3.Sug’urtaning tayanch iboralari
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va
yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Majburiy sug‘urta – sug‘urta shakllaridan biri bo‘lib, unda
sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida sug‘urta
munosabatlari
qonun kuchida yuzaga keladi.
Ixtiyoriy sug‘urta - tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra
amalga
oshiriladigan sug‘urta munosabatlari.
Sug‘urta summasi – sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan
qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi
sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro
majburiyatlarini
tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti – moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni
sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan
zararni
bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi
ixtisoslashtirilgan
tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi
va konkret
sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta
obyekti bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y
berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha
majburiyati.