Turkiy tillarning tovush tizimi


Turkiy tillarda undoshlar sistemasi


Download 91.5 Kb.
bet3/3
Sana26.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1123642
1   2   3
Bog'liq
Turkiy tillarning tovush tizimi

Turkiy tillarda undoshlar sistemasi.
Qadimgi turkiy tilda b, m n, lab undoshlari mavjud. Sirgaluvchilari undoshi f yo`q, O`rxun yozuvida v uchun maxsus xarf yo`q. Uning o`rnida b ni anglatuvchi xarf ishlatiladi.
Turkiy tilda undoshlarning xar birining uziga xos xususiyatlari bo`lishi bilan birga umumiy o`xshash tomonlari ham bor. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so`z sostavida qo`llanish ziddiyati nuktai nazaridan uzaro farqlanadi. Sof turkey so`zlar-sonor" tovush bilan boshlanmaydi. Bunday so`zlar uchrasa, ular bola: tildan-o`zlashgan yoki keyingi taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo`ladi. Sonorlar ko`proq so`zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo`lmagan undoshlar esa so`zning boshida ham, oxirda ham kelaveradi. Bu xodisa turkiy tillar tarixida eng kadimgi davrlarida kuchli bo`lgan. Turkiy bobotil va undan keyingi davrlarda xatga jarangli undoshlar ham so`z boshida juda kam qo`llangan. Umuman, turkiy tillar taraqqiyotiga so`z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan qochish xarakterli xol bo`lgan Masalan: prof, A. Shcherbak tiklagan bir bo`g`inli turkiy bobotil o`zaklari ichida na- (nima) uzagidan boshqa birort sonor yoki jarangli undosh bilan boshlangan o`zak uchramaydi, (bundan y bilan boshlangan uzaklar mustasno). Xozirgi, turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o`zaklar fonetik uzgarishlar natijasida xosil bo`lgan ikkilamchi xodisa.
III. Maxmud Koshgariy fonetika sohasida ham qimmatli fikrlar yuritadi. Garchi u bu sodda maxsus asar yozmagan bo`lsa ham, lekin «Devonu lugatit turk» asarida fonetika buyicha juda kup materiallar bor.
U, avvalo, xozirgi tilshunoslikda fonema atamasi bilan yuritiluvchi fonologik birlikni, tovush tipini juda yaxshi farqlagan. Shuning uchun ham muallif eng kichik fonetik birlikning fonologik funksiyasiga so`z tarkibida kelib, ma'no farqlash vazifasiga katta e'tibor beradi. Tovush tiplarini belgilashda tovushlarning ma'no farklash vazifasini asosiy mezon qilib oladi. Ana shu mezon asosida turkiy tillarning fonemalar miqdorini aniqlaydi.
Fonemalarning yozuvda ifodalanish darajasi, fone­ma bilan xarf munosabati, ularning o`rtasida doimo mutanosiblik bulavermasligi xakida fikr yuritadi. Jumladan, unlini ifodalash uchun qo`llaniladigan xarflar birikmasi «qalin-ingichkalik» belgisi bilan farq qiluvchi va so`z ma'nosini farqlash uchun xizmat etadigan bir necha fonemani ifodalashini ko`rsatadi. Masalan, «o`t» so`zida qalinroq talaffuz qilinib, «devorda va taxtada bo`lgan teshik» ma'nosini; yanada ingichkaroq talaffuz etilib, «achchiqlik», «o`t qopchasi» ma'nosini ifodalashi, demak, ular xar qaysi ma'noda aloxida-aloxida lek­sema ekanligini, leksemalarni farqlash uchun esa fone­ma xizmat etayotganini ta'kidlaydi (DLT, I tom, 48-bet). Turkiy fonemalar bilan arab yozuvidagi fafemalar urtasida katta nomutanosiblik mavjudligi, shuning uchun bu yozuv turkiy tillar fonetik (fonologik) tizimini tufi ifodalay olmasligini ko`rsatib beradi. Xususan, arab yozuvida shunday xarflar borki, bu xarflar faqat arab tiliga xos bo`lgan fonemalarni ifodalaydi. Maxmud Koshgariy bu xaqda shunday yozadi: «Itboq xarflari shuningdek bug`iz tovushlari ham turkiy tillarda yo`qdir» (O`sha joyda).
Lekin turkiy tillarda shunday fonemalar borki, bular arab yozuvida maxsus xarf bilan ifodalanmaydi. Max­mud Koshgariy ularning miqdori yettita ekanligini ta'­kidlaydi (DLT, I tom, 21-bet).
Yozuvdagi ana shu kamchilikni mavjud xarflarga nuqtalar qo`yish orkali tuldirishga xarakat qildi. U shunday yozadi: «Turkiy tillar yozuvida qo`llaniluvchi xarflar soni o`n sakkizta emas, ko`pdir. Bu o`n sakkiz xarf yetishmaydi. Bulardan boshqa tilda bo`lgan tovushlarni berish uchun yana yetti xarf kerak. Lekin u xarflar yo`q.. U yetti tovushni ana shu mavjud xarflar ustiga maxsus belgi qo`yib yoziladi». (Usha joyda).
Alisher Navoiy davrining ulug allomasi sifatida uzigacha bulgan fors va arab tillaridagi ilmiy bilimlarni to`la egalladi. Arab filologiyasi chashmalaridan baxramand bo`ldi. Arablarning boy lingvistik ta'limotidan madad oldi. Xususan, arab tilshunosligida yaxshi ishlangan fonetik ta'limot Alisher Navoiyga kuchli ta'sir qildi. Shuning uchun ham u tovushlarning artikulyasion-funksionad tomoniga katta e'tibor beradi va shu belgiga ko`ra (garchi u fonema atamasini qo`llamagan bo`lsada) Tovush tipini fonemani belgilaydi. Fonema va xarf munosabatiga e'tiborni jalb qiladi. Ular bir-biriga doi­mo ham mos kelavermasligi, bir xarf bir necha fonemanmi ifodalash mumkinligini bayon qiladi. Masalan, «ey» xarfi to`rt fonemani, «vov» xarfi ham to`rt fonemani bildirishini aytadi.
Fonemani suz va morfemadarni moddiy jixatdan shakllantiruvchi va ularni bir-biridan farqlovchi birlik sifatida tushunadi. Shuning uchun ham suz tarkibida bir xil fonetik vaziyatda kelgan tovushni boshqasiga almashtirib, ma'no farqlash belgisiga qarab fonologik vazifa bajarishi yoki bajarmasligini aniqlaydi. Bunday usul asrimiz boshlarida Praga lingvistik maktabida va Ame­rika deskriptiv tilshunosligida qo`llanildi va distri­busiya nomi bilan yuritildi.
Alisher Navoiy uzbek tili unlilarining qator belgisi bo`yicha farqlanishi haqida fikr yuritadi va buni u-b, u-u zidlanishi asosida dalillaydi. Masalan, ut «olov», ot «harakat»; to`r «tuzoq», to`r «uyning to`ri»: o`t «yutmoq», o`t «kallami o`tga tutib, tukini kuydirish». Yoki ter «termoq» ter (bunda e nozikroq talaffuz qilinadi) «aroq». Shuningdek, «yoy» harfi i, i (chuziq.) va e fonemalarini ifodalashini ko`rsatadi.
Bu bilan Alisher Navoiy uzbek tilida unlilarning chuziqliq-qisqalik belgisiga ko`ra ham farqlanishini aytadi. Masalan, biz «1 shaxs ko`plikdagi olmosh», bi:z «bigiz». Shunday qilib, Alisher Navoiy fonologik oppozisiyalarda qator belgisi, miqdoriy belgi (cho`ziqlik-qisqalik) larni asosiy fonologik qimmatga ega bo`lgan belgilar sifatida e'tirof etadi.
Bundan tashqari, qofiyada fonetikaning ahamiyatiga e'tibor bergan xolda turk (uzbek) tilida qofiya imkoniyatlarining kengligini ishonarli misollar orqali ochib beradi. Masalan, aro so`zini saro, daro bilan ham, boda bilan ham qofiya qilish mumkinligini; erur so`zini. hur, dur bilan ham, G`rur, surur bilan ham qofiya qilish mumkinligi, fors tilida esa bunday imkoniyatlar yo`qligini ko`rsatadi.
IV. Unlilar «og`iz ochuvchilar» bulsa, unsizlar talaffuz jarayonida ma'lum tusikka uchraydi. Bu belgiga kura sonorlar xam, ja-ranglilar xam unsizlar tarkibiga kiradi.
Shunday qilib, Fitrat tomonidan unliga karama-kar-shi kuyilgan sinfning unsizlar deb yuritilishi fone-malarning un belgisiga kura zidlanishini juda tugri aks ettirdi.
Keyinchalik uzbek tilshunosligiga rus tilshunosli-gining ta'siri natijasida rus tilshunosligidagi «sog­lasne» atamasi aynan tarjima kilinib, undoshlar ata-masi bilan yuritila boshlandi. Afsuski, bu atama un bel­gisiga kura undan iborat bulgan unlilarga kutbiy zidlanuvchi uni bulmagan tovushlar gurux.iga emas, balki ikki kugb urtasida turuvchi jaranglilar mox.iyatiga Tyrpn keladi.
Fitrat uzbek adabiy tilida 23 ta unsiz fonema mav-judligini kursatadi. Ular kuyidagilardan iborat: b, l, t, ch, j, x, d, r, z, s, sh, g, f, k, k, g, n, l, m, n, v, x, y. Ulardan x,x.,f fonemalari asl turkcha suzlarda kam uchra-shi, shuning uchun xam ular asl turkcha emasligini ta'-kidlaydi.
Fitrat uzbek tili unlilar tizimi masalasida ikki xil fikr yuritadi. Yigirmanchi yillarning boshlaridagi til-imlo kurultoyida suzlagan nutkida uzbek tilida ol-tita unli fonema mavjudligi xakida fikr yuritsa, «Sarf» asarida tukkizta unli xakida bax.s kiladi.
Fitrat uzbek tilini turkiy tillar tarkibidagi bir til sifatida barcha turkiy tillarda u yoki bu darajada mavjud bulgan singarmonizm konuniyatini aks ettiri-shini, bu xolat esa shaxar shsvalarida fors-tojik tili-ning ta'sirida buzilganini, shuning uchun xam umumturkiy fonetik xususiyatini ko`proq saqlab qolgan qishloq shevalariga tayanish juda to`g`ri ekanligini ta'kidlaydi. Ana shu asosda o`zbek tilida unlilarning «yo`g`on» lik va «ingichka» lik belgisi farqlovchi belgi vazifasini bajarishi va shu belgiga ko`ra unlilar ikki katorga bo`linishini ko`rsatadi:

y u g o n ingichka


(orka kator) (old kator)
a e
o` º
y y
i i
Shu bilan birga, yo`g`on-ingichkalik belgisi bo`yicha farqlanishga ega bo`lmagan «e» unlisining ham mavjud ekanligini, jami o`zbek tilida 9 unli fonema borligini bayon qiladi.
Singarmonizm qonuniyati suz yasalishi va suzlarning morfologik shakliga xam ta'sir etishini, shu qonuniyat ta'sirida qo`shimchalar ham yugon va ingichka variantlar-ga ega bo`lishi, yugon variant yugon uzaklarga, ingichka variant esa ingichka uzaklarga kushilishi, shu asosda oxang-doshlikning amal qilishi haqida fikr bayon qiladi.
Masalan, sn- uzagi yugon bulgani uchun unga kushimchalar-ning xam yugon varianti kushiladi cuhfoh, sshshos, siiik, kabi; min-uzat ingichka bulgani uchun unga kushimchalar-ning ingichka varianti kushiladi: mingan, minmak. Fitrat singarmonizmli shevalarga kuprok e'tibor berganligidan, uzbek tilidagi lablanmagan, keng «o» fonemasini mustaqil fonema sifatida e'tiborga olmaydi. Demak, ota, ona, ona, oz, och singari suzlarning oldida kelgan fonema uzbek tilining fonemasi sifatida karalmaydi. Natijada bor—bar, bos—bas singari suzlardagi unli fonema-larning farkdovchi belgilari amalda rad etiladi.
Fitrat uzbek tili fonologik tizimidagi fonemalar nutk jarayonida bir kancha variantlar orkali namoyon bulishini, nutk jarayonida turli xil fonetik uz gari sh-lar ruy berishini kursatib beradi. «Sarf»da «tovush o`zgarishlari» sarlavhasi ostida fonetik xrdisalarning bayon qilinishi usha davr tilshunosligi uchun katta voqea edi.
Olim fonetik hodisalarni talaffuz qulayligiga intilish natijasi ekanligini ta'kidlaydi. Xar kanday fonetik o`zgarishlar zamirida kulaylikka intilish yotishi yosh grammatikachilar maktabi vakillari va YE. D. Poli­vanov asarlarida alohida takidlanadi1


1Поливанов Е. П. Где лежат причины языковой эволюции? — «Ста­тьи объему языкозьшшю» М. 1968., с. 75.
XULOSA
Tovsuhlardan so`zlar, so`zlardan gaplar, gaplardan fikrlar, g`oyalar paydo bo`ladi.
Shunday ekan O`zbek adabiy tilining taraqqiy etishida turkiy tillar tovush tizimining o`rganilishi ahamiyatlidir.
Bugungi kungacha yetib kelgan o`rxun enasoy bitiklarida Alisher Navoiy asarlarida Mahmud Koshg`ariyning „Devoni Lug`atit turk“ kabi bir qancha asarlarida ham turkiy so`zlarning qqanchalik latif til ekanligi isbotlab berganlar va turkiy tillar tovush tizimini chuqur o`rganib chiqishganligi boisdan deb bilaman.
Kelajakda esa o`zbek adabiy tilini go`zal so`zlar bilan boyishiga turkiy tillar tovush tizimi xizmat qiladi. (degan umiddamiz).

Foydalanilgan manbalar:



    1. Xo`jamurod Jabborov “Turkiy filologiyaga kirish” Qarshi 2002-yil.

    2. Qo`chqortoyev I. Isabekov B. “Turkiy filologiyaga kirish” Toshkent 1984-yil

    3. A. Muztorov, U Sanoqulov, “O`zbek adabiy tili tarixi” Toshkent 1995-yil

    4. Aliyev A. Sodiqov Q. “O`zbek adabiy tili tarixidan” Toshkent 1994-yil

    5. Abduhamid Nurmonov “O`zbek tilshunosligi tarixi” Toshkent Ozbekiston 2002



Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling