Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
- modul: Turkiy tillarda sifat so’z turkumi
Download 157.84 Kb.
|
тур.маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- –lu, -luq, -suz, zu, -ki
8 - modul: Turkiy tillarda sifat so’z turkumi.
Reja: 1.Turkiy tillarda sifat so‘z turkumi. 2.Turkiy tillarda sifat darajalari. 3.Turkiy tillarda sifatning intensiv shakllari. 4.Sifatlarning yasalishi. Tayanch so’z va iboralar: sifat, daraja,subyektiv baho,analitik shakl,sintetik shakl,intensiv shakl, turkiy tillar, belgining to’la emasligi, belgining kuchliligi, sifatlarning yasalishi, fe’ldan yasalgan sigatlar, olmoshdan yasalgan sifatlat,otdan yasalgan sifatlar,privativ sifatlar. Hind-yevropa tillari bilan turkiy tillar o’rtasidagi muhim farqlardan biri belgi-xususiyatni aniqlash yo’llarining turlichaligidir. Masalan, flektiv tillarda aniqlovchi vazifasida sifatlar qo’llanadi: железная дверь, деревьянный мост kabi.Turkiy tillarda sifatlar bilan birga otlar ot turkumiga oid so’zlar ham aniqlovchi vazifasida keladi:31 demir kapi, temir eshik. Sifat so‘z turkumi predmed va hodisaning belgisini bildiradi. Ayrim turkologlar qadimgi turkiy bobotilda sifatning mustaqil so‘z turkumi sifatida mavjud ekanligiga shubha bilan qaraydilar. Jumladan, A.M.Shcherbak qadimgi turkiy bobotilda sifat alohida marfologik ko‘rsatkichga ega emasligini e’tirof etgani holda, uni ikki xil yo‘l bilan hosil bo‘lishini ta’kidlaydi.32 1.Otning funksional transtormatsiyasi. 2. Alohida morfologik murakkablashish tizimi asosida. Bu qarash tilshunoslar o‘rtasida keng tarqalgan. Agar morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa, shunga ko‘ra sifat turkumiga oid so‘z ham yo‘q deb hisoblaydilar. Leksik – funksional daraja butun dunyo tillarida predmetning belgi xususiyatlari inson ongi va tafakkuriga asoslanadi va shunga ko’ra bo‘linadi.Turkiy tilda ko‘pgina sifat affikslar qadimgi bobotil davridan buyon o‘zining uzoq tarixiga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunga ko‘ra, turkiy tillarda sifat ikkita kategoriyaga bo‘lingan. 1. Tub sifatlar. 2. Yasama sifatlar. Tub sifatlar umumturkiy bir o‘zakdan iborat bo‘lib, ozchilikni tashkil etadi. Qara,aq, jangы, bo‘sh, ko‘k, az, dar, deng, keng v.b. Yasama sifatlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida ot va fe’l asosdan yasaladi. Masalan, umumturkiy –lu, -luq, -suz, zu, -ki v.b.Masalan, aqullu, čagalu (bolali) sütsüz, lafči, yalanzu, bensiz. -ki qo‘shimchasi ot va ravishdan payt va o‘rin ma’nosini ifodalovchi nisbiy sifat yasashdi. Ms: indiki (hozirgi), ahšamqi (kechki), bükünkü, evdeki, yo‘ldaki. Turkiy tillarda qiyosiy darajasi boshqa xalqlar tillaridagi kabi faqat asliy sifatlarga xos. N.K.Dmitriyev turkiy tillarda qiyoslashning ikki tipini ajratadi.33 Mavhum (nazariy, aqliy me’yorlar asosida) Aniq (aniq narsalar o‘zaro qiyoslanadi) Mavhum shakl qiyosida N.K.Dmitriyev sifat belgisining ozligi va ko‘pligini asosiy shakl deb hisoblaydi.Bunday shakllar turkiy tillarda juda ko’p uchraydi. Ms: sifatning ozaytirma darajasini ifodalovchi shakllarga quyidagilar kiradi. Ko’k-ish, (o‘zb.) ko’k-shil (qozoq), sarg‘ich (qirg‘), guzel – jik (turk), dar-cha ( turk.-tor). Turkiy tillarda belgining kuchliligini ifodalovchi ikki shakl mavjud: a) analitik shakl; b) sintetik shakl. Sifat belgisini kuchaytiruvchi analitik shakllarga kuchaytiruvchi so‘zlar yoki ravish darajasi kiradi. Bu kuchaytiruvchilar turli turkiy tillarda mos keladi. Download 157.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling