Туркия иқтисодиёти, молия тизими


Download 2.17 Mb.
bet4/8
Sana03.12.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1800576
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul va bank ппт Махсума

Bundan tashqari, mamlakat quyidagi tabiiy resurslarga boydir: toshko‘mir, temir rudasi, gaz, neft, oltin, qo‘rg‘oshin, har xil rangli metallar va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo‘yicha jahon mamlakatlarida oldingi qatorlardan joy olgan. Qazilma boyliklarni qazish va izlash kompaniyalarining 80%i davlat sektoriga qaraydi. Anqara, Ko‘niya va Sinop viloyatlarida yirik neft zahiralari mavjuddir. Turkiyada gaz qazish chiqarish faqatgina 1985 yildan boshlandi, hamda gaz qazish chiqarish mamlakatning eng yosh tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

10. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda Turkiya xukumatining xorijiy sarmoyadorlar uchun «ochiq eshiklar siyosatini» olib borishi.

11. Mamlakat xukumati tomonidan tadbirkorlikning rivojlantirishidagi ahamiyati.

12. Mamlakatda 90-yillarda turizmning rivojlanishi - Turkiyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi.

Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini biz asosan to‘rtta davrga bo‘lib o‘rganamiz:

Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini biz asosan to‘rtta davrga bo‘lib o‘rganamiz:

1) Inqilobgacha bo‘lgan davr (ya’ni 1923 yilgacha), bu birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishda ishlab chiqarishda davlat mulkining xukmronligi, ijtimoiy sohada bir partiyali boshqaruv tizimining mavjudligi bilan xarakterlanadi;

2) Inqilobdan 1940 yilgacha bo‘lgan davr, ya’ni eng asosiy islohot bu 1933 yilda qabul qilingan 1-besh yillik rejasidir.;

3) 1940-1970 yillarning oxirlarigacha;

4) 1980 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sish davri.

Turkiya iqtisodiyotining tuzilishi 1999 yil oxirida boshlangan valyuta kursi asosidagi barqarorlik dasturining amalga oshirilishi davrida o‘zgardi. Ushbu o‘zgarishlar davlat iste’molini ancha qisqartirishini ko‘zda tutadi.Demak, xususiy sektordagi iste’mol va sarmoyalarga ketadigan sarf xarajatlarga bo‘ladigan ijobiy ta’sirni oldindan aytish mumkin. Valyuta kursi yangi tartibni joriy etilishi natijasida xaridorgir va xaridorgir bo‘lmagan tovarlarning narxi ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida import ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

  • Turkiya iqtisodiyotining tuzilishi 1999 yil oxirida boshlangan valyuta kursi asosidagi barqarorlik dasturining amalga oshirilishi davrida o‘zgardi. Ushbu o‘zgarishlar davlat iste’molini ancha qisqartirishini ko‘zda tutadi.Demak, xususiy sektordagi iste’mol va sarmoyalarga ketadigan sarf xarajatlarga bo‘ladigan ijobiy ta’sirni oldindan aytish mumkin. Valyuta kursi yangi tartibni joriy etilishi natijasida xaridorgir va xaridorgir bo‘lmagan tovarlarning narxi ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida import ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.
  • Turkiya iqtisodiyoti tizimidagi ba’zi o‘zgarishlar boshqalarga nisbatan uzoq davom etishi shubhasiz. Ma’lumki tashqi bo‘hronlar (masalan, asosiy savdo sheriklaridagi valyuta devalvatsiyasi) yuzaga kelgan taqdirda belgilangan kurs iqtisodiyotni mutanosiblikda saqlash jarayonini sekinlashtiradi.
  • Shu sababli Turkiya hukumati ayni paytda amalda bo‘lgan valyuta kursidan voz kechish strategiyasini amalga oshirish majburiyatini oldi. 2003 yilgacha turk lirasi yana “boshqariladigan suzish” tartibiga o‘tib, “egiluvchanlik” qobiliyati 2001 yil o‘rtasidan osha boshlaydi.
  • Valyuta kursining “egiluvchanroq” tartibi hozirgi payt bilan taqqoslanganda foiz stavkalarini boshqarish uchun katta imkoniyatlar beradi. Turkiya Respublikasi rahbari Turkiya Markaziy banki 2001 yilning o‘rtasidan boshlab inflyatsiyaning zarur sur’atiga erishish maqsadida mamlakat valyuta va moliya siyosatini boshqarishda qat’iy shartlarni qo‘llay boshlashini bildirdi.
  • Bunday pul-kredit siyosati Markaziy bank uchun juda muhim bo‘lgan maqsad inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishga erishish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois ayni paytda amalga oshirilayotgan investitsiyalar sarf-xarajatining oshishi kelasi yil to‘xtashi kutilmoqda. Yaqin yillarda iqtisodiyotning o‘sishi bashorat qilinayotgan bo‘lsa-da, buni uzoq foydalaniladigan tovarlar va avtomobillarda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling