Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarning fonetik tizimi haqida so’zlang.
2. Turkiy tillarda vokalizm qanday xususiyatlarga ega?
3. Singormonizm nima?
4. Turkiy tillar konsonantizmi haqida so’zlang.
5. Tovushlar mosligi deganda nima nazarda tutiladi?
6. Turkiy tillarda urg’uning xususiyatlari qanday?
6 - modul: Turkiy tillar morfologiyasi. Ot so’z turkumi.
Reja:
1. Turkiy tillarning morfologik tuzilishi.
2. Turkiy tillarda so`z tarkibi.
3. Turkiy tillarda kelishik kategoriyasi.
4. Turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi.
5. Turkiy tillarda egalik kategoriyasi.
Tayanch so’z va iboralar: agglyutinativ tillar,flektiv tillar,til oilalari, morfologiya, tasnif, morfologik tasnif, so’z tarkibi, kategoriya, kelishik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, grammatik kategoriyalar, son kategoriyasi, morfologik tizm, o’zak, qo’shimcha.
Turkiy tillarda grammatik shakllar evolyutsion yo`l bilan rivojlanishda davom etgan. Turkiy tillarda tarixan grammatik kategoriyalarning rivojlanishi leksik shakllarga nisbatan juda sekin yuz beradi.
Turkiy tillar ham genetik, ham tipologik jihatdan bir-biriga yaqindir. Turkiy tillar tillarning morfologik tasnifiga ko`ra, agglyutinativ tillar guruhiga kiradi.
Agglyutinativ tillarda har bir grammatik ma'no, odatda, alohida affiks bilan ifodalanadi. Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, ugor-fin tillari, kavkaz tillari, dravid tillari kiradi. Turkiy agglyutinativ tillarning o`ziga xos morfologik xususiyatlari mavjud bo`lib, ular quyidagilardan iborat:
1. So`z doimo o`zakdan boshlanib, u o`zgarmasdir. O`zakka qo`shilgan affiks uni fonetik jihatdan o`zgartirmaydi.
2. So`z shakllarini hosil qilish affikslar vositasida amalga oshiriladi.
3. Bir so`zning turli shakllari faqat bir o`zakdan hosil qilinadi, bunda suppletiv shakllar mutlaqo ishtirok etmaydi.
4. So`zda o`zak va affiks organik birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara aniq va ravshan bo`ladi: ishladi so`zida ish-o`zak, -la -fe'l yasovchi affiks, -di -zamon yasovchi affiks.
5. Har bir grammatik ma'noni ifodalash uchun alohida affiks so`z o`zagiga qo`shiladi: so`zlashganlar, qishloqdagilar kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |