berilgan. Shuningdek, turkiy tillarni qiyosiy o‘rganishda XIII-XV asrlarda yaratilgan Abu Hayyonning “Kitob-ul-idrok li-lison at-atrok”, Abu Hayyon (qipchoq va turkman tili qiyoslanadi) ibn Muhanna (o‘g‘uz tili boshqa turkiy tillarga qiyoslanadi) Jamoliddin ibn Muxannaning “Xiliat-ul-inson va xolibat-ul-lison”, Jamoliddin at-Turkiyning “Kitobu bulg‘ot al-mushtoq fon-l-lug‘oti at-turk va-l-qifchoq” (qipchoq va turkman tillarini o‘rganuvchilar uchun), A.Navoiyning “Muhakamat ul-lug‘atayn” (o‘zbek va for tili qiyoslanadi) asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiy tillarning XVIII va XIX asrning birinchi yarmida qiyosiy planda o‘rganilishida rus va yevropa olimlarining xizmatlar alohida o‘rin tutadi. Bu sohada ilk bor Poltava jangida asrga tushgan va Sibirga surgun qilinib, 12 yil Tobolsk shahrida yashagan shved ofitseri T.I.Tabbert-Stralenberg “Yevropa va Osiyoning shimoliy va sharqiy qismlari” nomli asarida o‘zi o‘rgangan tillarni 6 guruhga ajratadi va shu hududda yashovchi 32 xalqning tilida 60 ta so‘zni oladi va shu tillarga tarjima qiladi. Qiyoslash natijasida u ural-oltoy nazariyasini yaratadi. Yana bu sohada turkiy filologiyaning Qozon maktabi vakili A.Kazembekning ilmiy faoliyati ham diqqatga sazovordir. U “Obshaya grammatika turetsko-tatarskogo yazika” nomli asarida turk tilini tatar, azarbayjon, mo‘g‘ul tillari bilan qiyoslaydi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlab turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganish to‘la shakllandi. Bu sohada Peterburg turkologiya maktabi vakillari Kastren M.X aslida fin-uguor tili mutaxassisi bo‘lgan. Lekin turkiy tillar bilan shug‘ullangan. U ugor-fin, samodiy, turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manjur tillarini qarindoshligi g‘oyasini ilgari surgan va qiyosiy o‘rganishni boshlab bergan. O.N.Byotling asli sanskritolog bo‘lgan. Yoqut tilini o‘rgangan. U birgina “Yoqut tili haqida” nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Bu asari orqali turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganishning asosiy tamoyillarini bayon etgan. Turkologiya fani taraqqiyotida o‘zining beqiyos xizmatlari bilan alohida e’tibor qozongan turkolog olim V.V.Radlovdir. U o‘zining buyuk ilmiy faoliyati bilan turkologiya faniga ulkan hissa qo‘shgan olim sifatida e’tirof etiladi. Uning “Shimoliy va turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi” nomli asarida yigirmadan ortiq tillarni unli va undoshlar tizimini mukammal yoritdi hamda fonetik hodisalarni tahlil qiladi. Unlilar tizimida singarmonizm hodisasiga alohida e’tibor qaratgan. “Turkiy tillar lug‘atidan tajribalar” nomli asari 1893-1911- yillar davomida 24 kitob shaklida nashr etiladi.V.V.Radilovning ushbu asarlari turkiy tillarni qiyosin-tarixiy metod asosida tadqiq etishning ilmiy asoslarini yaratib berdi. Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishida N.K.Katanov (Uryanxay tilini o‘rganish tajribasidan. Qozon 1903), N.I.Ilminskiy (oltoy tili grammatikasi. Qozon, 1969), P.M.Melioranskiy (Qozoq-Qirg‘iz tilining qisqacha grammatikasi. Peterburg, 1894-1897) A.S.Samoylovich ( “Krim-tatar grammatikasidan qisqacha tajriba. Petrograd, 1916”) kabi turkolog olimlarning xizmatlarini ham alohida ta’kidlash lozim. Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy usulda o‘rganish ishida chet el olimlaridan J.Deni, V.Bang, K.Brokkelman, A.Emre, K.Gryonbek kabi olimlar ham ishtrok etdilar. Turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy usulda o‘rganishda A.K.Barovkov, A.N.Kononov, E.V.Sevortyan, V.M.Nasilov, B.A.Serebrennikov, N.A.Baskakov, E.R.Tenshishev, A.M.Shcherbak, N.Z.Gadjiyeva, S.Ye. Malov kabi olimlarning xizmatlari alohida tahsinga loyiq. Keyingi yillarda turkiy tillar qiyosiy grammatikasiga bag‘ishlangan maxsus asarlar maydonga keldi. Bunga N.A.Baskakovning “Turkiy tillarning tarixiy-tipologik morfologiyasi (Moskva, 1979), A.Sh.Shcherbakning” “Turkiy tillarning qiyosiy morfologiyasi ocherklari” (Lelingrad, 1977, 1981), B.A.Serebrennikov va G.Z.Gadjiyevalarning “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” (Moskva, 1986) kabi asarlarni keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda, bu metod asosida turkiy qiyosiy-tarixiy tilshunoslik shakllandi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik zaminida turkiy tillarning geneologik tasnifi yaratildi. Tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganish maxsuli sifatida tilshunoslikda geneologik tasnif vujudga keldi. Bu tasnifga ko‘ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, o‘xshashligi, qarindoshligi jihatidan oilalarga ajratiladi. Masalan, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tatar, azarbayjon, turk va boshqa tillar birgalikda turkiy tillar oilasini tashkil etadi. Chunki ularning geneologiyasi birdir. Download 157.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling