Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet23/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Ms: eng, in (bashk), en (azerb) kichik, yen (kaz) jaqsi, en buyuk (turk)
Belgining kuchliligini sintetik usulda ifodalanishi sifat takrori orqali: Ms: sarы- sarы , aq -aq ,qara -qara.
Keyinchalik bu asos buziladi va juftlarning birinchi a’zosi qisqarishga uchragan. Masalan, qap-qara, qыp-qыzil, jap-jashil, sap-sari bo‘lib, turkiy bobotilda ham kuzatiladi. Bu shakl intensiv shakl deb ham yuritiladi. Qadimgi turkiy yodnomalarda ham hozirgi zamon shakliga o‘xshash shaklda uchraydi.
Aniq qiyoslash usuli hozirgi turkiy tillarda bir predmedni ikkinchisiga nisbati chiqish kelishigida bo‘ladi. Ms: deniz kөlden ullu (qo’m) ,kitep depderden qalыn (qirg‘.).
Zamonaviy turkiy tillarda sifatning qiyosiy darajasi maxsus affiks – iraq, - raq orqali yasaladi. Ms: uzum olmadan shirinroq (o‘zb) – raq affksi turk. Azerb, oltoy, gagauz tillarida uchramaydi.
Turkiy tillarda sifatning xarakterli xususiyatlarini subyektiv baho shaklllarida, intensiv shakllarda, belgi kuchaytiruvchi so‘zlarda ko‘rish mumkin.
Intensiv shakl barcha turkiy tillarda mavjud bo‘lib, rang-tus bildiruvchi so‘zlar ma’nosini kuchaytirib berishdan iborat bo‘lgan va belgini susaytiruvchi qo‘shimchalarni qabul qilmaydi. Faqatgina affiksni qabul qilishi mumkin. Bu esa erkalatish subyektiv baho maqsadida ishlatiladi.
Turkiy tillarda belgining kuchli ekanligini ifodalash analitik yo‘l, ya’ni kuchaytiruvchi so‘zlar hisobiga kengaygan. Kuchaytiruvchi so‘zlar asosan turkiy baza asosida taraqqiy etgan.
N.K.Dmitriyev ham o‘z vaqtida turkiy tillarda belgining oz yoki ko‘pligini ifodalovchi analitik va sintetik usulllar to‘g‘risida fikr yuritib, analitik usulning ustunligini va sintetik usul ma’lum semantik doira bilan chegaralanishini ta’kidlab o‘tgan.
Hozirgi o‘zbek, uyg‘ur, qog‘oq, turkman, turk tillarida ham belgining ko‘pligi analitik, ozligi sintetik usulda ifodalanadi.
Analitik usul kuchaytiruvchi so‘zlar nomi bilan yuritilib, sifat va ravishlardan oldin kelib, belginni kuchaytirishga xizmat qiladi. E.Fozilov ham bu usulni yodnomalarda keng qo‘llanilganligini ta’kidlab, misol tariqasida 15 ta so‘zni keltiradi: an, en, tuz, artuq, cho’k, chuq, ko’p,cho’ng, tuga va boshqalar. 34
Kuchaytiruvchi so‘zlar sifat va ravish yoki sifat darajalari, ravishlarga oid ilmiy ishlarda sanab o‘tiladi, XI asrgacha kuchaytiruvchi so‘zlar asosan turkiy so’zlardan iborat bo’lgan bo’lsa,keyinchalik esa arab, fors – tojik tillaridan kirib kelgan so‘zlar hisobiga boyigan. Kuchaytiruvchi so‘zlar sifatdagi biror belgining ko’p ekanligini ifodalaydi. Ba’zan boshqa so‘zlardagi belgi, holat fe’llari ifodalaydigan belgini ham ifodalaydi.
Ms: g‘oyat tez uchadi, juda chaqqon ishlaydi, nihoyatda sekin gapiradi.
Turkiy tillarda ifodalanuvchi kuchaytiruvchi so‘zlar 24 ta bo‘lib ulardan 23 tasi o‘zbek, 20 tasi uyg‘ur, 10 tasi qozoq, 9 tasi turkman tilida qo‘llaniladi.35
Ms: mushtarak kuchaytiruvchi so‘zlar: eng, juda, nihoyat, nihoyatda, g‘oyat, o‘ta, ote, ajoyib,bir, yomon, yaman, ashaddiy, liq, lim, tim, ultra, to‘q, ortiq, ko‘p, tamoman, haddan tashqari, uchchig‘a chiqqan.
O‘zb. t. naqadar, g‘irt, kattakon, butunlay, behad, beqiyos, naq, zap so’zlar hozirda, ko‘p qo‘llanadi.
Qoz: tipti, tim, turkm: oron, innen, uyg‘: intayin, bekmu.

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling