Туркия иқтисодиёти, молия тизими


Download 2.17 Mb.
bet1/8
Sana03.12.2023
Hajmi2.17 Mb.
#1800576
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul va bank ппт Махсума

Turkiya pul tizimi

SBXA-55 guruh

Alimatova Maxsuma

Reja:

  • Turkiya haqida ma’lumot
  • Turkiya xo’jaligi
  • Turkiya sanoati
  • Turkiya qishloq xo’jaligi
  • Turkiya tashqi savdosi
  • Turkiya iqtisodiyoti

Turkiya haqida ma’lumot

Turkiya (turkcha: Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning janubiy

Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri.

Davlat tili - Turk tili.

Maydoni — 783,562 km².

Aholi soni (2021) — 84.680.273

Pul birligi — lira.

Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat.

Turkiya Xoʻjaligi

Turkiya — industrialagrar mamlakat. 1980-yil iqtisodiyotda tub burilishni koʻzda tutgan keng qamrovli dastur joriy etila boshlandi. Eksportga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida markazdan boshqaruv oʻrniga bozor mexanizmiga oʻtildi. Soliq masalasida bir qancha qulayliklar yaratildi, sarmoya jamgʻarmalari tez surʼatlar bilan koʻpaydi, chet el sarmoyasi erkin kelishiga qulay imkoniyat yaratiddi. Chet el sarmoyasi va texnologiyasini jalb etishni tezlashtirish uchun 1985-yilda "Erkin mintaqalar qonuni" kuchga kirdi. Bunday mintaqalar 1987-yilda atigi 2 ta (Mersin va Antaliya) boʻlgan boʻlsa, 2002-yilga kelib ularning soni 21 ga yetdi. Ana shular natijasida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,7%, qishloq xoʻjaligi. niki 14,4%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 56,9% boʻddi.

Turkiya sanoati

Turkiya xromit ishlab chiqarish. va eksport qilishda dunyoda yetakchi (toʻrtinchi) oʻrinda turadi (40 million tonnalik xromit zaxirasi bor). Shuningdek, gaz, neft, toshkoʻmir, temir, marganets, mis va boshqa rangli metallar qazib olinadi. Sanoat korxonalari asosan mamlakatning gʻarbiy va markaziy qismida joylashgan. Keyingi yillarda mamlakat sharqiy qismini rivojlantirish uchun choratadbirlar koʻrildi. Turkiya sanoatida avtomobilsozlik, elektronika, kimyo, toʻqimachilik, koʻnchilik mahsulotlari, qurilish materiallari, oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish. yetakchi oʻrin tutadi. Avtomobil sanoatidagi 15 firma 2001-yil 270685 yengil avtomobil va yuk mashinasi ishlab chiqardi. Keyingi davrda Turkiyada elektronika sanoati jadal rivojlandi. Kimyo sanoatida 970 fabrika faoliyat koʻrsatadi. Turkiya toʻqimachilik sanoati mollari eksportida dunyoda 15, tayyor kiyim eksportida esa 7-oʻrinda turadi. Turkiyada elektr energiya ishlab chiqarishda anʼanaviy oʻtin, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, gidro va issiqlik energiyasi singari manbalardan tashqari quyosh va shamol energiyasidan ham foydalaniladi. Yiliga oʻrtacha 125 milliard kVt/soat elektr energiya hosil qilinadi.


Download 2.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling