Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Turliy tillarda unlilar mosligi


Download 157.84 Kb.
bet14/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Turliy tillarda unlilar mosligi. Tovush mosligi nazariyasi 1818 – yilda Rasmusk Rask tomonidan kashf qilingan.Tovush mosligining kashf qilinishi bilan tarixiy fonetika vujudga keldi.Tarixiy fonetika tildagi tovushlarning taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganadi.Tovushlar mosligi ma’lum bir davr ( sinxronik) yoki turli davrdagi holati ( diaxronik) nuqtai nazardan belgilanishi mumkin.Turkolog olimlardan G.Ramstedt, M.Ryasyanen,N.A.Baskakov,A.G’ulomov, E.V.Sevortyan so’z yasovchi ayrim affikslarni tаlqin etganlarida u/a,ы/a mosligi haqida gapirib,ba’zan ikkisini bir element sifatida qaraydilar,ayrim hollarda boshqa-boshqa yasovchilar sifatida talqin qiladilar.Prof.E.V.Sevortyan –kыn-kan, ыk-ak,kы-ak kabi ot yasovchilar yoki ravishdosh shaklining ko’rsatkichi – a,-ы affikslarining kelib chiqishi jihatidan bir bo’lganligini hisobga olib, fe’l yasovchi –a,-ы qo’shimchalarini ham kelib chiqishi jihatidan birlashtirish mumkinligini, keyinchalik bu ko’rsatkich ikkita – keng va tor variantli ajralganligini ta’kidlaydi.15
Tovush mosligi deganda bir qarindosh tildagi biron bir tovushga ikkinchi qarindosh tildagi boshqa bir tovushning mos kelishi tushuniladi.Masalan,o’zbek tilidagi E tovushiga tatar tilidagi I,azarbayjon tilidagi A tovushi mos keladi:kel-kil,et-it; men-man,kel-gal,ellik-alli.
Hozirgi turkiy tillar ichida chuvash tili fonetik jihatdan alohida ajralib turadi.Boshqa turkiy tillardagi A unlisiga chuvash tilida U unlisi mos keladi. 16
Boshqa turkiy tillarda: Chuvash tilida:
bar//par pur /bor/
qaz//gaz xur /g’oz/
atla//hatla ut /hatlamoq/
bayan puyan /boy/
alti ult /olti/
So’zlardagi bo’g’in unlilarning tartibi o – u tarzida bo’lgan,keyinchalik tor unli keng unli bilan almashtirilgan: cho’luk –cho’lak, o’chuk-o’chak,yo’g’un-yog’an kabi.Shunisi xarakterliki,unlilar mosligi juda ko’p hollarda ikkinchi bo’g’inda uchraydi.Birinchi bo’g’inda bu holat kam darajada.Ko’p hollarda unlilar mosligi asosan qattiq o’zakli so’zlarda qayd qilinadi,yumshoq o’zakli so’zlarda bunday o’zgarish kam uchraydi:qiznaq-qaznaq,chiyan-chayan,yiqan-yaqan,kibi-kabi.

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling