Turkiya davlati taʼlim tizimi
Download 1 Mb.
|
Doʻsmatova Shahnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiyada davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari mavjud. Oliy ta’lim uch bosqichni o‘z ichiga oladi
- Talabalar uchun quyidagi stipendiyalar mavjud
Turkiya davlati taʼlim tizimi Dosmatova Shahnoza Turkiyada “Ta’lim sohasi” davlat tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Ta’lim olish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlangan. Fuqarolar uchun boshlang‘ich ta’limni olish majburiy, davlat maktablarida ular bepul o‘qitiladi. 01 02 ta’lim olish huquqi; tanlov erkinligi; 04 imkoniyatlar darajasi; 03 Konstitutsiyada kafolatlangan ta’lim tizimining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: umumiylik va tenglik; Turkiyada ta’lim 6 bosqichni o‘z ichiga oladi: maktabgacha ta’limdan tortib to ilmiy darajagacha.Ushbu bosqichlarning barchasi ham majburiy emas. Demak, ta’lim tizimi quyidagi tuzilishga ega: Maktabgacha ta’lim (Anaokulu) – bog‘cha 1 yoshdan 3 yoshgacha va maktabga tayyorlov 3 yoshdan 5 yoshgacha. Boshlang‘ich ta’lim (İlköğretim) – 4 yil boshlang‘ich maktab va 4 yil o‘rta maktab. O‘rta ta’lim (Ortaöğretim (Lise)) – 4 yillik ta’lim. Qo‘shimcha proffesional ta’lim: kollej/texnikum/kasb-hunar maktablari (Meslek Yüksekokulu (Ön Lisans) – 2 yillik ta’lim, oliygohga o‘qishni ko‘chirish imkoniyati mavjud. Oliy ta’lim/Universitetlar (Lisans) – 4 yillik ta’lim. Darajalar (Lisansüstü) – magistr/doktor. Turkiyada davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari mavjud. Oliy ta’lim uch bosqichni o‘z ichiga oladi: – bakalavriat 4 yil (tibbiyot yo‘nalishi 6 yil); – magistratura 2 yil; – doktorantura 3 yil. Universitetlarda, odatda, turk tilida o‘qitiladi, ammo ingliz, fransuz, nemis tilida ta’lim beriladigan oliygohlar ham mavjud. O‘quv rejasi ma’ruza va seminarlar, kurs ishi va diplom ishini himoya qilishini o‘z ichiga oladi. Turkiyada 120 ga yaqin universitet bor. Ulardan 90 dan ortig‘i davlat oliygohlari hisoblanadi. Mahalliy fuqarolar uchun davlat universitetlarida o‘qish bepul yoki pullik bo‘lishi mumkin. Grant asosida o‘qish uchun siz imtihonlardan eng yuqori ball olishingiz kerak. Chet el fuqarolari faqat to‘lov asosida o‘qishlari mumkin. Xususiy oliygohlarda o‘qish pullik, o‘qish narxi 500$ dan 15 000$ gacha bo‘lishi mumkin. Talabalar uchun quyidagi stipendiyalar mavjud: – Başbakanlık Bursu – muvaffaqiyatli o‘qish uchun bosh vazir tomonidan ta’sis etilgan stipendiya – oyiga 150$; – Özel Bursu – xususiy kompaniyalar tomonidan maxsus stipendiya – ba’zan u hech qanday manfaatsiz taqdim etilsa, ba’zan keyin “ishlab berish” sharti bilan taqdim etiladi. E'tiboringiz uchun rahmat Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling