Turkiya (turk: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi


Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 383.13 Kb.
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi383.13 Kb.
#1478401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Turkiya

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Turkiya hududining 16 % ni oʻtloq, 26 % ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35 % da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000-yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻy-echki, 250 mln. tovuq yetishtirilgan.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]


Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95 % avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72 %, import yuklarning 95 % ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.

Tashqi savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.

I. Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha.
I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi, iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari.

Har bir mamlakatning o‘rganish jarayonida, avvalo uning geografik o‘rni ko‘z oldimizga keladi. Shuning uchun ham, Turkiyaning geografik o‘rni, uning yaqin tarixi va o‘tmishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak…
Turkiya davlatini (Turkiya Cumhuriyeti), “Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik” deyishlari bejiz emas, albatta, chunki haqiqatdan ham Turkiyaning geografik o‘rni jahon mamlakatlari ichida nihoyatda qulay mamlakatlardan biri hisoblanadi. Turkiya Qora dengiz va O‘rta dengiz oralig‘ida joylashgandir. Shu bilan birga Turkiya ikki materik o‘rtasida, ya’ni Yevropa va Osiyoda joylashgan davlat bo‘lib, uni Marmar dengizi, Bosfor va Dardaneli bo‘g‘ozlari ajaratib turadi.
Turkiya janubda Suriya va Iroq, sharqda-Eron, shimoli-sharqda Gruziya, Ozarbayjon, shimoli-g‘arbda Bolgariya va Gresiya bilan chegaradosh.
Uning xududi-780,6 ming kv.km.ni tashkil qiladi, shundan Yevropa qit’asida 23,7 ming kv.km, hamda Osiyo materigida 755,70 ming kv.km. yer maydonini tashkil qiladi. Demak, mamlakat xududi jahon xududining 0,6 %ini tashkil qiladi. Mamlakat xududining eng baland nuqtasi-katta Ararat tog‘idir (5165 metr). Umumiy xududning 30%ini o‘rmonlar, yaylov va qir adirlar-12%ini tashkil qiladi. Mamlakat 73 ta viloyatdan tashkil topgan. Poytaxti-Anqara shahri, aholisi taxminan 5 million atrofida.
Yirik rivojlangan va industrial, hamda aholisi ko‘p bo‘lgan shaharlarga Anqara, Istambul-10 mln., Izmir-3 mln., Adana-2 mln., Bursa shaharlari kiradi.
Yirik port shaharlari qatoriga Istambul, Izmir, Trabzon shaharlari kiradi. Istambul porti Yevropadagi yirik port shaharlari qatoridan joy olgan.
Davlat va rasmiy tili –turk tili. Dini-islom dini.
Davlat arbobi-Prezident. Parlament tomonidan Prezident lavozimiga 7 yil saylanadi. Milliy bayrami-29 oktabr (Respublika e’lon qilingan kun).
Pul birligi-turk lirasi: 1$=1.650.000 lirga teng (2002). Jahon valyuta jamg‘armasi tomonidan 1990 yilda turk lirasi erkin almashtiriladigan valyutalar qatoriga kiritilgan.
Bulardan tashqari, Osiyo mamlakatlarida buyuk ximik Mendeleevning ro‘yxatiga kiruvchi barcha “jism”larga boy qit’adir.
Agarda mamlakat bo‘yicha alohida mamlakatda tabiiy resurslarni ko‘rsak:
Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslar mavjuddir. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i, taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasinng 5,5%), mis (jahon bo‘yicha mis zahirasining 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.
Turkiyaning aholisi 2015 yil holatiga 68 million kishini tashkil qiladi (1995 yil 62 mln., 1990 yil 56 mln.). Uning aholisini asosan ikki millatga mansub kishilar, jumladan turklar-82% va kurdlar-11% tashkil qiladi. Bundan tashqari arablar, gruzinlar va boshqa kavkaz xalqiga mansub millat kishilari tashkil qiladi.
Umumiy aholining 60%iga yaqini shaharlarda istiqomat qiladi.
Aholi zichligi 1 kv.km.ga o‘rtacha 85 kishi to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisi jahon aholisining 1%ini tashkil qiladi. Aholi yiliga 2-3%dan o‘smoqda, ya’ni taxminan o‘rtacha 1,5 mln.kishiga.
Turkiya mamlakati 20-asr so‘ngida rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishi va 80-yillarning oxirida Yangi industrial mamlakatlar qatoriga kirishiga asosiy sabablar quyidagichadir:
1. Turkiyaning iqtisodiy-geografik qulayligi.
2. Turkiya o‘zining iqtisodida sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor berishi.
3. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi (g‘arb mamlakatlarini g‘alla bilan ta’minlashi).
4. Turkiya xukumatining Germaniya mamlakati bilan iqtisodiy hamkorligi.
5. 50-70 yillar mobaynida AQSh tomonidan katta iqtisodiy yordam berilishi.
6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinishi.

7. 80-yillarda mamlakat iqtisodida «turk modeli» nomi ostida iqtisodiy islohotni olib borilishi.
8. Turk xalqining ishbilarmonligi va mehnatsevarligi (Hozirgi kunda taxminan ikki yarim milliondan ortiq turklar xorijda ishlashadi. Bularning asosiy qismi Germaniyada faoliyat ko‘rsatishadi.) 1
9. Mamlakatning qazilma resurslariga boyligi - Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslarning yirik zahiralari mavjud. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i-taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasining 5,5%i), mis (jahon bo‘yicha zahiraning 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, mamlakat quyidagi tabiiy resurslarga boydir: toshko‘mir, temir rudasi, gaz, neft, oltin, qo‘rg‘oshin, har xil rangli metallar va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo‘yicha jahon mamlakatlarida oldingi qatorlardan joy olgan.
Qazilma boyliklarni qazish va izlash kompaniyalarining 80%i davlat sektoriga qaraydi.
Anqara, Ko‘niya va Sinop viloyatlarida yirik neft zahiralari mavjuddir. Turkiyada gaz qazish chiqarish faqatgina 1985 yildan boshlandi, hamda gaz qazish chiqarish mamlakatning eng yosh tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
10. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda Turkiya xukumatining xorijiy sarmoyadorlar uchun «ochiq eshiklar siyosatini» olib borishi.
11. Mamlakat xukumati tomonidan tadbirkorlikning rivojlantirishidagi ahamiyati.
12. Mamlakatda 90-yillarda turizmning rivojlanishi - Turkiyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi.


Download 383.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling