V.V.Radlov turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va qisman geografik joylashuvidan kelib chiqib tasnif etgan. U turkiy tillarni to‘rt guruhga bo‘ladi. 1
1. Sharqiy turkiy tillar: oltoy, chulim tatarlari, karagas, xakas, shor, tuva tillari.
2. G‘arbiy turkiy tillar: qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari.
3. O‘rta Osiyo gruppasi: uyg‘ur va o‘zbek tillari.
4. Janubiy turkiy tillar: turkman, azarbayjon, turk, qrim-tatar tillari.
F.Ye. Korsh va A. N. Samoylovich hamda V. A. Bogorodskiy ham shu tarzda tasnif etganlar S.Ye. Malov turkiy tillarni: eng qadimgi, qadimgi, yangi, eng yangi turk tillariga ajratadi.2
Turkiy tillarni ilk bor tasnif etgan olim M.Koshg‘ariy bo‘lsa, eng mukammal, oxirgi tasnif N.V. Baskakovnikidir.
M.Koshg‘ariy turkiy tillarni tasniflashda ikkita tamoyilga asoslanadi.
1. Qabilaviy tillarning sofligiga ko‘ra;
2. Qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra.
Birinchi tamoyilga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: a) sof, to‘g‘ri til; b) aralash til.
Sof, to‘g‘ri tilga fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan qabila tillarini kiritadi (tuxsi, yag‘mo, irtish, Volga daryolari bo‘yida yashovchi qabilalar tili).
O‘z navbatida, aralash turkiy qabila tillarini ham ikki guruhga ajratadi:
a) sug‘d tili ta’sirida bo‘lgan qabilalar tili (sug‘dak, arg‘u, kanjak qabilalari); b) ikki tilli bo‘lgan turklashgan xitoy-tibet xalqlari tili (xutonliklar, tibetliklar va tangutlar tili).
M.Koshg‘ariy turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif etishda tillarning geografik tarqalishi tamoyiligi asoslanadi. Bu jig‘atdan turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi.
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qorluq, uyg‘urlardan boshlab yuqori Chingacha bo‘lgan qabilalar tili.
2. O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, tatar, yamak, suvorin va rusdan Vizantiyagacha joylashgan qabilalar tillari.
Shartli ravishda : birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni g‘arbiy tillar deb atash mumkin. Sharqiy va g‘arbiy turk qabilalari tillari o‘zaro fonetik va morfologik jihatdan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |