Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Eng so‘zi yoqut va chuvash tilida uchramaydi. Sifatlarning yasalishi


Download 157.84 Kb.
bet24/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза

Eng so‘zi yoqut va chuvash tilida uchramaydi.


Sifatlarning yasalishi . Turkiy tillar tarixiga bag‘ishlangan deyarli barcha asarlarda sifat yasovchi qo‘shimchalar sanab o‘tiladi, lekin ularning kelib chiqishi, genezisi bilan bog’liq holatlar haqida ma’lumotlar yo’q. Ularni o‘zaro qiyoslash orqali quyidagi kategoriyalarga bo‘lish mumkinligi aytib o’tiladi:36
1) Qandaydir belgi yoki xususiyat ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchalar;
2) Kichaytirish ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchalar;
3) Modal ma’no ifodalovchi qo‘shimchalar;
4) Qadimgi sifatdosh qo‘shimchalar.
Belgi yoki xususiyat ma’nosini ifodalovchi sifat qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi. ыg‘ / ig‘ bu qo‘shimcha eski turkiy tillarda keng tarqalgan bo‘lib, hozirda tuva, xakas, sho’r tillarida saqlangan. Ms: qadimgi turkiy tilda arы, arыg‘ (toza) jilыg‘ (iliq), tuva: izig‘ (issiq), arыg‘ (toza), xakas: ajыg‘ (achchiq), xatыg‘ (qattiq), sho’r: achыg‘, chыlыg‘ (iliq), uzug‘ (issiq).
O‘zbek va uyg‘ur tillarida ohirgi G‘ – Q ga aylanadi.
Ms: qattiq, issiq, tag‘lыq, tashlыq, qarliq boshqa ko‘pgina turkiy tillarda g‘ tushib qolgan.
Ms: issi (tatar), sarы (turk), katы (turk), kushtu (qoz), qirg‘iz tilida – lыg‘ / liq – li / lu ga almashgan.
Ms: tashtu, tatlu, qarlu, - / - li – bu qo‘shimcha o‘zbek tilida qat’iylashgan: suvli, tuzli, aqlli, atlы (turk) atli (tat). lы:g‘ / li:g‘ - li affiksining eng qadimgi ko‘rinishi bo‘lib, -g‘ tushib qolgan.
Bu qo‘shimcha turkiy tillarda nisbiy sifatlar yasash uchun xizmat qilgan. Ms: ayliq, gыshlыx. –qы / -ki: qo‘shimchasi ham nisbiy sifat yasaydi. Jazg‘ы (qirg‘), qыshki, axshamki (azerb), sabahki (turk), qыshqы (qr. tat).
- da:qы / de:ki - bu qo‘shimcha ham turkiy tillarda ma’lum bir joyga aloqadorlik ma’nosini ifodalovchi sifat yasaydi. Ms: ayыldag‘ы (qirg‘), dolapdaki kitaplar (turk).

Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling