Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet13/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Қипчоқ тармоғи. Қуйдаги шаҳобчалардан иборат: а) қипчоқ-ўғуз шаҳобчаси (қадимги қипчоқ ва ҳозирги қўмиқ, қарайим, қорачой болқор ва крим тилининг баъзи лаҳжалари); б) қипчоқ-булғор шаҳобчаси (қадимги ғарбий олтин ўрда, турк тили ва хозирги татар, бошқирид тиллари) в) қипчоқ-нўғой шаҳобчаси (ҳозирги нўғой қорақалпоқ, қозоқ тиллари)




Savol va topshiriqlar:

1. Turkiy tillarni tasniflashdadi muhim masalalar haqida so’zlang.


2. Tasniflash bilan davrlashtirishning qanday o’xshash va farqli jihatlarga ega?
3. M.Koshg’ariy turkey tillarni qaysi xususiyatlariga ko’ra tasnif etgan?
4. Nega N.V. Baskakovning tasnifi fanda mukammal tasnif sifatida e’tirof etiladi?
5.V.V. Radlov turkey tillarni qaysi xususiyatiga ko’ra tasnif qilgan?
5 - modul: Turkiy tillar fonetikasi.


Reja:
1. Turkiy tillarning fonetik tizimi haqida umumiy ma’lumot.
2.Turkiy tillarda unlilarning umumiy tavsifi.
3.Turkiy tillarda singormonizm,urg’u va tovush tizimining o’ziga xosligi.
4.Turkiy tillarda unlilar va undoshlar mosligi.


Tayanch so’z va iboralar: urg’u, unli,undosh,tavsif, unlilar mosl13igi, undoshlar mosligi, singormonizm,turkiy tillarning fonetik tizimi,o’zak, qo’shimcha, labial garmoniya,tanglay garmoniyasi,olashish,turkiy tillar oilasi,cho’ziqlik, qisqalik .

Har bir til oilasining bosgqa til oilalaridan ajratib turuvchi xususiyatlari mavjud.Turkiy tillar oilasi uchun xos bo’lgan singormonizm,so’z boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, bir bo’g’inda undoshlarning qator kelmasligi,gap bo’laklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar bu tillarni boshqa til oilalaridan farqlab turadi.


Turkiy tillarning fonetik tizimi.Ma’lumki,turkiy tillar oilasiga mansub tillarni boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlar mavjud. Bu o’ziga xoslik turkiy tillarning fonetikasida, grammatikasida va leksikasida ko’rinadi. Ana shu xususiyatlarning yig’indisi shu til oilasining til qurilishini tashkil etadi.Turkiy tillar oilasiga mansub tillarda bir qator fonetik jihatdan mushtarakliklar bo’lib,ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
a) singormonizm – so’zning fonetik butunligini ifodalovchi vosita;
b) urg’u va singormonizm qonuniyatlarining birgalikda namoyon bo’lishi;
s) o’zak- fonetik so’zning kuchli qismi, qo’shimcha esa fonetik so’zning tobe qismi ekanligi;
d) so’z tovush tarkibida unli tovushning yetakchi ro’l o’ynashi;
e) cho’ziqlik, undosh tovushlar assimlyatsiyasi umumiy qonuniyatga ega;
f) so’z boshida ikkita undosh qator kela olmaydi.
Turkiy tillar fonetikasi oid bu xususiyatlar turg’un, qotib qolgan emas,doimiy ravishda o’zgarib turadi.
Turkiy tillar vokalizmining umumiy xarakteristikasi. Hozirgi turkiy tillarda vokalizm va konsonontizmlar miqdori bir xil emas.Masalan, tuva, gagauz,chulim tillarida unli tovushlar miqdori 20 tadan ortiq bo’lsa,o’zbek adabiy tilida 6 ta, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 tadir. Hozirgi turkiy unlilar paydo bo’lish o’rniga ko’ra oppozitsiya hosil qiladi, ya’ni unlilar qatoriga qarab farqlanadi.
Orqa qator unlilar: a, o, u, ы
Old qator unlilar: a, o, u, i
Faqat hozirgi o’zbek adabiy tili bundan mustasno bo’lib, unlilar qatoriga qarab farqlanmaydi. Orqa qator va old qator deb farqlanuvchi bu sakkizta unli umumturkiy bobotil davrida ham mavjud bo’lgan.14
Turkiy tillarda singormonizm hodisasi unli tovushlarning qatoriga qarab bir- biridan farqlanishiga asoslanadi.Turkiy tillarning ko’pchiligida mavjud bo’lgan cho’ziq unlilar ata-sekin yo’qola borib,u faqat yout,turkman,xalaj tillarida saqlangan.Oltoy,gagauz,qirg’iz,tuva va o’zbek tilining qorabuloq shevasida unlilar uzun va qisqaligi nuqtai nazaridan farqlanadi. Bu fonologik hodisa ma’noni farqlash uchun xizmat qiladi.Qorabuloq shevasida a:t – ism, at – ot:ch – qorni och,ach – eshikni ach.Bu xil unlilar birlamchi cho’ziq unlilar bo’lib,ular azaldan so’z tarkibida cho’ziq holda qo’llangan.Ayrim turkiy tillarda fonetik o’zgarishlar natijasida paydo bo’lgan cho’ziq unlilar ham bor.Masalan, uyg’urcha o’:gak – o’roq, o’: dak – o’rdak kabi. Bu xil unlilar ikkilamchi cho’ziq unlilar sanaladi.

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling