1.
Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari
Majburiy sug‘urtani ajratib turuvchi tamoyillar quyidagilar.
1. Majburiy sug‘urta qonun yo‘li bilan o‘rnatiladi. Shunga mos
ravishda sug‘urta qildiruvchi tegishli obyektlarni sug‘urtalashga,
sug‘urtalovchilar esa, sug‘urta hodisalari ro‘y berganda tegishli sug‘urta
to‘lovlarini to‘lashga majburdirlar.
Qonunchilik odatda quyidagilarni belgilab beradi:
- majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar tarkibini;
- sug‘urta javobgarligi hajmini;
- sug‘urta ta’minoti darajasi va me’yorlarini;
- tarif stavkalari miqdorlari va ularni o‘rnatish tartibini;
- sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilarning
asosiy huquq va
majburiyatlarini.
2. Qonunda ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta obyektlarini yoppasiga
sug‘urtaga qamrab olish. Buning uchun sug‘urta
organlari mamlakatda
har yili sug‘urtalangan
obyektlarni, hisoblangan sug‘urta
badallarini va
ularni o‘rnatilgan muddatlarda undirilishini hisobga olib boradilar.
3. Qonunda ko‘rsatilgan obyektlarga majburiy sug‘urtaning
avtomatik ravishda qo‘llanilishi. Sug‘urtalanuvchi
yangi obyekt paydo
bo‘lganligi haqida sug‘urta organlariga xabar berishi shart emas. Bu
obyekt sug‘urta sohasiga avtomatik ravishda qo‘shiladi.
Navbatdagi
ro‘yxatga olish davrida hisobga olinadi va sug‘urtalanuvchiga to‘lanishi
kerak bo‘lgan sug‘urta badallari ko‘rsatiladi.
4. Majburiy sug‘urtani sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’iy nazar
amal qilishi. Agarda sug‘urta qildiruvchi tegishli sug‘urta
badallarini
to‘lamagan hollarda, badallar sud orqali undirib olinishi mumkin. Sug‘urta
badallari to‘lanmagan obyektga nisbatan sug‘urta
javobgarligi amal
qilaveradi, faqatgina sug‘urta badallari bo‘yicha
qarz va kechiktirilgan
kunlar uchun jarima summasi ushlab qolinadi.