Turkiy tillarning tovush tizimi
Download 91.5 Kb.
|
Turkiy tillarning tovush tizimi
Turkiy tillarning tovush tizimi Reja:
Kirish Turkiy tillarni o`rganish tarixi Asosiy qism Qadimgi turkiy tillarning o`ziga xos xususiyatlari. Turkiy tillarda unlilar va undoshlar sistemasining tasnifi Fonetik qarashlar Mahmud Koshg`ariyning nazmida Alisher Navoiy davrida fonetik qarashlarning o`ziga xosligi Jadid olimlarining o`zbek tili tovush tizimida turkiy tillarning ta`siri haqidagi fikrlari. III. Xulosa. Turkiy tillar tovush tizimini o`rganishda asosiy maqsad. I. Turkiy tillarni o'rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg'ariy boshlab berdi. O'zining "Devonu lug'atit turk" asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif at tomonidan 1915-1917-yillar (III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug'at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris Divan Lug'at-at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg'ur, xakas, qipchoq va o'g'uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg'iz, qipchoq, uyg'ur, tuxsi,yag'mo, chigil, igrak, charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi. Bulg'or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o'g'uz tillarini esa eng oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda gaplashishgan. Eng to'g'ri, ya'ni abadiy tilga eng yaqin til - tuxsi va yag'mo tillari bo'lgan. Mahmud Qoshg'ariy lug'atida so'zlar ulardagi tovushlar sonining o'sib borishiga ko'ra joylashtirilgan.Ismlar va fe'llar farqlanib, turkiy tillarning fonetik - morfologik tasnifi hamda jo'g'rofiy yoyilganligiga ko'ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu tasnif guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M. Qoshg'ariy quyidagilarni ko'rsatadi: соответствие (y-j) so'z boshida y-j mosligi; so'z boshida m-b; v) so'z oxirida y-n; g) so'z boshida t-d; d) so'z o'rtasida y-z. Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) "Muqaddimat al-adab" nomli filologik asari arab-fors-turk-mo'g'ul tillari lug'ati sanaladi. V.V.Bartoldning aniqlashicha, bu lug'atning turkiy qismi eramizning XII-XIII asrlari adabiy turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy (arab tilshunosi) yaratgan lug'at va grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o'g'uz (turkman) till bilan qiyosan elementlari mavjud. Jamoliddin ibn Muxannaning "Xil'at ul-lison va halibot ul bayon" asari o'g'uz tillaridan birining lug'at va grammatikasini, shuningdek, fonetik xarakteristikasining bayon etilganligi bilan ajralib turadi. b va m, t va d undoshlarining boshda va n, k va x undoshlarining boshqa pozitsiyalarda kelish xususiyatlari ochib beriladi. Jamoliddin at-Turkiyning "Bulg'at al-mushtak" lug'ati arab-qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan. Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr grammatik tadqiqoti "Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug'at at-Turkiya" (1928-yilda Istambulda Kilisli Rif at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik asari "Kitob at-tuhfatuz zakiya" (1945-yilda Istambulda Basim Atalay tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog'i XVIII va XIX asrning 1-yarmidagi rus va garb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o'z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o'rganish sohasida F.l.Tabbert - Stralanberg (shved ofitseri) muhim o'ringa ega. U ural-oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo'g'ul va tungus-manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren. O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel. G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma'lumdirlar. Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov hisoblanadi. Turkologiyadagi qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli bo'lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov2 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo'yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini qiyosan o'rganish bo'yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratgahki, undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va to'ldirilgan ko'rinishlari bo'lib yuzaga chiqdi. Olimning "Образцы народной литературы тюркских племён" (т. 1-Х, СПБ, 1868-1904), "Опыт словаря тюркских наречий". (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir. N.F.Katanova "Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим языком тюркского корня" (Казань, 1903) nomli tadqiqoti ham fanda ulkan shuhrat qozondi. Xullas, turkiy tillarini o'rganish bo'yicha qisqacha sharx shulardan iborat bo`lib turkiy tillar, turkiy xalqlar va ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi. Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling